UZ | RU | EN    

1 2 3
 
«Fevral 2018»
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728    
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Kitob kelin sarposi bezagi

2017-02-11 / 17:16

Prezidentimizning yoshlarni kitob o‘qishga qaratilgan farmoyishlariga ko‘ra,bugungi kunda yoshlarni kitobga qiziqishi,  ularni dunyoqarashini kengaytirish, erkin fikrlashga o‘rgatish maqsadida Jizzax politexnika instituti xotin – qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi,  “KITOB-KELIN SARPOSINING BEZAGI” mavzusida ko‘rik – tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomga ko‘ra 2017 yil  11- fevral kuni  Jizzax politexnika instituti “Sanoat texnologiyasi ” fakulteti Yengil sanoat kafedrasida "Kitob kelin sarposi bezagi"gi tadbiri o‘tkazildi.  

Tadbirni Yengil sanoat kafedrasi referenti M.Yuldasheva tashkil qildi.

“Kitob kelin sarposi bezagi “ tadbiri bugungi kunda yoshlarni kitobga qiziqishi, hurmati, mehrini oshirish, ularni dunyoqarashini kengaytiradi, erkin fikrlashga o‘rgatadi, huquqiy bilimini oshirishga xizmat qiladi, oilaga tayyorlashda yaqindan yordam beradi shu bilan birga  axborot-resurs markaziga ko‘proq jalb qiluvchi  tadbirdir.Tanlov shartlari quyidagilardan iborat bo‘ldi.

1. Birinchi  Prezidentimiz asarlarini o‘rganamiz. Talaba Prezidentimizni biror asarini sharxlab berish kerak. (5-6 daqiqa-jami 25 daqiqa  )
2. Mening sevimli asarim. Bunda ishtirokchi biror sevimli asarini sharxlab beradi. (3 daqiqadan jami 12 daqiqa)
3. Ishtirokchilarning intellektual bilimlarini sinash. Tezkor savol – javoblar va  krossvord echish.(5 daqiqadan, jami 20  daqiqa)
4. Erkin mavzu   (8 daqiqadan jami 32  daqiqa)

 Tadbirda   229-16 guruxidan 2 nafar , 230 va 231 -16 guruxlaridan 3 nafar jami 4 nafar talaba  qatnashdi.

Tadbir ishtirokchilarini baxolab borishi uchun  institut xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi B.Tursunova, Institut ma'naviyat-ma'rifat bo‘limi boshlig‘i B.Rashidova  va "ARM" bo‘limi boshlig‘i Z.Qosimovalar   taklif qilindi.

Tadbirda qatnashgan xar bir ishtirokchi 

1-shartdagi Birinchi Prezidentimizni asarlarini  slaydlar orqali sharxlab berdilar va o‘zlarini bilimli va zukkoliklarini  ko‘rsatdilar.
2-chi shart bo‘yicha xar bir talaba o‘zlarini eng sevimli asarlarini sharxlab berdilar va kitobga bo‘lgan qiziqishlarini ,yaxshi kitobxon ekaliklarini isbotlab berdilar.
3-chi shartda ishtirokchilarning intellektual bilimlarini sinash uchun tezkor savol – javoblar  berildi.
4-shartda ishtirokchilar o‘zlari tayyorlagan erkin mavzu asosida chiqishlar qilishdi.

Tashkilotchilar tomonidan zaldagi ishtirokchilarga savollar berildi.

Talabalar ishtirokida baxs-munozalar asosida savollarga javoblar berildi  va tashkilotchilar tomonidan sovg‘alarga ega bo‘ldilar.

Tadbir so‘ngida xay'at raisi Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i B.Rashidova bo‘lib o‘tgan tadbir nixoyatda dolzarbliligi,yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishlari kuchaytirish kerakligi  va ishtirokchilarning xar bir chiqishlarini yuqori saviyada o‘tganini ta'kidladi. Ishtirokchilardan A.ga  “Eng zukko talaba ”nominatsiyasi, 229-16 guruxidan B.   “Eng yaxshi Prezident asarini o‘rganuvchi ” nominatsiyasi , 230-16 guruxidan  “Eng topqir talaba ” nominatsiyasi berildi.

231-16 guruxi talabasi “Eng yaxshi kitobxon”  nominatsiyasini  berilib  tadbirning mutloq g‘olibi bo‘ldi.

Ishtirokchilarning xar biri o‘zlarining zukkoligini, bilimli ekanlikdarini ko‘rsatdilar va tashkilotchilar tomonidan sovg‘alarga ega bo‘ldilar.

Yengil sanoat texnologiyalari kafedrasi

O'qildi: 154 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting