UZ | RU | EN    

1 2
 
«Mart 2017»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Umumxalq xayriya hashari

2017-03-11 / 14:54

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 28 fevraldagi “2017 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 2 martdagi “2017 yil mart-aprel oylarida mamlakatimizning barcha xududlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi xamda 11-12 mart kunlari umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish to‘g‘risida” gi 208-F sonli farmoyishiga asosan, Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjixatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalar,aholini turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish,Respublikaning barcha hududlarida sanitariya holatini yaxshilash hamda 2017-2021 yilarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqat va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, Jizzax politexnika instituti  “Avtotransport”  fakultetida ham umumxalq xayriya hashari tashkil etiladi.

 Hashar davomida fakultetning professor-o‘qituvchilari va talabalari institut hududida,Jizzax shahar Forum majmuasi atrofida  "Istiqlol" madaniyat va istiroxat bog‘i hududida  obodonlashtirish va  ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirildi, hududlar turli xildagi chiqindilardan tozalandi.Bundan tashqari gul, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, bo‘sh turgan joylarda yashil hududlar tashkil qilindi.

Shanbalikdan so‘ng  “Avtotransport” fakultetining dekanat rahbar xodimlari,professor-o‘qituvchilari va talabalari  muhtoj keksalarga, nafaqaxo‘r va imkoniyati cheklangan kishilarga ijtimoiy yordam ko‘rsatdilar.

Tadbirdan lavhalar

“Avtotransport” fakulteti ma'naviy ma'rifiy
 ishlari bo‘yicha dekan muovini:

Irgashev X.N.
O'qildi: 40 | Reyting: 10 | Izohlar: 0


OO'Y reyting