UZ | RU | EN    

1 2
 
«Iyul 2018»
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Diniy ekstremizm va terorizm hamda uning salbiy oqibatlari mavzularida yigilish otkazildi

2017-12-14 / 17:57

Jizzax politexnika instituti fakultetlarining 2017/2018 o‘quv yili dekabr oyida ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida joriy yilning 14 dekabr kuni institutning majlislar zalida “Diniy ekstremizm,terorizm va uning salbiy oqibatlari”, “Yoshlar orasida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda institutning ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari, guruh murabbiylari hamda talaba yoshlar ishtirok etishdi. Shuningdek taklif etilgan mehmonlardan M.Boyxo‘rozov – Jizzax shahar IIB TB tergovchisi, J.Qo‘shboqov – Jizzax shahar IIB TEQKB xodimi mayor, L.Baynazarov – O‘ratepalik MFY profilaktik inspektori leytenant, A.G‘oipov – Jizzax shahar “Usmon Xoji” jome masjidi imom xatibi ishtirok etishdi.

Yig‘ilishni “Arxitektura va qurilish ” fakulteti ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini X.Irgashev ochib berdi va o‘z so‘zida Jizzax Politexnika institutida ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, diniy aqidaparastlik va missionerlikning oldini olish borasidagi ishlarning samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar ko‘pgina ishlar amalga oshirilganligini aytib o‘tdi. 

Shundan so‘ng Jizzax shaxar “Usmon Xoji” jome masjidi  imom xatibi Anvarjon G‘oipov so‘zga chiqdi.U o‘z so‘zida quydagilarni bayon etdi;  - Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin xalkimizning ma'naviy va madaniy merosiga, tarixiga, ona tilimizga munosabat tubdan ijobiy tomonga o‘zgardi. Bizning mamlakatimizda diniy qadriyatlarga erkinlik berildi. Muborak istiqlolimiz tufayli ko‘p yillar quvg‘inda bo‘lgan dinimiz yana ravnaq topa boshladi.  Jumladan, siyosiy dunyoqarashlar erkinligi, xurfikrlilik, diniy tashkilotlar faoliyatining rivoj topishiga zamin yaratdi. Ro‘znomalar, oynomalar sahifalarida va televideniyada Islom dinini etuk vakillari o‘z makolalari va suhbatlari bilan ishtirok etdilar. Mustakil mamlakatimizda mukaddas qadamjolarni tiklashga alohida e'tibor bilan qaralmokda. Diniy ta'lim beruvchi madrasalar, oliy Islom bilimgoxi faoliyat ko‘rsatmokda. Xukumatimiz tomonidan yaratilgan shart – sharoitlarni to‘g‘ri tushunmay ayrim fuqarolarimiz ayniksa yoshlarimiz, dinni nikob qilib kiyib olib turli ekstremistik guruhlarga o‘zlari bilmagan xolda kirib qolmokda. Bunday kimsalarning diniy ta'limi umuman yo‘qligi ular bilan o‘tkazilgan suhbatlarda ma'lum bo‘lmoqda. Eng yomoni,dunyo miqyosida yuz berayotgan ana shunday talofat va fojialar, turli manfaatlar kurashi haqida xalqaro jamoatchilikka to‘g‘ri va haqqoniy axborot tarqatish o‘rniga, afsuski, ular nufuzli teleradio kanallar, axborot vositalari orqali ayrim hukmron kuchlar foydasiga ishlaydigan, ularning siyosiy maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qiladigan shaklda talqin etilayotgani ham rad etib bo‘lmaydigan haqiqatdir. Buning oqibatida kalavaning uchi battar chigallashib, oqilona yo‘l bilan hal etilishi mumkin bo‘lgan kelishmovchilik va mojarolar ham ko‘pincha boshi berk ko‘chaga kirib qolayotganliklarini ta'kidlab, talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berib o‘tdi. 

Shundan so‘ng Jizzax shaxar IIB TB  tergovchisi M.Boyxo‘rozov “YOshlar orasida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni oldini olish” haqida gapirar ekan, bugungi kunda bunday holatlar asosan talaba yoshlar o‘rtasida ko‘p sodir bo‘layotganini aytib o‘tdi. Bunga misol qilib Jizzax shahar Qassoblik mahallasida Jizzax Davlat pedagogika instituti talabalari hamda mavsumiy ishchilar  bitta xonadonda ijarada turib, o‘zaro oralarida chiqqan nizo orqali janjallashib qolishganligini va  talaba oshxona pichog‘i bilan  ularga tan jarohat etkazganligi haqida, bundan tashqari  tunda bemaqsad yurgan talabalarni ushlayotganliklarini, talabalar bilan ko‘proq profilaktika ishlari olib borish kerak ekanligini aytib o‘tdi. Yig‘ilish davomida Jizzax shaxar IIB TEQKB   xodimi  mayor J.Qo‘shboqov xam so‘zga chiqib Diniy ekstremizm va terrorizm bugungi kunda muxim muammolardan biri ekanligini ta'kidlab,ayrim yoshlar o‘zlari bila turib xam shu yo‘lga kirib ketayotganligini,keyin esa afsus qilib ming pushaymonlar chekib ota-onalarini maxalla oldida sharmanda qilayotganligini gapirib zalda yig‘ilgan yoshlarni ogoxlikka chorladi.

SHundan so‘ng O‘ratepalik MFY  profilaktik inspektori leytenant L.A.Baynazarov so‘zga chiqib quyidagilarni takidlab o‘tdi. Hozirgi globallashuv jarayonida shakllanib kelayotgan past saviyali “Ommaviy madaniyat” va uning salbiy oqibatlari haqida har bir guruh kesimida “Murabbiylik soat”lari va “Axborot soat”larida guruh murabbiylari tomonidan muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi, Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti, fakultet dekan muovinlari, “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” tomonidan institutda tahsil olayotgan talabalarning xulq-odobi, kiyinishiga alohida e'tibor qaratilib, bu borada turli davra suhbatlari va tadbirlar tashkil etilib kelinmoqda.

Tadbir so‘ngida “Xoinlik” xujjatli film namoyish qilindi. Filmdan so‘ng talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berishdi.

“Arxitektura va qurilish”fakulteti
ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha
dekan muovini:
Irgashev X.N.

O'qildi: 140 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram