UZ | RU | EN    

1 2
 
«Yanvar 2018»
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
       










Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning Oliy majlisga Murojaatnomasini o'rganish

2018-01-04 / 18:53

“Arxitektura va qurilish” fakultetining 2017/2018 o‘quv yili yanvar oyida ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida, Joriy yilning 4 yanvar kuni institut majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Miromonovich Mirziyoevning Oliy majlisga Murojaatnomasi o‘rganish munosabati bilan, “Arxitektura va qurilish” fakulteti dekani A.Berdiqulov, dekan muovinlari S.Azimova, M.Mirzabekov, X.Irgashev, I.Qirg‘izov,"Bino va inshootlar qurilish" kafedrasi mudiri N.Asatov, “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalar texnologiyasi” kafedra mudiri I.Bozorov, “Muxandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji” kafedra mudiri N.Toshmatov, va “Jismoniy tarbiya”kafedra mudiri X.Abduvaliev hamda “Arxitektura va qurilish” fakultetinig professor o‘qituvchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning Oliy majlisga Murojaatnomasi namoyish etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a'zolari, videokonferensiya aloqa tizimi orqali tuman, shahar va viloyatlardagi mahalliy kengashlarga saylangan xalq noiblari hamda barcha bo‘g‘indagi ijro hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, nodavlat tashkilotlar va jamoatchilik vakillari bilan bo‘lib o‘tgan majlisdagi ma'ruzasi davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan o‘ta muhim va dolzarb fikrlar, g‘oyalar, amaliy taklif va tavsiyalarning mazmun-mohiyati aniq tarzda ochib berilgan. Murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar, taqqoslama tahlillar, sababiy bog‘liqlikda chiqarilgan xulosalarni keng jamoatchilikka  targ‘ib etish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy tafakkurini yuksaltirish, tasavvur doirasini kengaytirishga qaratilgan bo‘lib, undan nafaqat pedagog-o‘qituvchilar, balki talabalar, jamoatchilik vakillari, uyushmagan yoshlar ham o‘rganish kerakligi ko‘rinib turibdi. O‘Zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning quyidagi so‘zlari: - Biz mamlakat hayotiga doir har bir qarorni xalqimiz bilan maslahatlashib, bevosita muloqot asosida qabul qilmoqdamiz. “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g‘oya bu borada faoliyatimiz mezoniga aylanmoqda. 

Davlat xodimlari, avvalo, birinchi rahbarlar faqat kabinetda o‘tirmasdan, joylarga borib, aholini bezovta qilayotgan eng dolzarb muammolarning amaliy echimi bilan shug‘ullanmoqda. 

SHu ma'noda 2017 yil xalq bilan yaqindan muloqot qilish, uning dardu tashvishlari, hayotiy muammolarini samarali hal etish bo‘yicha yangi tizim yaratilgan yil bo‘ldi, deb aytishga to‘la haqlimiz degan so‘zlarida, xaqiqatdan ham xalq manfaati xamma narsadan ustun ekanligini ko‘rdik.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning murojaatnomasida ta'lim to‘g‘risida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tganlar. 

Joriy yilda yangi ta'lim muassasalarini qurish, mavjudlarini ta'mirlashga alohida e'tibor qaratildi. 12 ta umumta'lim maktabi yangitdan barpo etildi, 320 tasi rekonstruksiya qilindi, 152 ta maktab kapital ta'mirlandi. SHuningdek, 107 ta maktabgacha ta'lim muassasasi rekonstruksiya qilindi va qurildi, 195 ta bog‘cha kapital ta'mirlandi. 

Farzandlarimiz tarbiyasida eng asosiy bo‘g‘in hisoblangan maktabgacha ta'lim tizimining jamiyatimiz hayotidagi katta o‘rni va ahamiyatini e'tiborga olib, Maktabgacha ta'lim vazirligini tashkil etdik. Biz ushbu sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashimiz, jumladan, yaqin 3-4 yilda barcha hududlarda minglab yangi bog‘chalar qurishimiz, ta'lim-tarbiya sifati va darajasini yangi bosqichga ko‘tarishimiz lozim. 

Ko‘plab ota-onalar, o‘qituvchi va o‘quvchilar hamda keng jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar asosida yurtimizda 11 yillik ta'lim qayta tiklandi. 

Joylardagi o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojni qoplash uchun Toshkent viloyatida CHirchiq davlat pedagogika instituti tashkil etildi. Bundan tashqari, 15 ta oliy ta'lim muassasasida tashkil etilgan maxsus sirtqi bo‘limlarda o‘rta maxsus ma'lumotga ega bo‘lgan 5 mingdan ortiq pedagoglar uchun oliy ma'lumot olish imkoniyati yaratildi. 

Ta'lim tizimidagi innovatsiya va kreativ yondashuvlar asosida Muhammad Xorazmiy va Mirzo Ulug‘bek nomlari bilan ataladigan, aniq fanlar chuqur o‘qitiladigan maxsus maktablar tashkil etildi. 

Oliy ta'lim tizimini yanada takomillashtirish borasida ham ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2017-2021 yillarda oliy ta'lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi qabul qilindi. YAngi tashkil etilgan institut va filiallar hisobidan yurtimizdagi oliy ta'lim muassasalari soni 81 taga, hududlardagi filiallar 15 taga, xorijiy universitetlar filiallari 7 taga etdi. SHular qatorida Olmaliq shahrida Moskva po‘lat va qotishmalar institutining, Toshkent shahrida esa AQSHning Vebster universitetining filiallarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishilganini ta'kidlash lozim. Oliy ta'lim muassasalarida iqtisodiyotning real sektoridagi talab va ehtiyojdan kelib chiqib, sirtqi va kechki bo‘limlar ochildi. 

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimi takomillashtirildi, moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, uning tarkibida bir qator ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlar faoliyati tiklandi. Ko‘p yillik tanaffusdan so‘ng Fanlar akademiyasiga saylov o‘tkazilib, o‘zining ilmiy ishlari bilan mamlakatimiz va xalqaro miqyosda nom qozongan iste'dodli olimlar akademik degan yuksak sharafga sazovor bo‘ldilar. Endi barchamiz Fanlar akademiyasidan yangi ilmiy ishlanmalar, istiqbolli tadqiqotlar yaratish bo‘yicha amaliy natijalar kutib qolamiz. 

Bularning barchasidan biz yagona bir maqsadni ko‘zda tutmoqdamiz. YA'ni O‘zbekiston ilm-fan, intellektual salohiyat sohasida, zamonaviy kadrlar, yuksak texnologiyalar borasida dunyo miqyosida raqobatbardosh bo‘lishi shart ekanligini aytib o‘tganlar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Miromonovich Mirziyoevning Oliy majlisga Murojaatnomasi namoyishidan so‘ng professor-o‘qituvchilar o‘zlarining fikr mulohazalari bildirib o‘tar ekan, bu Murojaatnomadan kelib chiqqan holda barchamizga tegishli vazifa va ma'sulliyat quyilganligi gapirib o‘tildi. 

Fakultet dekani  A.Berdiqulov o‘zining so‘zida bu Murojaatnomadan kelib chiqib Oliy ta'limga qaratilgan barcha vazifalar, ya'ni hozirgi kunda ta'lim berish sifatini yaxshilash, xorijiy ta'lim tajribalaridan foydalanib, yuksak malakali kadrlar tarbiyalash,  innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni  tayyorlash asosiy vazifa ekanligini aytib o‘tdi.

Yig'ilishdan foto lavhalar 

 

“Arxitektura va qurilish” fakulteti
ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha
dekan muovini:
Irgashev X.N.
O'qildi: 27 | Reyting: 10 | Izohlar: 0


OO'Y reyting