UZ | RU | EN    

1 2
 
«Yanvar 2018»
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
       










Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Yoshlar va jahon adabiyoti

2017-12-22 / 16:30

“Xorijiy tillar” Kafedrasida ma'naviy-ma'rifiy ishlar rejasining MILLIY QADRIYATLAR VA AN'ANALAR, AJDODLARIMIZNING BOY MADANIY MEROSINI TARG‘IB ETISH, MILLIY BAYRAMLAR, TARIXIY SANALAR, BUYUK AJDODLAR TAVALLUDINI NISHONLASH bo‘limidagi ishlarning bajarilishi hamda O‘zRVMning 610- Qarorini bajarish yuzasidan Buyuk ingliz adibi Uilyam SHekspir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Yoshlar va jahon adabiyoti” deb nomlangan badiiy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbirni Xorijiy tillar kafedrasi Institut Ma'naviyat bo‘limi, ATM va Jizzax shahar 2-sonli musiqa va san'at maktabi bilan hamkorlikda o‘tkazdi. Tadbirni kafedra katta o‘qituvchisi D.Soatova kirish so‘zi bilan boshlab berdi, so‘ngra Institut ma'naviy-ma'rifiy ishlar prorektori N.Alimov so‘zga chiqib, tadbir tashkilotchilari: D.Qurbonova, G.Sanoeva va F.Xaydarovalarni va ishtirokchilarni ushbu tadbir bilan, qolaversa, yaqinlashib kelayotgan yangi 2018 yil bilan samimiy tabriklab, o‘zining ezgu tilaklarini bildirdi, shu bilan birga, bunday tadbirlar talabalar hayotida muhim rol o‘ynashi hamda ingliz tilini yanada chuqurroq o‘rganishlariga yordam berishini ta'kidlab o‘tdi. 

Tadbirning badiiy qismida kafedra qoshidagi “Iqtidorli yoshlar” to‘garagi a'zolari va “Quvnoqlar va zukkolar” o‘yinining “YUmoristlar” nomli institut terma jamoasi, musiqa va san'at maktabi o‘quvchilari o‘z  chiqishlari bilan ishtirok etdi. To‘garak a'zolari SHekspir hayoti va ijodini ingliz tilida havola etishdi, dramaturg qalamiga mansub she'rlar yod olib, “Otello” va “Romeo va Julietta” tragediyalaridan parchalar namoyish etishdi.  Tadbir so‘ngida Qorbobo va Qorqiz tashrif buyurdi, talabalarga SHekspir hayoti va ijodidan savollar berib, g‘oliblarga yangi yil sovgalari ulashdi. Ushbu tadbir haqidagi yangiliklar Jizzax viloyat televideniesining “Xabarlar” dasturida yoritildi.

 

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy
ishlari bo‘yicha mas'ul
X.Xamdamova

O'qildi: 41 | Reyting: 0 | Izohlar: 0


OO'Y reyting