UZ | RU | EN    

1 2 3
 
«Fevral 2018»
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728    
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Ajdodlar xotirasi yodimizda

2017-02-14 / 17:31

“Avtotransport” fakultetining 2016/2017 o‘quv yili fevral oyida ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida xamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 26 yanvardagi 39-sonli Qarori ijrosini ta'minlash to‘g‘risida hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta'lim Vazirligining 2017 yil 28 yanvardagi 51-sonli buyug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida, institutning konferensiya zalida “Avtotransport” fakulteti ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini,Axborot resurs markazi,institut ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi xamda “Avtotransport” fakulteti 201-16 KT(iqs),207-16 TTE va TL, 210-16 XK(AT) guruhlari talabalari tashabbusi bilan Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligi, O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi va moxir sarkarda Zahiriddin Muxammad Bobur tavalludining 534 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Ajdodlar xotirasi yodimizda” mavzusidagi nazm va navo kechasi ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda institut rektori, prorektorlar, dekanlar, dekan muovinlari,kafedra mudirlar,bo‘lim boshliqlari,professor-o‘qituvchilar,talabalar hamda mexmonlardan shoir Ergash Muxammad shoira SHahlo Axrorova,institutning Dilbar Soatovalar ishtirok etishdilar.

Tadbirni Jizzax Politexnika Instituti rektori A.K.Usmonkulov kirish so‘zi bilan ochib berdi va quyidagilarni aytib o‘tdi.

O‘zbek adabiyotining asoschisi, she'riyat mulkining sultoni, ma'rifatparvar shoir, davlat arbobi Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralda Hirot shahrida tug‘ilgan.

Yosh Alisher favqulodda iste'dod egasi bo‘lib, iste'dodining dastlabki ko‘rinishlari u uch-to‘rt yoshga to‘lgan vaqtlardayoq namoyon bo‘la boshlagan. SHu vaqtda u Fariddin Attorning "Mantiq-ut-tayr" asarini yod oladi.

Alisherdagi ilm o‘rganishga bo‘lgan kuchli qiziqish hamda ishtiyoqni o‘z vaqtida anglagan ota-onasi uni 1445 yilda maktabga beradilar. Maktabda tahsil olayotgan chog‘larida o‘tmish mutafakkirlari va o‘z zamonasining zabardast shoirlarining ijodlari bilan yaqindan tanishadi. Mazkur davrda badiiy mavjud asarlar mazmunini o‘qib-o‘rganish bilan kifoyalanib qolmay, 10-12 yoshidayoq mustaqil ravishda she'rlar yoza boshlaydi. YOsh Alisher tomonidan yaratilgan she'riy misralar o‘zida yuksak badiiy va falsafiy g‘oyalarni aks ettirar edi.

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevralda Andijonda Umarshayx Mirzo xonadonida tavallud topdi. Saroyda shahzodalarga xos munosib ta'lim – tarbiya olgan Bobur otasi vafotidan so‘ng 12 yoshida taxtga o‘tirdi. Bobur toj – taxt uchun bo‘lgan urushlar tufayli Andijondan chiqib ketib, Hindistonda buyuk boburiylar sulolasiga asos soldi. Hindistonda qudratli saltanat o‘rnatgan, davlatning gullab- yashnashida katta hissa qo‘shgan sevimli shoirimiz 1530 yil Agra shahrida olamdan o‘tdi. U o‘z umri davomida “Boburnoma”, “Mubayyin-al –zakot” (Zakot bayoni),”Xatti Boburi”, “Xarb ishi” kabi ko‘plab nasriy va she'riy asarlar yaratdi.

Shundan so‘ng tadbir mexmonlaridan “Alisher Navoiy ijodi va barkamol inson tarbiyasi” mavzusida shoira SH.Axrorova va E.Muxammad,shuningdek “Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiy faoliyati ” mavzusida D.Soatovalar ma'ruza qildilar.

Shundan so‘ng “Avtotransport” fakulteti talabalari Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallaridan namuna o‘qib ularning hayoti va ijodidan saxna ko‘rinishlari namoyish etishdi.
Tadbir yig‘ilganlarga manzur bo‘ldi.

Tadbirdan lavhalar

“Avtotransport” fakulteti
ma'naviy-ma'rifiy ishlar
bo‘yicha dekan muovini
Irgashev X.N.

O'qildi: 200 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting