UZ | RU | EN    

1 2
 
«Aprel 2018»
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Demokratik huquqiy davlat qurishda Konstitutsiyaning roli va ahamiyati

2017-12-08 / 19:05

“Arxitektura va qurilish” fakultetining 2017/2018 o‘quv yili dekabr oyida ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi munosabati  bilan shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganing yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim Vazirining 2017 yil 28 sentyabrdagi  “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganing yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar” dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida institutning majlislar zalida “Arxitektura va qurilish” fakulteti Axborot resurs markazi bilan hamkorlikda  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi munosabati bilan “Demokratik huquqiy davlat qurishda Konstitutsiyaning roli va ahamiyati” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda “Arxitektura va qurilish” fakulteti dekani A.Berdiqulov, dekan muovinlari S.Azimova,M.Mirzabekov, X.Irgashev "Bino va inshootlar qurilish", “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalar texnologiyasi” “Muxandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji” va “Jismoniy tarbiya”kafedralarining professor o‘qituvchilari, fakultetning guruh sardorlari va talabalari ishtirok etishdi. Tadbirni Jizzax politexnika instituti ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori N.N.Alimov so‘z olib bugungi kunda Mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohatlar zamirida, avvalo, Asosiy Qonunimizning hayotbaxsh g‘oyalari mujassam. Ular fuqarolarning munosib turmish tarzini ta'minlash,demokratik huquqiy davlat qurish,davlatning xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi hamda xalq hokimiyatchiligini kuchaytirishda ko‘rinadi deb aytib o‘tdi. SHundandan so‘ng tadbirni Jizzax shaxar prokurorining o‘rinbosari Begashev Ikrom Mirzaevich so‘zga chiqib, u o‘z so‘zida  Mamlakatimizda fuqarolarning huquq vva erkinliklarini, eng avvalo, jinoiy tajovuzlardan himoya qilishning ishonchli kafolatlarini ta'minlashga, shuningdek , ularning sha'ni va qadr-qimmati kamsitilishiga, qonuniy manfaatlari cheklanishga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda dedi. SHuningdek olib borilayotgan sud-huquq islohatlarning asosiga qonun ustvorligi,fuqarolarning qonun oldidagi tengligi, insonparvarlik, adolatlilik va aybsizlik prezumsiyasi kabi konstitutsiyaviy prinsiplarlar poydevori qilib qo‘yilganligi haqida professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlarga ma'lumotlar berib o‘tdi. Bunga yaqqol misol etib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017 yil 30 noyabrdagi  Farmoni haqida talaba-yoshlarga tushintirib berdi. “O‘zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi  Xolbekova Mavluda “Demokratik huquqiy davlat qurishda Konstitutsiyaning roli va ahamiyati” mavzusida  professor-o‘qituvchilar hamda talaba yoshlarga ma'ruza qildi. Tadbir savol javoblar boy bildi. Tadbir badiiy qism bilan yanada qiziqarli bo‘ldi. “Arxitektura va qurilish” fakulteti talaba yoshlari  8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan  sportning Kurash bo‘yicha  Jizzax politexnika instituti rektori  sovrini uchun o‘tkazilgan institut chempionatida umumjamoa hisobida faxrli  1-o‘rinni egallagani uchun I-darajali Diplom  bilan taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir viloyat va shahar televideniyasi orqali keng yoritildi.  

   
   

“Arxitektura va qurilish”fakulteti
ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha
dekan muovini:
Irgashev X.N.

O'qildi: 77 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting