UZ | RU | EN    

1 2
 
«Iyul 2017»
DuSeChPaJuShYa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Yoshlar ortasida jinoyatchilikni oldini olish hamda sodir etilgan jinoyatchiliklarni kelib chiqish sabablarini organish

2017-05-03 / 18:45

“Binolar va Muxandislik Inshoatlar Injiniringi” fakultetining 2016/2017 o'quv yili ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida Joriy yilning 1 may kuni soat 15:00 da Jizzax politexnika instituti majlislar zalida “Binolar va Muxandislik Inshoatlar Injiniringi” fakulteti yoshlar o'rtasida xuquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida “Yoshlar o'rtasida jinoyatchilikni oldini olish hamda sodir etilgan jinoyatchiliklarni kelib chiqish sabablarini o'rganish”mavzusida majlisi bo'lib o'tdi. Ushbu yig'ilishni Jizzax politexnika institut ma'naviy ma'rifiy ishlari bo'yicha prorektori N.N.Alimov, “Binolar va MII” fakulteti dekani A.M.Berdiqulov,fakultetning ma'naviy ma'rifiy ishlari bo'yicha dekan muovinlari G.S.Dadayeva, X.N.Irgashev, kafedra mudirlar, professor o'qituvchilar “Binolar va Muxandislik Inshoatlar Injiniringi” fakultetining guruh murabbiylari va talabalari hamda shahar ichki ishlar bo'limi boshlig'iJ.M.Xo'janov,Jizzax shahar IIB boshlig'i o'rinbosari O'.O'.Yo'ldoshev, O'ratepalik mahallasi profilaktika inspektori L.A.Boynazarov,Jizzax shahar IIB katta tergovchisi X.Z.Xalikovlar ishtirok etishdi.  Yig'ilishni institut ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektori N.Alimov olib borib u o'z so'zida quyidagi fikr va mulohazalarini bildirdi. Yurtimiz yanada gullab yashnayotgani, mustaqillik davrida  erishilgan  yutuqlar, talabalar va professor-o'qituvchi xodimlar  uchun yaratilgan  keng imkoniyatlar haqida, institutdagi amalga oshirilayotgan ishlar va yutuqlar haqida yig'ilish qatnashchilariga ma'lumotlar berdi. Jumladan, u: "Yutuqlarimiz bilan birga yo'l qo'yilayotgan xato va kamchiliklarimiz ham mavjud. Ayniqsa, bugungi kunda ayrim yoshlarning   bilib - bilmay jinoyatchilik ko'chasiga kirib qolayotganligi, jinoyatchilik va xuquqbuzarlikning ko'payib borayotganligi bizni tashvishga solmoqda.

Xalqimizda ibratli bir gap bor. "Kasallikni davolashdan ko'ra,  uning oldini olgan ma'qul”. Biz ham bugungi kunda talabalar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik  to'g'risida juda ko'p amaliy ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Jumladan, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishga e'tibor qaratilmoqda. Turli tadbirlar, jumladan, huquq va Konstitutsiyani o'rganishga oid tanlovlar, suhbatlar, bahs-munozaralar va sport musobaqalari tashkil etib borilmoqda.   

Shundan so'ng so'zga Jo'rabek Ma'mirovich Xo'janov – shahar ichki ishlar bo'limi boshlig'i chiqib, bugungi kunda Yurtboshimiz tomonidan yaratilib berilayotgan shart sharoitga qaramasdan yoshlar o'rtasida jinoyatchilik va xuquqbuzarliklar bo'layotganligi ayanchli  xol ekanligini aytib, o'tgan  2016 yilning noyabr oyigacha  15 ta jinoyat sodir etilgan bo'sa, bu ko'rsatgich joriy yilning may oyigacha 16 tani tashkil etilganligi, bular ichida talaba yoshlarni borligi misollar bilan aytib o'tdi.  

Jizzax shahar IIB boshlig'i o'rinbosari O'tkir O'ktamovich Yo'ldoshev so'zga chiqib, talaba-yoshlar sodir etgan huquqbuzarlik hamda jinoyatchilik haqida so'z yuritdi. 

Undan so'ng O'ratepalik mahallasi profilaktika inspektori Laziz Axmadjonovich Boynazarov so'zga chiqib, talaba yoshlar hamda jamoa bilan birgalikda ko'ngilsiz xodisalarsiz va jamoat tartibini saqlagan holda olib borishligini aytar ekan, shuning bilan perotexnika vositalardan foydalanish mumkin emasligini, bemaqsad tungi vaqtlarda yurmaslikni, bilib bilmay jinoyat yo'liga kirib qolmaslikni aytib o'tdi. Shuningdek, talabalar o'rtasida huquqiy ong, huquqiy madaniyat, uning zaruriyati, huquqiy demokratik jamiyat sari borayotganligimiz, har birimiz hushyor va ogoh bo'lishimiz lozimligi, loqaydlik barcha illatlarning sababchisi ekanligi haqida qatnashchilarga tushuncha berdi. Bugungi kunda viloyatda yuz bergan ayrim huquqbuzarlik holatlari bo'yicha misollar keltirdi. 

“B va MII” fakulteti
ma'naviy-ma'rifiy ishlar
bo'yicha dekan muovini
Irgashev X.N.

O'qildi: 61 | Reyting: 10 | Izohlar: 0


OO'Y reyting