UZ | RU | EN    

1 2
 
«Sentyabr 2017»
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Karera kuni mehnat yarmarkasi institut bitiruvchilari uchun ayni muddao boldi

2017-03-13 / 17:26

Mamalakatimizda yoshlarga zamon talablari darajasida ta'lim berish barobarida ularni kelgusida munosib ish o‘rinlari bilan ta'minlashga ham alohida e'tibor qaratilmoqda.

Jizzax politexnika institutida o‘tkazilgan "Karera kuni" mehnat yarmarkasi ana shu ezgu maqsadga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Jizzax viloyat hokimligi va Jizzax politexnika instituti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda 60 dan ortiq korxona, tashkilot va muassasa o‘zida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

"Karera kuni" mehnat yarmarkasining ochilish marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi To‘raeva Gulnora Mamadalievna uyushtirilayotgan tadbirning maqsad va mohiyati bitiruvchi talabalarning kelajakdagi hayotida tutgan o‘rni va ahamiyatiga alohida to‘xtaldi.

Qayd etish kerak, hozirgi kunda ushbu institut sanoat, qurilish, transport sub'ektlariga malakali mutaxassislarni etkazib beruvchi ta'lim maskanlaridan biri sanaladi. Ta'lim dargohini joriy 2016-2017 o‘quv yilida yigirmata ta'lim yo‘nalishi hamda to‘rtta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 1 ming 19 nafar bitiruvchi tamomlaydi.

"Karera kuni" mehnat yarmarkasida Jizzax viloyat Mehnat bosh boshqarmasi va tumanlardagi Bandlikka ko‘maklashish markazlari, Markaziy bank Jizzax viloyat bosh boshqarmasi hamda tijorat banklari, "Jizzax" Erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi hamda uning tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar, Viloyat Arxitektura qurilish boshqarmasi, Jizzax viloyat transport nazorat departamenti, Jizzax Akkumlyator zavodi OAJ va boshqa bir qator korxona, tashkilot va muassasalar o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari hamda bitiruvchilarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun ajratilayotgan imtiyozli bank kreditlari to‘g‘risidagi ma'lumotlari bilan ishtirok etdilar.

Yarmarka doirasida ish beruvchi tashkilotlar vakillari ishga joylashishga qo‘yiladigan malakaviy talablar hamda xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida bitiruvchilarga ma'lumot berdilar.

Yarmarkadan lavhalar

O'qildi: 137 | Reyting: 1.9 | Izohlar: 0


OO'Y reyting