UZ | RU | EN    

1 2
 
«Aprel 2018»
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir

2018-01-05 / 18:27

“Arxitektura va qurilish” fakultetining 2017/2018 o‘quv yili yanvar oyidagi  ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 dekabrdagi “Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5135-F-son farmoyishi hamda uning ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining 2017 yil 7 dekabrdagi 904-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 5 yanvar kuni Jizzax politexnika instituti majlislar zalida “Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik,matonat va jasorat maktabidir” shiori ostida o‘tkazilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.  Yig‘ilishni institut ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori N.N.Alimov ochib, 85689 harbiy qismdan kelgan ofitser va serjantlarni tanishtirib o‘tdi. Ulardan 85689 harbiy qism O‘zbekiston Respublikasi miiliy gvardiyasi ofitseri mayor Mamatxonov Baxtiyor Ibragimovich, 85689 harbiy qism xarbiy xizmatchilari serjant Matqurbonov Oybek Jumaniyozovich va serjant To‘xtasinov Javlonbek Amolovich so‘zga chiqib bugungi kunda Milliy armiyamizda olib borilayotgan islohatlar va e'tibor aytar ekan, Milliy armiyamizga asos solinganining ilk yillaridayoq harbiy kadrlarni tayyorlash masalasiga ulkan e'tibor qaratilayotganligi, O‘zbekiston o‘z armiyasi uchun zarur kadrlarning barchasini o‘z Vatanida tayyorlanayotgani quvonchli albatta. Oliy harbiy ta'lim muassasalarimiz hozirgi kunda  28 ta mutaxassislik bo‘yicha ofitser kadrlar tayyorlayotganini aytib o‘tishdi. Qolaversa, harbiy kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish borasida ham o‘ziga xos tizimga asos solinganlini ta'kidlab o‘tishdi.  O‘zbekistonda harbiy kadrlar tayyorlash tizimi islohotlar jarayonida ilg‘or tajribalar asosida shakllanmoqda. 

Avvalo, xavfsizlik sohasida xatar va tahdidlar tobora kuchayib borayotgani, buning uchun milliy kadrlarni zamon bilan hamnafas tayyorlash, ta'lim jarayoniga yangi usul va texnologiyalarni tatbiq etishni hayotning o‘zi oldimizga  maqsad qilib qo‘ymoqdamiz deb aytib o‘tishdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 26 mayda “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta'lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori qabul qilinganini haqida professor-o‘qituvchilarga ma'lumot berar ekan, shuningdek bu hujjat asosida Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 3 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta'lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi to‘g‘risida ma'lumotlar berishdi.  Yig‘ilish qatnashchilari professor-o‘qituvchilarning Milliy armiyamiz haqidagi savollariga to‘liq javob berib o‘tishdi. Yig‘ilish barchaga manzur bo‘ldi.

Yig'ilishdan foto lavhalar 

 

“Arxitektura va qurilish” fakulteti
ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha
dekan muovini:
Irgashev X.N.
O'qildi: 64 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting