UZ | RU | EN    

1 2
 
«Iyul 2018»
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Rektor nutqlari

Institut rektorining jamoaning barcha professor-oqituvchilari, xodimlar va talaba yoshlarga BAYRAM TABRIGI

2017-12-28 / 16:04

YANGI YIL BARCHAMIZGA OMAD VA BAXT KELTIRSIN !

Institut rektorining jamoaning barcha professor-o‘qituvchilari, xodimlar va talaba yoshlarga

 BAYRAM TABRIGI

 

Hurmatli hamkasblar!

Aziz talabalar!

O‘lkamizda Yangi yil shodiyonalari kezib yurgan qutlug‘ damlarda Siz azizlarni – ko‘p ming kishilik jamoamiz ahlini yangi  yil bayrami bilan samimiy tabriklashdan benihoya baxtiyorman. Sizlarga, oilangiz a'zolariga chin qalbimdan sihat-salomatlik, tinchlik-omonlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga xotirjamlik va farovonlik tilashni o‘zim uchun katta baxt, deb bilaman.

Yakuniga etib borayotgan yilni kuzatayotgan har bir xodim, har bir jamoa yil davomida bosib o‘tilgan yo‘lni sarhisob qilishi, ro‘y bergan voqealarni, qo‘lga kiritilgan yutuq va marralarni birma bir ko‘z o‘ngidan o‘tkazishi tabiiy. SHu nuqtai nazardan olib qaralganda, 2016 yil mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligi keng nishonlangani bilan qalbimizda abadiy qoldi. Ayniqsa 4 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti uchun o‘kazilgan saylovda mamlakatimiz birinchi  Prezidenti Islom Karimovning tolmas safdoshi, taniqli davlat va jamoat arbobi SHavkat Miromonivich Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylanishi xalqimiz, jumladan jamoamiz a'zolarining porloq kelajagimizga bo‘lgan ishonchini yanada oshirdi. 

Shu o‘rinda o‘zgacha g‘urur va mamnuniyat bilan ta'kidlaymanki, institutimizning professor-o‘qituvchilari ham tarixga aylanayotgan 2016 yilni o‘ziga xos muvaffaqiyatlar bilan yakunlashdi. Barchamizga ayonki, bizning jamoamiz oldiga xalq xo‘jaligi taraqqiyotiga, mamlakat iqtisodiyotining yuksalishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shadigan zamonaviy, malakali kadrlar etkazib berishdek mas'uliyatli vazifa yuklangan. Bu vazifalarni sharaf bilan ado etishimizda Respublika Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 iyunda qabul qilgan “Jizzax politexnika instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” gi qarori hamda 2014 yil 12 iyundagi mazkur hujjatga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi hujjat biz uchun haqiqiy dasturulamal bo‘lib qoldi. Bu boradagi amaliy ishlarimiz, ilmiy-tadqiqotlarimiz va izlanishlarimiz barchaning ko‘z o‘ngida, sizlarning faol ishtiroklaringizda sodir bo‘lmoqda.

Keyingi yillarda professor-o‘qituvchilarimizning chet ellardagi oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik darajasi keskin oshganligi bilan haqli ravishda faxrlansak arziydi. Birgina misol. Dotsent Salohiddin Usmanovning xalqaro TEMPUS dasturida erishgan muvaffaqiyatlaridan ruhlangan S. Jiyanboev, A. YArboboev, G‘. Mamaev, F. Isroilov, A. Parsaxonov kabi domlalarimiz shu dastur doirasidagi ENGITES loyiha dasturi yuzasidan SHvetsiya, Angliya, Italiya kabi Evropa davlatlarining turli oliy o‘quv yurtlarida bo‘lishib, ta'limning yangi uslublari bo‘yicha o‘zaro tajriba almashdilar.

Bir guruh olimlarimiz tomonidan “ERASUS”, deb nomlangan 838 ming evrolik xalqaro loyiha doirasida MDH mamlakatlari olimlari bilan hamkorlikda Gruziya, Ukraina va O‘zbekistonda yuksak texnologik muammolarni echishda oliy muxandislik ta'limi modernizatsiyasi ustida ish olib borilayotgani, yosh, iqtidorli domlalarimizning Janubiy Koreya kompaniyalari bilan imzolagan bitimlari ham yuksak e'tiborga molik. Bu kabi misollari, professor-o‘qituvchilarimiz tomonidan olib borilayotgan ilmiy ishlarni sanashni yana davom ettirishimiz mumkin.

Institutimiz olimlari hamda iqtidorli yosh domlalarimizning ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida keyingi bir yilda 7 ta monografiya, 400 ga yaqin ilmiy maqola va tezis chop etildi. Xorijiy jurnallarda 40 dan ziyod ilmiy, OAK tasarrufidagi nashrlarda 50 ga yaqin maqola chiqdi. 

Talaba yoshlarimizning oliygohimizdagi jo‘shqin hayot tarzi, ta'lim jarayonidagi muvaffaqiyatlari haqida ham bir qator ijobiy fikrlarni, ularning bir yil davomida qo‘lga kiritgan, tengdoshlariga ibrat qilib ko‘rsatadigan muvaffaqiyatlarini eslash o‘rinli bo‘ladi. O‘tayotgan yilda institutimizning ikki nafar talabasi – Bekzod Tursunov hamda Elyor Abduraxmonovlar Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo‘lishdi. Oliygohimizning 1-bosqich talabasi Barno Qo‘shboqova sentyabr oyida Germaniyaning Bat – kisingi shahrida SHarq yakka kurashi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Ertangi kun bizniki, marra bizniki!” shiori ostida o‘tkazilgan ilmiy ma'ruzalar tanlovining respublika bosqichida avtotransport fakultetining 4-bosqich talabasi SHoxista Xamdamova II darajali diplom bilan taqdirlandi. 

Quvonchlisi shundaki, talaba yoshlarimiz hayotidagi bu kabi quvonchli voqealar anchagina. Muhimi, ularga ilm-fan sirlarini o‘rgatish, ularning intellektual salohiyatlarini namoyish etish, malakali mutaxassislar bo‘lib etishishlarida Siz aziz ustozlarning xizmatlaringiz beqiyos. Talaba yoshlar esa o‘zlariga yaratilayotgan shart-sharoitlar, berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishni o‘zlarining muqaddas burchlari, deb bilib shunga yarasha ta'lim jarayonida hamda amaliy mashg‘ulotlarda o‘z iqtidorlarini namoyish etaverishlariga ishonamiz.

Aziz hamkasblar, talaba yoshlar!

Sizlarni yana bir bor o‘lkamizga kirib kelgan, muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”, deb e'lon qilingan yangi – 2017 yil shodiyonalari bilan tabriklayman.

Yangi yilingiz qutlug‘ bo‘lsin!

Alisher USMANQULOV,

institut rektori. 

O'qildi: 80 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram