UZ | RU | EN    

1 2
 
«Iyun 2017»
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Jannatmakon yurtning baxtli qiziman

2017-03-03 / 18:20

 2017 yil 3 mart kuni soat 15:00 da Yunus Rajabiy nomidagi viloyat musiqali drama teatrida, institut xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti, Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi, Kasaba uyushma qo‘mitasi, “Avtotransport”fakulteti,“Sanoat texnologiyasi”, “Bino va muxandislik inshoatlari va injineringi” fakultetlari, axborot–resurs markazi, institut “Kamolot” YOIH b.t. bilan hamkorlikda, “Avtotransport” fakultetining 2016/2017 o‘quv yili mart oyida ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida xamda, 2017 yil “Xalq bilan muloqat va inson mafaatlari yili, 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami hamda Zulfiyaxonim tavallud topgan kun munosabati bilan “Jannatmakon yurtining baxtli qiziman” mavzusidagi institut talaba-qizlari o‘rtasida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi. Viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi va Jizzax politexnika instituti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, institut professor-o‘qituvchilari, talaba-qizlar ishtirok etdilar. 
 
Viloyat hokimi o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi G.To‘raeva, Jizzax politexnika instituti rektori A.K.Usmonkulov va boshqalar mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish, intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e'tibor tufayli ular hayotimizning turli sohalarida samarali faoliyat yuritib, mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotganini ta'kidladi. Xozirgi kunda Jizzax politexnika institutida 800 ga yaqin xotin-qiz bo‘lim va fakultetlarda tuzilgan to‘rtta boshlang‘ich tashkilot tarkibida ijtimoiy, madaniy-ma'rifiy, siyosiy hayotda faol ishtirok etib kelayotir. Ularning 579 nafari talaba qizlardir. Tadbir doirasida sport, chevarlik, pazandalik, orastalik, raqs, qo‘shiq ijrochiligi, onalar uchun bayram sovg‘asi tayyorlash bo‘yicha talaba-qizlar o‘rtasida ko‘rik-tanlov tashkil etildi.Ishtirokchilar milliy qadriyatlarimizni nechog‘li bilishi, sportda erishgan natijalari, zamonaviy dizaynda o‘zlari tayyorlagan milliy liboslar namunalari, talabalar uchun tavsiya etilgan soch turmaklash usullari, bayram uchun guldasta va sovg‘alar tayyorlash, milliy taomlar pazandaligi, onalar uchun bayram sovg‘alari tayyorlash mahoratini namoyish etdi. Har bir shart o‘rtasida talaba-qizlar tomonidan tayyorlangan musiqali dasturlar tadbirga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Ko‘rik-tanlov oltita shart asosida o‘tkazilib hakamlar hayati tomonidan baxolanib borildi.

Ko‘rik-tanlovda “Avtotransport” fakultetidan 203-16 KT (Iva AT) guruhi talabasi Gulandon Arabova hamda 110-15 EvaAMM guruhi talabsi Zuxra Anorboevalar faol ishtirok etdilar. Ko‘rik-tanlov natijasiga ko‘ra Nazarova Maftuna oliy o‘rinni egallab, g‘olib deb topildi va qolgan ishtirokchilar turli nominatsiyalar bo‘yicha institut ma'muriyati tomonidan faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
 
Yoshlarning katta qiziqish bilan ishtirok etgani ushbu madaniy-ma'rifiy tadbir amaliy ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatdi. 

O‘tkazilgan tadbir tafsilotlari viloyat va shahar telekanali orqali keng yoritildi.

“Avtotransport” fakulteti ma'naviy ma'rifiy
ishlar bo‘yicha dekan muovini:
Irgashev X.N.

O'qildi: 88 | Reyting: 10 | Izohlar: 0


OO'Y reyting