UZ | RU | EN    

1 2
 
«May 2017»
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Konferensiya

FAN-TEXNIKA, TALIM VA TEXNOLOGIYALAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

2017-03-22 / 12:26

“FAN-TEXNIKA, TA'LIM VA TEXNOLOGIYALAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI” mavzusidagi
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasining
AXBOROT XATI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 18 martdagi "Jizzax" maxsus industrial zonasini barpo etish to‘g‘risida”gi PF-4516-son Farmoni hamda 2011 yil 20 maydagi “Oliy ta'lim muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1533 Qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida, Jizzax politexnika institutida 2017 yil 14-15 aprel kunlari Fan-texnika, ta'lim va texnologiyalar: dolzarb muammolar va rivojlanish tendensiyalari mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Konferensiyada qatnashish uchun barcha oliy o‘quv yurtlarining professor-pedagog o‘qituvchilari, tadqiqotchilari hamda tegishli sohalar olim va mutaxassislari taklif etiladi.

Konferensiya quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

I yo‘nalishi: O‘zbekistonda demokratik davlatni rivojlantirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy muammolari;
II yo‘nalishi:Oliy o‘quv yurtlarida  innovatsion axborot va ta'lim texnologiyalarini yaratish hamda oliy ta'limni modernizatsiyalashda xalqaro hamkorlikning dolzarb muammolari;
III yo‘nalishi: er va suv resurslaridan hamda biologik xilma-xillikdan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash tizimini takomillashtirish muammolari;
IV yo‘nalishi: iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishini ta'minlovchi modernizatsiyalashgan energiya va resurs tejamkor texnologiyalar, texnika vositalari, mashina va uskunalarning yangi avlodi hamda materiallarni yaratish muammolari;
V yo‘nalishi: avtotransport vositalarini ishlatish, yo‘l harakat xavfsizligini ta'minlash muammolari;
VI yo‘nalishi: kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish asosida sohaning raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yuksaltirish istiqbollari.
VII yo‘nalishi: loyihalash va quoilish ishlarini amalga oshirishning zamonaviy muammolari va omillari.
Ilmiy–amaliy konferensiya materiallari to‘plami nashr qilinishi rejalashtirilgan.

Tezislarni rasmiylashtirishga doir talablar:

Tezislar ilmiy–amaliy konferensiya yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, amaliy tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim.

Ilmiy tezislar matnlari tahrir qilingan holda A-4 o‘lchovidagi qog‘ozga, yuqoridan va pastdan 2.0 sm., chapdan 3.0 sm., o‘ngdan 1.5 sm. joy qoldirib, 1 nusxada rasmiylashtiriladi. Tezisning nomi qalin xarflar bilan yoziladi, tagidan o‘ng qismida muallifning to‘liq familiyasi, ismi va sharifi, ilmiy darajasi va unvoni, tashkilot nomi va lavozimi, elektron manzili ko‘rsatiladi.

Tezis matni 1.0 intervalli qatorlarda 14 kegel kattaligida Times New Roman shriftida 3-5 betgacha hajmda yoziladi. Tezislarning elektron varianti Microsoft Word 2003-2007 matn muxarririda, RTF formatdagi faylda Times New Roman shriftida yozilgan holda bo‘lishi kerak. Tezis matnida foydalanilgan manbalar aniq ko‘rsatilishi lozim. Tezislar matnlari o‘zbek va rus tillarida, pechatlangan shaklida 1 aprelgacha qabul qilinadi. Tezis faylning nomi muallif familiyasidan iborat bo‘lishi kerak. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan ma'ruza tezislari to‘plamga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi. Konferensiya materiallarini to‘plam shaklida chop etish uchun ishtirokchilar maqola va tezislarni har bir sahifasi uchun 10000 so‘m miqdorida tashkiliy badal mablag‘ini to‘lashlari zarur.

Badal puli to‘lash uchun hisob raqami:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gaznachiligi
x/r: 23402000300100001010    INN: 201122919
MFO: 00014
JizPI
SH/xv 400110860084017950100079001    INN:201672757
Tashkiliy qo‘mita manzili: 130100, Jizzax shahri, Xalqlar Do‘stligi shox ko‘chasi, 4 uy. Mas'ul xodim: Soatova Dilorom. Tel.: (+99872)226-57-01, (99893)307-93-78 Faks: (+99872)226-45-47, Jizzax politexnika instituti. E.mail: begzod@edu.uz

KONFERENSIYA ISHTIROKCHISI ANKETASI

Familiya, ismi, sharifi ________________________________________________________
Ilmiy darajasi _______________________________________________________________
Ilmiy unvoni ________________________________________________________________
Ish joyi _____________________________________________________________________
Ish joyi manzili _____________________________________________________________
Egallab turgan lavozimi________________________________________________________
Telefon raqami _______________________________________________________________
Faks _______________________________ e-mail ___________________________________
Konferensiyadagi ma'ruzaning nomi _____________________________________________
Qaysi seksiyaga mosligi________________________________________________________

O'qildi: 62 | Reyting: 9.5 | Izohlar: 0


OO'Y reyting