UZ | RU | EN    

1 2
 
«Iyun 2018»
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Mangulikka daxldor siymo: Sharof Rashidov - 100 yilligi

2017-11-02 / 15:52

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to'g'risida”gi PQ-2854-sonli qarori ijrosi yuzasidan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, jizzax viloyat hokimligi  hamda Jizzax politexnika instituti ma'muriyati hamkorligida joriy yil 2 noyabr kuni institutda yurtimiz taraqqiyoti yo'lida fidokorona xizmat qilgan, ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo'shgan, atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidovning yorqin xotirasini ulug'lash hamda tavalludining 100 yilligini munosib nishonlash maqsadida “Mangulikka daxldor siymo: Sharof Rashidov” mavzusidagi manaviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Tadbirga  Hamraqulov OdiljonSh.Rashidovning tog'alari H.Nosirovning o'g'li, Rashidov Shuhratjon – Sh.Rashidovning ukalarining o'g'li, Toshpo'latov Inom, Xaitov Akramjon, Xolmatov Alisher – Sh.Rashidovning nevaralari taklif etildi. 

Tadbirni institut ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektori N.N.Alimov kirish so'zi bilan ochib berdi hamda tadbirga taklif etilgan mehmonlarni tanishtirdi va atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidov bilan bog'liq yorqin xotiralari bilan o'rtoqlashishdi. Shundan so'ng “Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi” boshlig'i B.Rashidova so'zga chiqib  “Xalqimizning otashqalb farzandi - Sharof Rashidov hayoti, faoliyati va ijodi”ga bag'ishlangan mavzusida ma'ruza qildi. Tadbir yuqori saviyada tashkil etildi hamda viloyat va shahar televideniyesi orqali keng yoritildi.

O'qildi: 98 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram