UZ | RU | EN    

1 2
 
«Yanvar 2018»
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
       










Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

“Askar onalarni sharaflaymiz” va “Mening do‘stim – Vatan himoyachisi”

2018-01-10 / 17:07

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5135-sonli farmoyishi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkaasining 2017 yil 28 dekabrdagi 01-07/1-3109-sonl yig‘ilish bayonidagi topshiriqlarining ijrosini ta'minlash maqsadida hamda “Elektromexanika va radioelektronika” fakultetining 2017/2018 o‘quv yili yanvar oyida ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida 2018 yil 10 yanvar kuni Jizzax poltexnika institutining konferensiyalar zalida Jizzax viloyatidagi 03195-harbiy qismda xizmat qiluvchi ofitserlar va muddatli harbiy qism xizmatchilari ishtirokida “Askar onalarni sharaflaymiz” va “Mening do‘stim – Vatan himoyachisi” nomli videokonferensiya o‘tkazildi. Videokonferensiyada 03195-harbiy qismda xizmat qiluvchi ofitserlar, guruh komandirlari va muddatli harbiy qism xizmatchilari, Jizzax viloyat Yoshlar ittifoqi raisi A.Egamberdiev, viloyat xotn-qizlar qo‘mitasi raisi G.To‘raeva hamda institutimiz rektori A.K.Usmankulov, ma'naviy ma'rifiy ishlari bo‘yicha prorektor N.N.Alimov, “Elektromexanika va radioelektronika” fakulteti dekani O.X.To‘raqulov, institut yoshlar ittifoqi etakchisi M.Tojiboev, kafedra mudirlari U.Yuldashev, S.Sattarov, B.Qo‘ziev, S.Tavboev, dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar hamda institut talabalari ishtirok etishdi. Unda Jizzax viloyatida tug‘ilib hozirgi kunda Andijon viloyatida o‘z yigitlik burchini o‘tayotgan askarlarning ota-onalari, yoru-birodarlari hamda do‘stlari ishtirokida videomuloqot bo‘lib o‘tdi. 

Bo‘lib o‘tgan videomuloqot barcha ota-onalarga va ishtirokchilarga juda katta quvonch bo‘ldi, tadbirda qatnashayotgan askar onalarning o‘z o‘g‘lini harbiy libos kiyib sog‘-salomat yurganliklarini va vatanga xizmat qilib o‘z yigitlik burchini ado etayotganliklarini ko‘rib ko‘zlariga quvonch ko‘z yoshlari keldi. 

Shundan so‘ng tadbirga taklif qilingan harbiylarning ota-onalari so‘zga chiqib yaqinlashib kelayotgan 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni bilan barchani tabrikladi va bu tadbirni tashkil etgan viloyat hokimligi rahbariyatiga, Jizzax politexnika instituti rektori va jamoasiga o‘z minnatdorchiliklarini izxor etishdi.

“Elektromexanika va radioelektronika” 
fakulteti ma'naviy-ma'rifiy ishlari 
bo‘yicha dekan o‘rinbosari
B.Eshonqulov

O'qildi: 22 | Reyting: 10 | Izohlar: 0


OO'Y reyting