Jizzax politexnika instituti ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti hamda Jismoniy tarbiya kafedrasi hamkorlikda “Konstitutsiyamizning 25 yilligi” munosabati bilan sportning “Milliy kurash” turi bo‘yicha “Rektor turniri” tashkil etildi.
Musobaqani institut ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo‘yicha prorektori N.N.Alimov ochib berdi. Viloyat Yoshlar ittifoqi ma'naviyat va ma'rifat ishlari va yoshlar turizmini rivojlantirish bo‘limi mudiri Shukrullo Jo‘raev ham tashrif buyurdi va musobaqa ishtirokchilariga omad va zafarlar tiladi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti etakchisi Muxiddin Tojiboev, Jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchisi Alisher Tilakovlar musobaqa nizomi va qoidalari bilan musobaqa ishtirokchilarini tanishtirib, ularga ulkan g‘alabalar tiladi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
institut boshlang‘ich tashkiloti etakchisi
Muxiddin Tojiboev