UZ | RU | EN    

1 2
 
«Oktyabr 2018»
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
       








Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari



Yangiliklar

Yoshlar ortasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish

2017-12-19 / 17:23

“Arxitektura va qurilish” fakultetining 2017/2018 o‘quv yili dekabr oyida ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish" maqsadida 2017 yil 19 dekabr kuni JDPI ning madaniyat saroyida yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda A.K.Usmanqulov-Institut rektori, N.N.Alimov-Institut ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori, A.Berdiqulov-Fakultet dekani, Fakultet dekan muovinlari, Kafedra mudirlar, professor-o‘qituvchilar, talabalar B.Q.To‘xtamishov–Jizzax viloyati hokim muovini, N.A.Muxtorova–Jizzax shahar hokimi muovini, J.Avazov–Jizzax viloyati IIB boshqarmasi boshliq o‘rinbosari, S.Silliev –Yoshlar Ittifoqi viloyat kengashi raisi o‘rinbosari ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdilar.

Yig‘ilishni institut rektori A.K.Usmankulov olib bordi. U o‘zining so‘zida bugungi kunda O‘zbekistonda bo‘layotgan jadal o‘zgarishlar ketayotganligini, buning zamirida tinchlik, mexnat yotganligini  aytar ekan, bu o‘zgarishlarning barchasi bugungi kun egalari yoshlarga qaratilganligin aytib o‘tdi. Biroq bu o‘zgarishlarga befaraq hamda vaqtini zoya ketgazayotgan yoshlar ya'ni talabalar oramizda chiqayotgani achinarli holat ekanligini aytib o‘tdi.Bu esa institutda talaba yoshlar o‘rtasida profilaktika ishlarini yanada ko‘proq olib borishligi kerakligi aytib o‘tildi.

 So‘z navbatini Jizzax viloyat yoshlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosari B.To‘xtamishovga berdi. U o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasida  bugungi kunda yoshlarga katta e'tibor berilayotgani buning boyisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev tomonidan YOshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonunini imzolaganligi, 30 iyun kuni muxtaram Prezidentimiz tomonidan “YOshlar” kuni deb e'lon qilinganligi va bu borada Respublikamizda, viloyatimizda va institut miqyosida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar borayotgani, profilaktika tadbirlarining amalga oshirilib kelayotganligi qarammasdan turli xil ko‘ngilsiz holatlarning sodir bo‘layotganli achinarli hol ekanligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Bu yig‘ilishda B.To‘xtamishov talabalar bilan uchrashuvlarni ko‘proq tashkil etilishini, bunda ham bu jinoyatchilik to‘g‘risida emas, aksincha ta'lim sifati, kelgusida talaba yoshlarni chet el mamlakatlarida o‘qish va ularning turmish tarzini yaxshilash borasida gaplashish kerak ekanligin yana bir bor to‘htaldi. Bunday salbiy holatlarning sodir bo‘layotganligiga barchamiz birdek aybdormiz, yoshlarimizning yuksak salohiyatli, ma'naviy etuk bo‘lib etishishlari uchun bor kuch-g‘ayratimzni safarbar etishimiz lozim. U so‘zining oxirida yig‘ilishda ishtirok etayotgan barcha Jizzax politexnika instituti jamoasi va talaba yoshlarni kirib kilayotgan yangi yil bilan tabriklab kelgusi 2018 yilda talabalar tomonidan yangi rejalar va yutuqlar kutib qolishini aytib o‘tdi.    

Shundan so‘ng, so‘z Jizzax viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari J.Avazovga berildi. U o‘z so‘zida hozirgi kunda Respublikamizda va butun dunyoda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borilayotganligi, jinoyatchilik natijasida inson hayotida ro‘y beradigan salbiy oqibatlar to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasida haftaning payshanba kuni Profilaktika kuni bo‘lishi bejizga emas,bu ishlarning barcha “YOshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurash” chora-tadbirlar ishlab chiqilganligini aytib o‘tdi.

Har qanday jinoyat va hatti harakatlar uchun yoshidan va ijtimoiy kelib chiqishidan qatiy nazar, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarninsh tegishli moddalari bilan jazolanishi haqida ma'lumotlar berib o‘tdi. 

 J.Avazov o‘zining so‘zida joriy yilning 28 dekabridan 10 yanvariga qadar talaba yoshlarga qishqi ta'til berilayotgani, bundan talaba yoshalr to‘g‘ri va oqilona foydalanish kerakligini, ya'ni shu kundan e'tiboran Jizzax shahrida tegishli huquqni muxofazasi xodimlari bilan birgalikda “Tozalash” tadbiri o‘tkazilishini aytib o‘tdi. Ushbu xolat bo‘yicha talabalarga ma'lumot berarkan, kimda kim o‘zi istiqomat qilayotgan uylariga bormasdan ijara manzillari,Talabalar turar joyida yoki bemaqsad yurganligini aniqlasa bunday xolat bo‘yicha keskin choralar ko‘rishligini aytib o‘tdi. 

Shundan so‘ng, Jizzax viloyati “YOshlar Ittifoqi”kengashi raisi o‘rinbosari S.Silliev so‘zga chiqdi.U talaba yoshlar hamda jamoa bilan birgalikda ko‘ngilsiz xodisalarsiz va jamoat tartibini saqlagan holda olib borishligini aytar ekan, shuning bilan perotexnika vositalardan foydalanish mumkin emasligini, bemaqsad tungi vaqtlarda yurmaslikni, bilib bilmay jinoyat yo‘liga kirib qolmaslikni aytib o‘tdi. SHuningdek, talabalar o‘rtasida huquqiy ong, huquqiy madaniyat, uning zaruriyati, huquqiy demokratik jamiyat sari borayotganligimiz, har birimiz hushyor va ogoh bo‘lishimiz lozimligi, loqaydlik barcha illatlarning sababchisi ekanligi haqida qatnashchilarga tushuncha berdi. Bugungi kunda viloyatda yuz bergan ayrim huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha misollar keltirdi.

Shuningdek taklif etilganlar ushbu masala yuzasidan jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish uchun amalga oshirilayotgan ishlar haqida, talabalar o‘rtasida yuz berishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni oldini olish uchun nimalar qilishimiz kerakligi haqida so‘z yuritdi va talabalarni bunday jinoyatlardan uzoq yurishga,bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga chaqirdi. Jinoyatchilikning oldini olish maqsadida tushunchalar berib, viloyatimizda istiqomat qiluvchilar orasida ham  jinoyatga bilib-bilmay qo‘l urganlar bor ekanligi haqida misollar keltirishdi. 

Bunga o‘xshash yig‘ilish tadbirlari Jizzax politexnika institutining qolgan 4ta fakultetida ham o‘tkazildi.

Yig'ilishdan foto lavhalar 

 

“Arxitektura va qurilish” fakulteti
ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha
dekan muovini:
Irgashev X.N.

 

O'qildi: 168 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi: