UZ | RU | EN    

1 2
 
«Sentyabr 2018»
DuSeChPaJuShYa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Konstitutsiya-taraqqiyotimiz va farovanligimizning muhim huquqiy asosi

2017-11-15 / 16:02

2017 yil 15 noyabr kuni  Jizzax   politexnika  institutida “Konstitutsiya-taraqqiyotimiz  va farovanligimizning muhim huquqiy asosi” mavzusidagi davra suhbati bo'lib o'tdi

Yig'ilishni institut ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektori Narmurot Alimov kirish so'zi bilan ochdi. Bugungi tadbirning mazmun va mohiyati  haqida gapirib, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi munosabati bilan o'tkazilayotgan tadbirga taklif etilgan mehmonlar bilan tanishtirdi.

Shundan so'ng so'z navbati “O'zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar” kafedrasi o'vituvchisi Xidirov Hidirovga berildi. Konstitutsiyalarning tarixi, uning turlari, shakllari, bugungi kunda amalda bo'lgan Konstitutsiyamizning boshqa Konstitutsiyalardan afzal taraflari, huquqiy demakratik davlat va kuchli fuqorolik jamiyatini barpo etishdagi o'rni to'g'risida yig'ilish qatnashchilariga ma'lumotlar berdi. Yoshlarni Konstitutsiyani chuqur bilishga, unga to'liq amal qilishga, unda berilgan huquq va imkoniyatlardan unumli foydalanishga,  Mustaqil O'zbekistonimizning  munosib farzandlari bo'lishga chaqirdi.

Yig'ilishda “O'zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar” kafedrasi o'vituvchisi Mavluda Xolbekova so'zga chiqib, Konstitutsiyamizning qabul qilinishi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 sentyabrdagi “O'zbekiston Respublikasining ayrim qonkn hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini o'z kuchini yo'qotgan deb topish to'g'risida”gi 446-son qaroriga binoan unga kiritilgan o'zgartirishlar, bugungi kunda yoshlarga berilgan keng imkoniyatlar, yoshlar oldida turgan vazifalar haqida o'z fikr va mulohazalarini bildirdi.

Shundan so'ng O'zbekiston Respublikasi Bosh prokroturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyat boshqarmasi  elektr va gaz ta'minoti sohasida qarzdorlik undiruvini tashkillashtirish bo'limi ispektori Ulug'bek Alijonov so'zga chiqib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste'mol qilish sohasida to'lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan taklmillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 5059-son Farmonining mazmun mohiyati, shu yurtda yashayotgan har bir fuqoro milliy boyligimiz bo'lgan tabiiy gaz va elekkt energiyasidan tejamkorona foydalanish, bosh Qomusimizda ta'kidlanganidek kelajak avlodning ham haqqi borligi unutmasligimiz lozimligi, ishlatilgan energiya manbalari uchun soliqlarni o'z vaqtida to'lash har birimizning fuqorolik burchimiz ekanli to'g'risida o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tdi. 

So'ngra O'zbekiston Respublikasi Bosh prokroturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyat boshqarmasi  jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo'limi katta ispektori Doniyor Ergashev O'zbekiston Respublikasi Prezidentining   2017 yil 13 noyabrdagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida” gi PQ-3384-son qarori va uning mazmun-mohiyati bu borada olib borilayotgan ishlar tizimdagi yangiliklar haqida to'xtaldi va yig'ilganlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berib o'tdi. Tadbir viloyat OAVlarida keng yoritildi.

O'qildi: 191 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram