UZ | RU | EN    

1 2
 
«Dekabr 2017»
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Umumxalq bayrami - Xotira va qadrlash kuni

2017-05-07 / 15:12

“Binolar va Muxandislik Inshootlar Injiniringi” fakultetining 2016/2017 o'quv yili ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida Joriy yilning  7 may kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 apreldagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-2865-sonli Qarori, 2017 yil 4 apreldagi “Ikkinchi jaxon urushi qatnashchilarini rag'batlantirish to'g'risida”gi PF-5000-sonli Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 08/1-654-sonli topshiriq xatida belgilangan vazifalar hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2017 yil  7 apreldagi 197-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida, Umumxalq bayrami - Xotira va qadrlash kuni yodgorliklar o'rnatilgan joylarda tashkil etiladigan xotira marosimlarida institut xodimlari va talaba-yoshlarining faol ishtirokini (hokimliklar bilan kelishgan holda) ta'minlashni tashkil etilmoqda. Mamlakatimizda Ikkinchi jahon urushida halok bo'lgan yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, olovli janggohlardan omon qaytgan, og'ir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan faxriylarimizga yuksak hurmat-ehtirom, mehr-oqibat ko'rsatish ishlari davom etmoqda. Bu jarayonga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yuksak mas'uliyat bilan bosh-qosh bo'lmoqda. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 4 apreldagi "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag'batlantirish to'g'risida"gi farmoni, "Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori ijrosi doirasida Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisi, front orti mehnat faxriylari hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog'ida halok bo'lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasi oldida hurmat bajo keltirilib, yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bag'rikenglik va xayr-saxovat muhiti yanada mustahkamlanmoqda. Shuningdek Jizzax politexnika instituti rektori A.K.Usmankulov, ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor N.N.Alimov, institut jamoasi, “Binolar va Muxandislik Inshootlari Injiniringi” fakulteti dekani A.M.Berdiqulov, dekan muovinlari G.S.Dadayeva, M.S.Mirzabekov, X.N.Irgashev, “Metrologiya sertifikatlash va standartlashtirish”, “Bino va inshootlari qurilish”, “Oliy matematika”, “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Avtomobil yo'llari”, “Muxandislik kommunikatsiyalari”, “Jismoniy tarbiya” kafedralari mudirlari hamda fakultetning professor-o'qituvchilari bilan birgalikda,  joriy yilning 7 may kuni Jizzax shahar Xotira maydonida 9-may “Umumxalq bayrami - Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan o'tkazilgan  tadbirda faol ishtirok etdilar va Xotira maydonida o'rnatilgan  “Motamsaro ona haykali” poyiga  guldastalar qo'yishdilar.

Birinchi Prezidentimizning 1994 yil 16 martdagi farmoniga muvofiq mamlakatimizning barcha viloyat va tumanlari bo'yicha alifbo tartibida 400 mingdan ortiq kishi haqida ma'lumotlarni o'z ichiga olgan 36 jilddan iborat Xotira kitobi chop etildi. O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidentining 1999 yil 2 martdagi farmoniga asosan 9-may Xotira va qadrlash kuni deb e'lon qilinib, poytaxtimizda va barcha viloyatlar markazida Xotira maydonlari tashkil etildi. Jizzax shahrida barpo etilgan xotira bog'i va undagi motamsaro ona xaykali 2016 yil Ikkinchi jaxon urushida fashizm ustidan qozonilgan g'alabaning 71 yilligi munosabati bilan qayta qurildi va yangidan ta'mirlash ishlari amalga oshirilgan edi.

Tadbirdan fotolavhalar

  

  

  

  

  

  

  

  

 “BvaMII” fakulteti ma'naviy ma'rifiy

ishlar bo'yicha dekan muovinlari:

Irgashev X.N., Dadayeva G.S.

O'qildi: 569 | Reyting: 10 | Izohlar: 0


OO'Y reyting