UZ | RU | EN    

1 2
 
«Iyul 2018»
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Vatanparvarlik oyligi

2017-12-25 / 17:27

“Arxitektura va qurilish” fakultetining 2017/2018 o‘quv yili dekabr oyida va 2018/2019 o‘quv yili yanvar oyidagi  ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 dekabrdagi “Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5135-F-son farmoyishi hamda uning ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining 2017 yil 7 dekabrdagi 904-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida, “Vatanparvarlik” oyligi munosabati bilan joriy yilning 25 dekabr kuni Jizzax politexnika instituti majlislar zalida fakultet talabalari va Jizzax shahridagi 03195 harbiy qism Quruqlikdagi qo‘shinlari shaxsiy tarkibi ofitser va serjantlar birgalikda uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir” mavzusidagi yig‘ilishni ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektor N.N.Alimov kirish  so‘zi bilan ochar ekan, bugungi kunda Milliy armiyamizda olib borayotgan islohatlar jadal suratda borayotganligini aytib, kelgan mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabrikladi. SHundan so‘ng so‘zga 03195 harbiy qism Harbiy Vatanparvarlik ma'naviy ahloqiy tarbiya va yoshlar bo‘yicha ishlash vakili katta leytenant Soliev Bobirmirzo talaba yoshlarga Vatanparvarlik bu O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosining ma'suliyati, burchi va uning yorqin kelajagidir. Vatanparvarlik-kishilarning ona yurtiga, o‘z oshyoniga muxabbati va sadoqatini ifodalaydigan tushuncha. Barcha kishilar xalq, millatlar uchun umumiy bo‘lgan, asrlar davomida sayqallanib kelgan umuminsoniy tuyg‘u, ma'naviy qadriyatlaridan biri. Tarixiy jihatdan kishilarning o‘z Vatanlari taqdiri bilan bog‘liq ijtimoiy rivojlanish, xalqlarning o‘zlari yao‘ayotgan xududning daxlsizligi va mustaqilligi yo‘lida kurashish jarayonida takomillashib kelgan xis tuyg‘ular jamlanmasi hamdir, deb o‘z so‘zini yakunladi. 

SHuningdek tadbirda “Eng ilg‘or mutaxassis” ko‘rik tanlovi g‘oliblari N.N.Nazarov,O.A.Murodov,B.M.Mardonov ham so‘zga chiqib o‘zlari erishgan yutuqlari va harbiy xizmatchilar va ularga yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida talabalarga ma'lumot berdilar. Yig‘ilgan talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berishdi.

“Arxitektura va qurilish”fakulteti
ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha
dekan muovini: 
Irgashev X.N.
O'qildi: 119 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram