UZ | RU | EN    

1 2
 
«Iyun 2018»
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Arxitektura-loyixachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqaviy markazi

CHORA-TADBIRLARI REJASI

2017-12-26 / 10:36

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 5 sentyabrdagi 699-son qaroriga 

3-ILOVA

 

Jizzax politexnika instituti arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi faoliyatini tashkil etish, o‘quv-metodik va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

CHORA-TADBIRLARI REJASI

T/r Tadbirlar Bajarish muddatlari Moliyalashtirish manbalari Mas'ul ijrochilar
I. Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etishning normativ-huquqiy bazasini yaratish
1. Jizzax politexnika instituti arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. 2017 yil sentyabr - Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi
2. Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2017 yil sentyabr - Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Jizzax politexnika instituti
3. Xorijiy tajriba va zamonaviy talablarni hisobga olgan holda arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2017 yil oktyabr - Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi
II. Qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy o‘quv-metodik va axborot-ma'lumotnoma bazasini yaratish va professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish
4. Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining o‘quv rejalari modullari bo‘yicha o‘quv-metodik materiallarni, shu jumladan elektron formatda ishlab chiqish. 2017 yil oktyabrdan boshlab doimiy Jizzax politexnika institutining byudjetdan tashqari mablag‘lari Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Jizzax politexnika instituti
5. Jizzax politexnika instituti rasmiy veb-saytida arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazining veb-sahifasini yaratish, axborot-ta'lim muhitini shakllantirish (shu jumladan, onlayn-elektron o‘quv materiallari kutubxonasini tashkil etish). 2018 yil yanvar - Jizzax politexnika instituti
6. Jizzax politexnika instituti arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazini respublikaning davriy ilmiy va xorijiy jurnallari bilan muntazam ta'minlash. 2017 yil oktyabrdan boshlab doimiy Jizzax politexnika institutining byudjetdan tashqari mablag‘lari Jizzax politexnika instituti
7. Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish uchun Samarqand davlat-arxitektura qurilish instituti va Toshkent arxitektura-qurilish institutidan etakchi professor-o‘qituvchilarini, sohaning malakali amaliyotchilari hamda xorijiy mutaxassislarini jalb etish. o‘quv kurslari rejasiga muvofiq Buyurtmachilar mablag‘lari Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Jizzax politexnika instituti
III. Moddiy-texnika bazani mustahkamlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya uskunalari va o‘qitishning texnik vositalari bilan jihozlash
8. Arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazini Jizzax politexnika instituti hududida joylashtirish hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish uchun ehtiyoj bo‘yicha o‘quv auditoriyalarini ajratish. 2017 yil sentyabr - Jizzax politexnika instituti
9. Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish uchun ajratilgan o‘quv auditoriyalarini joriy va mukammal ta'mirlashni belgilangan tartibda amalga oshirish. 2017 yil sentyabr-oktyabr Jizzax politexnika institutining byudjetdan tashqari ishlab topilgan mablag‘lari Jizzax politexnika instituti
10. Arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazini asoslangan buyurtmanomalar bo‘yicha mebel, inventar, axborot-kommunikatsiya uskunalari hamda o‘qitishning texnik vositalari bilan belgilangan tartibda jihozlash, internet tizimiga ulanishini ta'minlash. 2017 yil oktyabr Buyurtmachilar mablag‘lari va Jizzax politexnika institutining byudjetdan tashqari mablag‘lari Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Jizzax politexnika instituti
O'qildi: 76 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram