UZ | RU | EN    

1 2
 
«Sentyabr 2017»
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Nazm va Navo

2017-02-16 / 18:59

Jizzax politexnika instituti “Avtotransport” fakultetining 2016/2017 o‘quv yili fevral oyida ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida xamda O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish,kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi,  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 26 yanvardagi 39-sonli Qarori ijrosini ta'minlash to‘g‘risida hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta'lim Vazirligining 2017 yil 28 yanvardagi 51-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 16 fevral kuni institutning konferensiya zalida “Avtotransport” fakultetida Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligi, O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi va moxir sarkarda Zahiriddin Muxammad Bobur tavalludining 534 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Nazm va Navo” bugungi kun ijodkor shoir va yozuvchilari bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda institut rektori A.K.Usmankulov, ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektor N.N.Alimov, “Avtotransport” fakulteti dekani N.I.Saidaxmedova, fakultet  ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini X.N.Irgashev,“Kamolot” YOIH etakchisi A.Tursunov, kafedra mudirlari,professor o‘qituvchilar, guruh murabbiylari,guruh sardorlari, talabalar hamda mexmonlardan Turob Niyoz, Shaxlo Axrorova, Orif To‘xtash, Luqmon Burxon, Ergash Muxammad, Abulqosim Mamarasulov va Abduraxmon Karimovlar ishtirok etishdilar.

Tadbirni  Jizzax Politexnika Instituti rektori A.K.Usmonkulov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Ushbu kechani Sh.Axrorova olib bordi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasidan bugungi kun ijodkorlaridan Turob Niyoz, Orif To‘xtash, Luqmon Burxon, Ergash Muxammad, Abulqosimov Mamarasulov, Abduraxmon Karimov shuningdek Jizzax viloyatidan sa'natkorlar ishtirok etishdi.

Ular o‘zlarining ijod namunalari va Buyuk bobokolonimiz A.Navoiy va Z.M.Boburning ijodlaridan talaba yoshlarga o‘qib berishdi. Sa'natkorlarning mumtoz qo‘shiqlari talaba yoshlarga juda xam manzur bo‘ldi. O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi ijodkorlarining yangi kitoblari taqdimoti, albatta kechaga yig‘ilgan talaba yoshlarga yanada kitobga oshno bo‘lishlari va qiziqishlari ortishiga katta turtki bo‘lib qoladi. Kecha so‘ngida talaba yoshlar o‘zlariga qiziqarli va ijodkorlarning yangi ijod na'mnalaridan she'rlar so‘rab, bunday “Nazm va Navo kechalari yanada ko‘proq o‘tkazilishlarini so‘rab qolishdi. Kecha so‘ngida ishtirokchilarga Institut raxbariyati hamda “Avtotransport” fakulteti tomonidan estalik sovg‘alar topshirildi. Nazm va Navo kechasi yig‘ilganlarga manzur bo‘ldi. Tadbir ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

Tadbirdan lavhalar

“Avtotransport” fakulteti ma'naviy ma'rifiy
ishlar bo‘yicha dekan muovini:
Irgashev X.N.

O'qildi: 154 | Reyting: 10 | Izohlar: 0


OO'Y reyting