UZ | RU | EN    

1 2
 
«May 2017»
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Oliy talim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi boyicha seminar

2017-05-02 / 18:45

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli Qarori va O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2017 yil 22 apreldagi 047/1-845-sonli topshirig’i ijrosi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 24 aprelь 2017 yildagi №244 sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida 2 may kuni institut Konferensiya zalida 2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi bo’yicha seminar o’tkazildi.

Seminarda quyidagilar:
2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish Dasturini joriy etish bo’yicha chora-tadbirlar kompleksi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1.Kadrlar tayyorlashning maqsadli ko’rsatkichlari, hududiy dasturlarni inobatga olib, ta’lim yo’nalishlari tarkibini optimallashtirish.
2. Bakalavriat va magistraturaning o’quv jarayoni, o’quv reja va dasturlarini takomillashtirish.
3. Zamonaviy o’quv, o’quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlar (jumladan, xorijiy adabiyot asosida) bilan ta’minlash.
4.Pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, stajirovkasini, shuningdek chet el muassasalarida o’tkazish jarayonlarini takomillashtirish.
5.Ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, samaradorligi va natijadorligini oshirish.
6.Oliy ta’limning ma’naviy-ahloqiy mazmunini takomillashtirish va tarbiyaviy tadbirlar natijadorligini oshirish.
7.Oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.
8.Zamonaviy o’quv-ilmiy laboratoriya bazalarini yaratish va modernizatsiyalash.
9.Zamonaviy o’quv-ilmiy laboratoriya bazalarini yaratish va modernizatsiyalash.

Shuningdek:
- 2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish Dasturini joriy etish bo’yicha ChORA-TADBIRLAR KOMPLEKSI bo’yicha ma’lumot berildi.
- Oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash miqdoriy ko’rsatkichlari va ta’lim yo’nalishlari (mutaxassisliklari) tarkibini xududlar va iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi ustuvor yo’nalishlariga muvofiq belgilash
- Oliy ta’lim muassasalarida talabalar qabul ko’rsatkichlarini va ta’lim yo’nalishlarini o’zgarishi bilan bog’liq professor-o’qituvchilarning zaruriy tarkibini va sifatini ta’minlash vazifalari, muammolari va takliflar
- Professor-o’qituvchilarning o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish choralariga takliflar
- Oliy ta’lim muassasalarini malakali professor-o’qituvchilar bilan ta’minlash vazifalari

Oliy ta’limning o’quv-tarbiyaviy jarayoni mazmuni, o’quv reja va dasturlarini takomillashtirish bo’yicha to’liq ma’lumotlar elektron slaydlar orqali barcha professor-o’qituvchilarga aniq faktlar orqali yetkazib berildi.

“B va MII” fakulьteti ma’naviy
ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan muovini:
Irgashev X.N.

O'qildi: 101 | Reyting: 10 | Izohlar: 604


OO'Y reyting