UZ | RU | EN    

1 2
 
«Oktyabr 2018»
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
       








Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari



Yangiliklar

BUYUK ETIQOD SOXIBI

2017-12-30 / 09:12

BUYUK E'TIQOD SOXIBI

 

Ulug‘ ajdodlarimizdan muqaddas meros bo‘lib kelayotgan  vatanga muhabbat tuyg‘usi, farzandlarimiz, bugungi va kelajak  avlodlarimiz uchun chinakam e'tiqodga,  chinakam aqidaga aylansin".

Islom Karimov

Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haqiqatan buyuk tarixiy shaxs edi va yuksak e'tiqod soxibi edi. E'tiqod-bu ixlos sadoqatdir. Vatanga xalqga, mehnatga teran muhabbat ana shu e'tiqotda o‘z ifodasini topadi. Hayotda har bir odam o‘z takrorlanmas xususiyatlarga ega; uning odatlari, kechinmalari,  fazilatlari, tashqi qiyofasi, dunyoni qabo‘l qilishi-juda shaxsiy va o‘ziga xosdir. Yillar davomida mamlakatimizda amalga oshirilgan barcha ulug‘vor, tarixiy ishlarning zaminida ana shu buyuk insonning mehnati samarasi yotadi.

Mana shular haqida o‘ylaganda Islom Karimovning irodasiga qoyil qolamiz. Birinchi Prezidentimizning mehnatini,  qalb va aql quvvatini millionlar baxtiga safarbar etgan fidoiy inson deb bilamiz. 

Islom Karimovning qat'iyati va jasorati bilan respublikamiz mustaqillikka erishdi va o‘z taraqqiyot yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi. Yosh davlatimiz uchun g‘oyat murakkab va mas'uliyatli davrda vaziyat beqarorlashuvining oldi olingani va xalqimizning urush dahshatlarini ko‘rmasdan eson-omon o‘tishi bevosita Islom Karimov nomi bilan bog‘liq.

Islom Karimov oqilona olib borgan siyosat tufayli O‘zbekiston chorak asr ichida gullab-yashnadi va jahonda munosib o‘rnini topdi.1994 yili 22 sentyabrda Islom Karimov parlament minbaridan turib yaqin tariximizda boshimizdan kechirgan voqealar, ya'ni, millatimizning qadr-qimmati, sha'ni va nomusi poymol qilingani, ko‘hna tariximiz va muqaddas qadriyatlarimiz toptalgani haqida quyidagi dardli-iztirobli fikrlar bildirgan edilar va ba'zi bir g‘oyat qiyin, ammo tabiiy savollarni o‘rtaga tashlagan edilar:

O‘zingiz o‘ylab ko‘ringlar, aziz do‘stlar, mustabid tuzum, mustamlakachilik davrida biz kim edik?. Taqdirimiz, erkimiz kimlarning qo‘lida edi?. Ka'ba deb qaerga sig‘inar edik? Har tong "Assalom!.." degan madhiya ohanglari ostida kimlarga qulluq qilib uyg‘onardik?. Tilimiz, dinimiz qay ahvolda edi? Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja Bahouddin Naqshbandlarning muqaddas xoklariga e'tibor bormidi? Amir Temur, Bobur Mirzo va boshqa ulug‘ bobokalonlarimizning buyuk nomlari qaysi tuproqlarda qorishib yotgan edi?. Milliy g‘ururimiz, insonlik sha'nimiz, urf-odatlarimiz qanday tushunchalarga almashtirilgan edi?. Xo‘sh, o‘zimiz-chi? O‘zimiz o‘zligimizni bilarmidik? Qanday mo‘‘tabar zamin, ulug‘ ajdodlarimizning o‘lmas meroslari bilan oziqlangan elning farzandlari ekanimizni anglarmidik?. Aytinglar, o‘sha kezlari O‘zbekistonni dunyoda birov bilarmidi? Birov biz bilan hisoblasharmidi?. YUrtimiz qanday va qancha beqiyos boyliklar xazinasi ekanidan qay birimiz xabardor edik? degan so‘zlar xech birimizning esimizdan chiqmaydi.Bunday so‘zlarni faqat buyuk e'tiqot soxibigina ayta oladi. Vatanga bo‘lgan e'tiqot-bu musaffo tuyg‘u Islom Karimovning qadru qimmatini ulug‘lar edi.

Yurtboshimiz Islom Karimovning engilmas qat'iyati va jasorati bilan O‘zbekiston mustaqillikka erishdi va o‘z taraqqiyot yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi. Islom Karimov yozib qoldirgan asarlarni varaqlar ekanmiz, ularning har bir jumlasida o‘zbek xalqining xohish-irodasi, qudrati va bunyodkorligi aks etganiga guvoh bo‘lamiz.

Buyuk ishlari tufayli Islom Karimov sayyoramizning nufuzli siyosatchilaridan biri sifatida tan olindi. 

Islom Karimov mamlakatda amalga oshirilgan ulkan ishlar, tarixiy o‘zgarishlarning tashabbuskori va rahnamosidir.

1991 yil 1 sentyabrda O‘zbekiston davlat mustaqilligi e'lon qilindi. Bu davrga kelib Islom Karimov mamalakatda uning obro‘sini beqiyos darajada oshirib yuboradigan bir qator katta siyosiy muvaffaqiyatlarga erishgan edi.

U hokimiyatni mustahkamlash, xuquqni ximoya qilish organlari– militsiya, davlat xavfsizligi xizmati tizimini kuchaytirish bo‘yicha qator qat'iy qadamlar tashladi. 

I.Karimov suveren va mustaqil O‘zbekistonni barpo etish, xalqparvar demokratik huquqiy davlat yaratish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni ta'minlash ishiga qo‘shgan ulkan hissasi hamda bu borada matonat va jasorat ko‘rsatganligi uchun "O‘zbekiston Qahramoni" unvoni, "Mustaqillik" va "Amir Temur" ordenlari bilan taqdirlangan. 

Shuningdek, u bir qancha xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlarning orden-medallari bilan ham mukofotlangan. 

Islom Karimov o‘z xalqini cheksiz mehr-muhabbat bilan sevdi, o‘zining so‘nggi kunlariga qadar butun hayotini O‘zbekistonga xizmat qilishga bag‘ishladi. Mamlakatimizni qiyofasini tubdan o‘zgartirib yuborgan ulug‘vor natijalar, Islom Abdug‘anievich Karimovning buyuk ishlari tarixda abadiy qoladi.Xalqimizning cheksiz muhabbatini qozongan, mustaqil mamlakatimizning Birinchi Yo‘lboshchisi Islom Abdug‘anievich Karimov qalblarimizda abadiy qoladi va kelajak avlodlar xotirasida tinchlik, barqarorlik, farovonlik va taraqqiyot rahnamosi, buyuk davlat arbobi sifatida mangu yashaydi.

Jizzax Politexnika instituti. 

Soatova Gulbahor Kamolovna.

O'qildi: 115 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi: