UZ | RU | EN    

1 2
 
«Iyul 2018»
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Odam savdosi davr muammosi ,Giyoxvandlik asr vabosi

2017-12-21 / 16:43

“Arxitektura va qurilish” fakultetining 2017/2018 o‘quv yili dekabr oyida ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida Jizzax politexnika instituti majlislar zalida, “Odam savdosi – davr muammosi” ,“Giyoxvandlik asr vabosi” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda “Arxitektura va qurilish” fakulteti professor-o‘qituvchilar, guruh murabbiylari, guruh sardorlari va talaba yoshlar ishtirok etishdi. Taklif etilganlardan Namozov Jaxongir -“Zargarlik” MFY noziri katta leytenant, Safarov Javlon -“Sayiljoyi” MFY noziri katta leytenant, Shavkatov Bekzod -“Toshloq” MFY noziri kapitan, Boynazarov Laziz-“O‘ratepalik” MFY noziri leytenant hamda mutaxassislar bilan birgalikda uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni fakultet ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini X.N.Irgashev olib bordi. U o‘z so‘zida  bugungi kunda nimalardan ogoh bo‘lishimiz lozimligi, xavfsizlik va osoyishtalikni saqlash, odam savdosiga qarshi kurash  yig‘ilishda asosiy masalalardan biri etib qo‘yilganligini, ushbu talablardan kelib chiqib institutda talim olayotgan barcha talabalar ham ogohlikni va tinchlikni saqlash uchun masullikni his etishlari lozimligi to‘g‘risida gapirdi va barcha yig‘ilish qatnashchilari va talabalarni etiborliroq bo‘lishga chaqirib, yoshlarning hayotda adashmasdan o‘z o‘rinlarini topishlari uchun ko‘p ilm olishlari kerakligi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga e'tiborni qaratish lozimligi, yon-atrofimizda bo‘layotgan voqealarga daxldorlik tuyg‘usi, adolatsizlikka qarshi kurashish lozimligi, yo‘lda uchragan xar bir odamga ishonib ketavermaslik lozimligi haqida gapirib o‘tdi. SHundan so‘ng so‘zga “Toshloq MFY noziri kapitan SH.Boboevga berildi. U o‘z so‘zida yig‘ilish ishtirokchilariga murojaat etib, odam savdosiga qarshi kurashning mazmun-mohiyati  haqida, yoshlarning bugungi kunda ko‘proq pul topish uchun Rossiya, Koreya, Qozog‘iston kabi davlatlarga ketib qolayotganligi, eng achinarlisi ular kimlargadir ishonib ketib, o‘zga yurtda sarson-sargardon bo‘lib qolayotganligi, u yurtlarning qonunchiligini va tilini bilmay yordam so‘rab xech qaerga murojaat etolmay, qattiq qiyinchiliklarga duchor bo‘lib qolayotganliklari xaqida gapirib o‘tdi

Yig‘ilishga taklif etilganlar horijda ishlashning qonuniy asoslari hamda odam savdosiga qarshi kurashning mazmun mohiyati haqida tushunchalar berib,  voyaga etmaganlar orasida ham bir nechta jinoyatga bilib-bilmay qo‘l urganlar bor ekanligi haqida misollar keltirishdi.  Ular talabalarning maqsadi oliygohdan etarli bilim olib, kelajakda komil insonlar bo‘lib etishishlariga ishonch bildirishdi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga isbot, dalillar bilan javob berishdi. Keyingi so‘zga chiqqanlar ya'ni Namozov Jaxongir-“Zargarlik”MFY noziri katta leytenant, Safarov Javlon -“Sayiljoyi” MFY nozirlari o‘zlarining so‘zlarida Af'yun-zarari zehnga ta'sir etishi, ham iqtisodiy ham ijtimoiy zarar keltirishi haqida gapirib o‘tdi. Aql-tajribaga muhtoj bo‘ladi, ilm va ustoz bilan chambarchas bog‘liqligini aytib o‘tdi va bir voqeani misol qilib aytdi. Bir ona o‘z bolasini ham jismonan, ham ruhanzararlanganligini, oiladagi ziddiyatli muammolar kelib chiqishidan shikoyat qiladi. SHunda bolani tekshiruvdan o‘tkazgan paytda uni giyohvandlikka aralashib qolganini va psixotrop moddalarni qabul qilishini bilib qoladi, jamiyatdagi nuqsonlarni ochib berganligi, rivojlanishimiz faqat ilm bilan bog‘liq ekanligi haqida so‘z yuritganligini aytib o‘tdi.“Eshitdim-unutdim”;“bajardim-bildim” degan ta'limiy-tarbiyaviy so‘zlari bilan barcha talabalarni o‘ziga jalb qildi. So‘zining oxirida talabalarga giyohvandlik yo‘liga kirmaslikni, faqat ilm bilan mashg‘ul bo‘lishlarini aytib o‘tdilar. Undan keyingi so‘zni X.Irgashev Boynazarov Laziz-“O‘ratepalik” MFY noziri leytenantga berdi. O‘z so‘zida L.Boynazarov giyohvandlik haqida so‘z yuritdi, uning kelib chiqish yo‘llari, oqibatlar, davolash choralari haqida so‘z yuritdi. Asosiy sabab oiladagi noto‘g‘ri tarbiya, salbiy kelishmovchiliklar, tajribada o‘zida sinab ko‘rish va boshqa kabi oqibatlarni aytib o‘tdi. Bu holat asosan ota-ona va bola o‘rtasidagi vaziyatdan kelib chiqadi, farzand giyohvandlik yo‘liga kirib ketishi, Internet ma'lumotlari orqali shu yo‘lga kirib ketishi asosiy sababchi bo‘lishi mumkin.                                               

Yoshlarimiz o‘zida sinab ko‘rish ehtiyojlari ko‘payib bormoqda. Giyohvand vositalaridan iste'mol qilgan inson 3-bosqichli ta'sir jaryonlaridan o‘tishi mumkin. Bular:

1-bosqich: Hissiyotlarga g‘arq bo‘lishi, muammolardan voz kechish uchun tatib ko‘rish bosqichi;

2-bosqich: jismoniy qaramlik, bosh, oyoq-qo‘l og‘riqlari, xumorligi tutishi;

3-bosqich: qo‘shimcha asoratli kasalliklar kelib chiqishi, nafas yo‘llarini yallig‘lanishi, nafas a'zolarini kuyishi, absesslar, OITS(SPID) kasali yuqishi, jigar sirrozi va boshqa kabi asoratli kasalliklar bilan o‘lim darajasiga olib keladigan bosqichni aytib o‘tdi. Kasallangan inson albatta or-nomusni o‘rtaga qo‘ymay, o‘z sog‘lig‘ini birinchi o‘ringa qo‘yishni, davolovchi dispanserlarga murojaat qilishlarini tavsiya berdi. Fakultet ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini X.N.Irgashev tadbirni yakunlar ekan, yoshlarni bu kabi g‘ayri insoniy yo‘lga kirib ketishlarining oldini olish, uning oqibatida yuzaga kelayotgan ayanchli oqibatlar haqida talaba-yoshlar o‘rtasida mana shunday yig‘ilishlar va targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish turli jinoyatchilikning oldini olishga katta yordam berishi shubhasiz ekanligi haqida gapirib mehmonlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

“Arxitektura va qurilish”fakulteti
ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha
dekan muovini: 
Irgashev X.N.
O'qildi: 119 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram