UZ | RU | EN    

1 2
 
«Noyabr 2017»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Konferensiya

Ilm-fan yutuqlari taraqqiyotning muhim omili mavzusidagi iqtidorli talabalarning ilmiy-texnik anjuman

2017-03-22 / 12:19

“Ilm-fan yutuqlari –taraqqiyotning muhim omili” 
mavzusidagi iqtidorli talabalarning ilmiy-texnik anjuman
AXBOROT XATI

Jizzax viloyati hokimligi Hududiy innovatsiya faoliyati va texnologiyalar transferi markazi, Jizzax politexnika instituti, Jizzax Davlat pedagogika instituti, Jizzax viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasi hamkorlikda  2017 yilning 25 mart kuni “Ilm-fan yutuqlari –taraqqiyotning muhim omili”  mavzusidagi iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

Ilmiy-texnik anjumanda quyidagi masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan:

  • Globallashuv sharoitida jamiyat taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmalarni yaratish va ma'naviy-ma'rifiy islohotlar yoshlar hayotiy pozitsiyasini shakllantirishning muhim omili sifatida;
  • Iqtisodiyotni modernizatsiyalashning, tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirishning va rivojlangan xorij mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tendensiyalarining dolzarb masalalari;
  • Iqtisodiyot, ta'lim, qurilish, sanoat, energetika va transport sohalarida innovatsion texnologiyalar, axborot kommunikatsiyalari, zamonaviy dasturiy ta'minotlar yaratish va tadbiq qilish masalalari;
  • Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish, saqlash, qayta ishlashning innovatsion texnologiyalarini yaratish, mashina va mexanizmlarini takomillashtirish masalalari;
  • Atrof-muhit ekologiyasi, chiqindisiz texnologiyalar, ekologik xavfsiz mahsulotlar ishlab chiqarishning dolzarb masalalari.

Maqola, tezis materiallari o‘zbek, rus, ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin. Anjuman materiallari to‘plam holida chop etish rejalashtirilmoqda. Anjuman tashkiliy qo‘mitasi maqola, tezislarni saralashni o‘z zimmasiga oladi. Ko‘rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan maqola, tezislar chop qilinmaydi hamda muallifga qaytarilmaydi.

Anjuman materiallarini rasmiylashtirishga quyiladigan talablar

  • Maqola, tezis matnlari elektron nusxada taqdim etilishi yoki jizzax.innovatsiya@mail.ru elektron pochta manziliga jo‘natilishi talab etiladi.
  • Anjumanda ishtirok etish uchun maqola, tezis matnlari 3-5 bet hajmda, A-4 kattalikdagi qog‘ozda, 14 kegel kattaligida, 1 intervalda, yuqoridan, pastdan, chapdan, o‘ngdan 2,5 sm joy qoldirib, Times New Roman shriftida rasmiylashtirilishi lozim. 
  • Maqola, tezisning nomi bosh harflar bilan yozilishi kerak. Ikkita bo‘sh qator qoldirilib, navbatdagi qatordan muallifning ismi, familiyasi va bir qatordan ta'lim muassasasi, kursi, guruh raqami va shahar nomi ko‘rsatiladi. Ikkita bo‘sh joy qoldirilib, navbatdagi qatordan maqola, tezis matni yoziladi. Matn oxirida bir qator bo‘sh joy qoldirilib, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati kiritiladi. Adabiyotlar ro‘yxati to‘liq holda keltirilishi lozim (familiya, nomi, nashr joyi, nashriyot, betlari). Manbalarga havolalar albatta ko‘rsatilishi lozim. Matnda ko‘rsatilgan faktlarning to‘g‘riligi va aniqligiga shaxsan mualliflar javobgar.
  •  Fayl nomi muallifning familiyasi bilan nomlanishi lozim. Matn ostiga chizish, bosh harflar bilan yozish va bo‘sh joylar qoldirish taqiqlanadi.
  • Rasm va grafiklarni rasmiylashtirishda matn ichida (Vnutri teksta) Microsoft Office standart dasturlarini qo‘llash tavsiya etiladi.

Anjumanda qatnashish shartlari quyidagicha:

  • anjumanda qatnashish uchun sho‘‘ba nomi ko‘rsatilgan holda maqola, tezis matnini yuborish muddati 2017 yil 15 martgacha;
  • badal puli har bir sahifa uchun 10000 so‘m.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi
x/r: 23402000300100001010
MFO: 00014
Markaziy bank BB-XKKM Toshkent shahar
To‘lov maqsadiga:
SH/xv 400110860084017950100079001
Jizzax politexnika instituti INN 201672757

Jizzax shahriga kelish va ketish, mehmonxonada yashash bilan bog‘liq harajatlar ishtirokchilarning o‘z hisoblaridan amalga oshiriladi. Agar mehmonxonada yashashga zarurat bo‘lsa joy bron qilish uchun talabnomada ko‘rsatilishi lozim.

Anjuman ishtirokchilari uchun iqtidorli talabalarning ijodiy ishlar bilan Jizzax politexnika instituti, Jizzax Davlat pedagogika instituti, Jizzax viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasiga qarashli akademik litsey va kasb hunar kollejlari ilmiy va o‘quv  laboratoriyalari bilan tanishishga sharoit yaratiladi.


Tashkiliy qo‘mita manzili: 130100, Jizzax shahri, Xalqlar Do‘stligi shoh ko‘chasi, 4 uy.
Tel.: (0372) 226-54-77, (+99897) 455-07-04,  (+99890) 296-33-99
Faks: (0372) 226-45-47.
E.mail: jizzax.innovatsiya@mail.ru

Anjumanga qiziqish bildirganligingiz uchun minnatdormiz!
Tashkiliy qo‘mita

O'qildi: 92 | Reyting: 10 | Izohlar: 0


OO'Y reyting