UZ | RU | EN    

1 2
 
«Aprel 2018»
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Sharof Rashidov INSON-DAVR KOZGUSIDA VA DAVR-INSON TAQDIRIDA nomli kitob taqdimoti

2018-01-09 / 22:48

“Arxitektura va qurilish” fakultetining 2017/2018 o‘quv yili yanvar oyida ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishda amalgaoshiriladigan tadbirlar rejasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ 3271-sonli Qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim Vazirligining 2017 yil 29 sentyabrdagi 87-02-3149 sonli xatini, Jizzax politexnika instituti rektorining 2017 yil 14 oktyabrdagi 562-AF sonli Buyrug‘ini ta'minlash maqsadida, 2018 yil 9 yanvar kuni Jizzax politexnika instituti majlislar zalida Sharof Rashidov “INSON-DAVR KO‘ZGUSIDA VA DAVR-INSON TAQDIRIDA” nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Jizzax politexnika instituti rektori A.K.Usmankulov, institut prorektorlari, fakultet dekanlari, dekan muovinlari, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari, guruh murabbiylari, professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdilar. Kitob taqdimotini mexmonlarda Hamraqulov Odiljon Hamraqulovich va Xolmatov Alisher TursunboevichlarAtoqli davlat arbobi va yozuvchi SHarof Rashidov xayoti uning faoliyati to‘g‘risida gapirar ekan, Sharof Rashidov “INSON-DAVR KO‘ZGUSIDA VA DAVR-INSON TAQDIRIDA” nomli kitob, SHarof Rashidov qizi va nevarasining qalamiga mansub ekanligini, ushbu kitobda barcha sohalarda noyob iste'dodga ega bo‘lgan insonning o‘z Vatani va xalqining porloq istiqboli yo‘lidagi cheksiz fidoyiligi, sabot va matonati-Respublikada zamonaviy korxonalar barpo etish, asriy cho‘llarni o‘zlashtirish, shahar va qishloqlarni obod qilish, ilm-fan va madaniyat, adabiyot va san'atni ravnaq toptirish, yurtdoshlari turmushini yaxshilashdagi xizmatlari, ajoyib insoniy fazilatlari-kamtarligi va odamshinavandaligi, oddiy kishilarning dardiga malxam bo‘lishga intilishi, o‘z qalbining xalqi qalbiga hamohangligi boy xujjatli manbalarga tayanilgan holda, zamondoshlarining guvoxliklari asosida yoritilganligi haqida aytib o‘tdilar. SHu bilan birga sobiq mustabid tuzumning siyosiy o‘yinlari natijasida o‘sha murakkab davrda O‘zbekiston tarixda ko‘rilmagan yovuz tajriba maydoniga aylantirilgani, buning oqibatida mexnatkash, halol xalq, shu jumladan, uning etakchisi SHarof Rashidovni hech bir asossiz badnom qilishga, marhum xotirasini tahqirlashga bo‘lgan urinishlarning tub mohiyatlari chuqur taxlil etilib, bularning asl sabablari hamda mustaqillik sharofati bilan haqiqat va adolat qaror topganligi ochib berilganligi to‘g‘risida ma'lumotlar berishdi. SHundan so‘ng SHarof Rashidov “INSON-DAVR KO‘ZGUSIDA VA DAVR-INSON TAQDIRIDA” nomli kitobi Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilariga, institutning “Axborot Resurs Markazi”ga topshirildi. Ushbu kitob taqdimotidan so‘ng institut professor-o‘qituvchilari o‘z fikr- mulohazalarini bildirishdi. Institut rektori A.K.Usmankulov kelgan mehmonlarga o‘z minnatdorchiligini bildirib, institut raxbariyati tomonidan berilgan estalik sovg‘alar bilan taqdirladilar.

“Arxitektura va qurilish”fakulteti
ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha
dekan muovini: Irgashev X.N.

O'qildi: 69 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting