UZ | RU | EN    

1 2
 
«Yanvar 2018»
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
       










Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Yongin xavfsizligi va Is gazidan zaxarlanishning oldini olish boyicha

2017-12-12 / 09:31

“Arxitektura va qurilish” fakultetining 2017/2018 o‘quv yili dekabr oyida ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida,  “Arxitektura va qurilish” fakulteti dekani A.Berdiqulov, dekan muovinlari S.Azimova,M.Mirzabekov, X.Irgashev "Bino va inshootlar qurilish" kafedrasi mudiri N.Asatov, “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalar texnologiyasi” kafedra mudiri I.Bozorov, “Muxandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji” kafedra mudiri N.Toshmatov, va “Jismoniy tarbiya”kafedra mudiri X.Abduvaliev hamda “Arxitektura va qurilish” fakultetinig professor o‘qituvchilari, fakultetning guruh sardorlari va talabalari ishtirokida  “YOng‘in xavfsizligi va Is gazidan zaxarlanishning oldini olish bo‘yicha” yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda Jizzax politexnika instituti ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori N.Alimov, Jizzax shaxar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik S.Xojimetov, Voyaga etmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish guruhi katta inspektori S.Xolmirzaeva, Jizzax shaxar ichki ishlar boshqarmasi xodimi O.Qarshiboevlar ishtirok etishdilar. Yig‘ilishni institut ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo‘yicha prorektori N.N.Alimov kirish so‘zi bilan ochib yig‘ilishga taklif qilingan mehmonlarni tanishtirib o‘tdi va o‘z kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi.

SHundan so‘ng Voyaga etmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish guruhi katta inspektori S.U.Xolmirzaeva so‘zga chiqib kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tib, talabalarni odob axloq qoidalari salomlashish odoblari haqida ularni tarbiyasi to‘g‘risida ko‘proq qayg‘urish kerakligi haqida gapirib o‘tdi, zero barcha yaxshi va yomon hodisalar tarbiyaga bog‘liqligini takidlab o‘tdi.

SHundan so‘ng so‘z Jizzax shaxar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Xojimetov Sayfiddinga berildi u o‘z so‘zida quyidagilarni bayon qildi. Joriy yilda Jizzax shahrida ko‘pgina Is gazidan zaxarlanish va ko‘pgina yong‘in sodir bo‘lganligi xaqida aytib o‘tdi.

Is gazi nima va uning salbiy oqibatlari to‘g‘risida barcha yig‘ilganlarga to‘liq ma'lumot berildi. Is gazi nima-xonadonlarimizda foydalaniladigan tabiiy gazning to‘liq yonmasligi natijasida xosil bo‘ladigan gazdir. Is gazi inson organizmining nafas yo‘llari va nafas a'zolariga kuchli ta'sir qiladi. Is gazi nafas yo‘llari orqali organizmni, xususan markaziy nerv sistemasini zararlaydi. Gaz asboblarining bexuda ishlab turishiga yo‘l qo‘yish va qarovsiz qoldirish, nostandart gaz asboblaridan foydalanish, gaz asboblarini gaz ta'minoti tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulash, rezina shlanglar orqali ulash xolatlari gazdan bo‘g‘ilish, zaxarlanish,yong‘in va portlash kabi baxtsiz xodisalarga sabab bo‘lishi mumkin. Bunga misol tariqasida, shu kecha kunduzda Jizzax viloyatida Is gazidan zaxarlangan fuqarolar to‘g‘risida ma'lumot berar ekan,bunday holatlarning eng ayanchli tarafi, bu o‘lim bevaqt o‘lim bilan tugaganligini aytib o‘tdi. Bunga misol tariqasida 2017 yil 10 dekabrdan 11 dekabrga o‘tar kechasi Jizzax shahar Xayraobod MFYda Qo‘ng‘irot ko‘chasida yashovchi 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro Normurodov N.xammomda cho‘milishga kelib, Is gazidan zaxarlanib vafot etganligini ma'lum qildi. Bunday misollarni bir nechtasini aniq faktlar bilan keltirib o‘tdi. Ma'ruzasining so‘ngida barcha professor o‘qituvchilarni ogohlikka chaqirishini va har bir guruh murabbiylariga talabalarga etkazishini ta'kidlab o‘tdi. 

“Arxitektura va qurilish”fakulteti

ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha
dekan muovini: 
Irgashev X.N.
O'qildi: 57 | Reyting: 0 | Izohlar: 0


OO'Y reyting