UZ | RU | EN    

1 2
 
«Iyul 2017»
DuSeChPaJuShYa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Konferensiya

OZBEKISTON AYOLLARINING FAN, TALIM, MADANIYAT VA BIZNES SOHASIDAGI YUTUQLARI mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

2017-03-22 / 13:58

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
AXBOROTXATI

Hurmatli hamkasblar!
Sizni joriy yilning 9-10 iyun sanasida Jizzax politexnika institutida o‘tkaziladigan
“O‘ZBEKISTON AYOLLARINING FAN, TA'LIM, MADANIYAT VA BIZNES SOHASIDAGI YUTUQLARI”
mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif etamiz.
(O‘zbekiston, Jizzax shahri)

Konferensiyani o‘tkazishda Respublikada mavjud oliy o‘kuv yurtlari olimlari, xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotlari va viloyat, shaharlar xotin-kizlar qo‘mitalari xodimlari, nodavlat tashkilotlar xodimlari, mutaxassislar, stajyor-tadkikotchi – izlanuvchi, bakalavr va magistrlari, xorijiy davlatlar va MHD olimlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ilmiy-amaliy konferensiya quyidagi sho‘‘balarda ish olib boradi:

1- sho‘‘ba: Globallashuv sharoitida jamiyat taraqqiyoti va ma'naviy-ma'rifiy sohani rivojlantirishda ayollarning o‘rni;
2- sho‘‘ba: Iqtisodiyotni modernizatsiyalash, tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tendensiyalarining dolzarb masalalari;
3- sho‘‘ba: Iqtisodiyot, sanoat, energetika va transport sohalarida innovatsion texnologiyalar, axborot kommunikatsiyalari, zamonaviy dasturiy ta'minotlar yaratish va tadbiq qilish masalalari;
4- sho‘‘ba: Atrof muhit ekologiyasi, chiqindisiz texnologiyalar, ekologik xavfsiz maxsulotlar ishlab chiqarishning dolzarb masalalari;
5- sho‘‘ba: Ta'lim va tarbiya, axborotlashgan jamiyat, kitobxonlik madaniyati va yoshlar tarbiyasida oilaning va ta'lim muassasalarining o‘rni.

Ilmiy-amaliy anjumanda quyidagi masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan:

  • Globallashuv sharoitida jamiyat taraqqiyoti va ma'naviy-ma'rifiy sohani rivojlantirishda ayollarning o‘rni;
  • Axborotlashgan jamiyatda yoshlar tarbiyasi, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilishda oilaning va ta'lim muassasalarining o‘rni;
  • YOsh avlodni tarbiyalashda, begona g‘oyalar, zararli oqimlar va odam savdosi muammolari;
  • Ayollar sportini rivojlantirish va ommaviyligini oshirish;
  • Iqtisodiyotni modernizatsiyalash, tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tendensiyalarining dolzarb masalalari;

- Atrof muhit ekologiyasi, chiqindisiz texnologiyalar, ekologik xavfsiz maxsulotlar ishlab chiqarishning dolzarb masalalari;
- Inson, jamiyat, shaxs, oilaning o‘zaro munosabatlari va unda uchraydigan gendr tengligi muammolari;
- Chet tillarni oilalarda va ta'lim muassasalarida o‘rgatish va o‘rganishni ommaviylashtirish;
- O‘zbekistonda ona - bola salomatligining bugungi holati va istiqbollari;

Maqola, tezis materiallari o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin. Anjuman materiallari to‘plam holida chop etiladi. Anjuman tashkiliy qo‘mitasi maqola, tezislarni saralashni o‘z zimmasiga oladi.

Anjuman materiallarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:

Anjuman ishida ishtirok etish shartlari:

Anjumanda ishtirok etish uchun sho‘‘ba nomi ko‘rsatilgan holda maqola, tezis matnini 2 – ilova talablarga muvofiq tayyorlanib, jizpiarm@mail.ru elektron manzil orqali
2017 yilning 20 mayiga qadar yuborilishini so‘raymiz.

Maqolalarda keltirilgan ma'lumotlarning aniqligiga va imlo xatolari uchun mualliflar javobgardirlar.

Tashkiliy qo‘mita tomonidan qabul qilingan konferensiya materiallarini 2017 yil 5 iyundan kechiktirmasdan nashr etish rejalashtirilgan.
Konferensiya materiallari to‘plamiga UDK indeksi berilishi rejalashtirilgan.

Berilgan muddatdan kech tushgan, shuningdek konferensiya yo‘nalishlariga va rasmiylashtirish talablariga mos kelmagan materiallar nashr etilmaydi

- tezisni chop ettirish arizasi (1 – ilovaga muvofiq);
- nashr to‘lovi va aloqa xarajatlari (skanerlangan patta, pdf formatli fayl);

Barcha ro‘yxatdan o‘tgan konferensiya ishtirokchilari elektron manziliga tezis va to‘lovlar tasdiqlangandan so‘ng 6 ish kunidan so‘ng ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi axborot jo‘natiladi, ayrim sabablar bilan axborot jo‘natilmay qolsa, tashkiliy qo‘mita bilan bog‘laning.

Konferensiya o‘tkazish manzili: 130100. Jizzax shahri, Xalklar Do‘stligi shox ko‘chasi, 4 uy. Tel.: (+99872)226-57-17, 226-57-01 Faks: (+99872)226-45-47, (+99891) 941-15-15, (+99893) 940-17-70 Jizzax politexnika instituta.
E.mail: jizpiarm@mail.ru

Mualliflar faylni o‘zlarining ismi-shariflari bilan nomlashlari lozim.
Maqola va tezislarni rasmiylashtirish talablari:

1. Maqola, tezisning nomi bosh harflar bilan yozilishi kerak. Ikkita bo‘sh qator qoldirilib, navbatdagi qatordan muallifning ismi, familiyasi va bir qatordan keyin ilmiy darajasi, tashkilot nomi ko‘rsatiladi. Ikkita bo‘sh joy qoldirilib muallifning E – mail, bitta bo‘sh joy qoldirilib navbatdagi qatordan Annotatsiya: (3-5 satr) Kalit so‘zlar (3-6 ta so‘z), ikkita bo‘sh joy qoldirilib navbatdagi qatordan maqola, tezis matni yoziladi.
2. Konferensiya ish tili – ingliz, rus, o‘zbek.
3. Sahifa o‘lchami – A4, mo‘ljal – “knijnaya”
4. Sahifa hoshiyasi: yuqoridan 2,5 sm; pastdan 2,5 sm; chapdan 2,5 sm; o‘ngdan 2,5 sm;
5. SHrift Times New Roman”, o‘lcham – 14.
6. Satrlararo interval – 1,5.
7. Maqola, tezis matni (talabga mos holda rasmiylashtirilgan va 3 bet hajmdan kam bo‘lmasligi, 5 betgacha hajmda)
8. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati faqat maqola, tezisda foydalanilgan ishlardan tuzilishi va alifbo tartibda joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
9. Rasm va grafiklarni rasmiylashtirishda matn ichida (Vnutri teksta) Microsoft Office standart programmalarini qo‘llash tavsiya etiladi.

Xorijiy va MDH mamlakatlaridan ishtirok etuvchilar uchun badal puli 30 dollar, O‘zbekistonlik ishtirokchilar uchun 40 000 so‘m. Badal puli nashriyot bosmaxona xarajatlari uchun sarflanadi. Mualliflar sonidan qat'iy nazar har bir chop etilgan material uchun bir dona to‘plam taqdim etiladi. Tashkiliy qo‘mita konferensiya mavzusiga va bayon etilgan talablarga mos kelmagan materialni qabul qilmaslik huquqiga ega.

Ko‘rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan maqola, tezislar chop qilinmaydi hamda muallifga qaytarilmaydi. Jizzax shahriga kelish va ketish, mehmonxonada yashash bilan bog‘liq xarajatlar ishtirokchilarning o‘z hisoblaridan amalga oshiriladi. Ishtirokchilar hohishiga ko‘ra mehmonxonadan joy buyurtma qilishi mumkin. Joy buyurtma qilish zarur bo‘lganda oldindan tashkiliy qo‘mitani ogohlantirishingizni so‘raymiz.

Anjuman ishtirokchilari uchun Jizzax diyori madaniyati va tarixiy yodgorliklari bilan tanishishga sharoit yaratiladi.

PUL O‘TKAZMALARI MANZILI
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi YAgona G‘aznachiligi
h/r: 23402000300100001010 INN: 20112919
MFO: 00014 Markaziy bank BB-XKKM Toshkent shahri
To‘lov maqsadiga:
SH/xv 400110 86008401 7950100 079001 Jizzax politexnika instituti INN: 201672757

1-ilova Ariza namunasi

ISHTIROK ETISH UCHUN ARIZA

“___________________________________________________________________”
(konferensiya nomi)

Muallifning to‘liq ismi sharifi

 

Ish joyi (to‘liq)

 

Lavozimi

 

Ilmiy darajasi va unvoni

 

Tezis nomi

 

To‘plam jo‘natiladigan pochta manzili

 

Uy va ish telefoni

 

E - mail

 

Ishtirok etish shakli

 

Ariza alohida faylda rasmiylashtiriladi.

- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -- - - - -

2 – ilova. (Maqola, tezisni rasmiylashtirish namunasi)

UDK - ...

AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA YOSHLAR TARBIYASI

Uralov SH.Q.
(Ilmiy darajasi) Jizzax politexnika instituti

O‘zbekiston Respublikasi, Jizzax shahri

Muallifning E – mail i

Annotatsiya: (3-5 satr)
Kalit so‘zlar (3-6 ta so‘z)
. MATN.......................................................................................................................................

Foydalanilgan adabiyotlar

1. .........................
2...........................
3. .........................

O'qildi: 89 | Reyting: 9.8 | Izohlar: 0


OO'Y reyting