UZ | RU | EN    

1 2
 
«Oktyabr 2017»
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Kuchlilar saralandi

2017-05-27 / 17:09

Jizzax politexnika institutida va shu institut qoshidagi akademik litseyida "Barkamol avlod — 2017" sport musobaqalarining futbol, voleybol va shaxmat turlari bo'ycha jamoalar o'zaro kuch sinashdilar.

Futbol.Toshkent shahri hamda Farg'ona viloyati jamoalari o'rtasida murosasiz o'tgan o'yinda 0:2 hisobida vodiylik yosh futbolchilar g'alaba qozonishdi. Shundan so'ng Xorazm va Qashqadaryo viloyati vakillari yashil maydonga tushishdi. Qiziqarli lahzalarga boy bo'lgan o'yinda qashqadaryoliklar 5:0 hisobida g'alaba qozonib, o'z muxlislarining olqishiga sazovor bo'lishdi.

— Bunday nufuzli musobaqalarda ishtirok etish har bir yoshning orzusi, — deydi qashqadaryolik yarim himoyachi Islom Kenjaboyev. — Bu sport turi hayotim mazmuniga aylanib bo'lgan. Chunki 11 yildan buyon muntazam shug'ullanib kelaman. Kelajakda oliy liga o'yinlarida o'ynab, yuqori natijalarni qo'lga kiritishimga ishonaman.

Voleybol. Qizlar o'rtasida kechgan bahslarda Xorazm-Andijon hamda Farg'ona-Namangan jamoalari o'zaro kuch sinashdilar. Andijonliklar xorazmliklar ustidan 3:0 hisobida ustunlikka erishgan bo'lsa, namanganlik sportchilar ham farg'onaliklarni 3:0 hisobida mag'lub etishdi.

O'smirlar o'rtasida o'tgan bellashuvda esa qashqadaryolik sportchilar farg'onaliklarni 1:3 hisobida mag'lub etishdi. Navoiy hamda Andijon viloyatlari jamoalari o'rtasida kechgan bahslarda navoiylik yoshlar -:- hisobida g'alaba qozonishdi.

Shaxmat. Jizzax politexnika instituti qoshidagi 1-Akademik litseyida Shveytsariya sistemasida shaxmat bo'yicha 1- va 2-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Musobaqada o'smirlar hamda qizlar o'rtasida jizzaxlik vakillarimiz E.Tuychiyev hamda M.Hakimovalar ikkinchi turda mag'lubiyatga uchradilar.

Jamshid YAROBEKOV.

O'qildi: 149 | Reyting: 0 | Izohlar: 0


OO'Y reyting