UZ | RU | EN    

1 2 3
 
«Fevral 2018»
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728    
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Mangulikka muxrlangan mutafakkir

2017-02-09 / 17:16

“Qobiliyatli odamni tarbiya qilmaslik – zulmkorlik va noqobil odamga tarbiya xayfdir.
Tarbiyangni ayab unisini nobud qilma, tarbiyangni bunisiga zoya ketkazma. ”
“Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim,
Orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim”
Alisher Navoiy

Jizzax politexnika instituti 2017 yil 9 fevral kuni soat 11:00 da “Binolar va MII” fakultetida Alisher Navoiy tavalludining 576 - yilligi munosabati bilan “Mangulikka muxrlangan mutafakkir” mavzusida ma'naviy ma'rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut “Binolar va MII” fakultet dekani N.A.Asatov, Jizzax davlat pedagogika institutining filologiya fanlari doktori, professor Xolbekov M.N., Jizzax davlat pedagogika institutining filologiya fanlari nomzodi, dots. Musaev A.S., Jizzax politexnika instituti dots. Axmedov A.U., Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i B.YA.Rashidova, fakultet dekan o‘rinbosarlari M.Mirzabekov va G.Dadaeva, fakultet professor-o‘qituvchilari va 175 ta talabalar ishtirok etishti.

Tadbirni Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i B.Rashidova olib bordi.

U kishi tadbir ishtirokchilari bilan tanishtirib o‘tdi. Birinchi so‘zni Jizzax davlat pedagogika institutining filologiya fanlari doktori, professor Xolbekov Muxammad Nurqosimovichga berdi. U o‘z so‘zida 15- asr jahon ma'naviyatining buyuk siymosi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hijriy 844 yil ramazon oyining 17-kuni (1441 yil 9 fevral)da Hirotda tug‘ilganligi, Hirot shahri XV asr birinchi yarmida Sohibqiron Amir Temur asos solgan ulug‘ saltanatining ikkinchi poytaxti, Temurning kenja o‘g‘li SHohrux Mirzoning qo‘l ostidagi obod manzillaridan biri edi. Alisher tug‘ilgan xonadon Temuriylar saroyiga azaldan yaqin va yurtda muayyan nufuz sohibi edi.

G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish,
El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish.
Oltin qafas ichra qizil gul butsa,
Bulbulga tikondek oshiyon bo‘lmas emish!

Navoiy o‘z ijodi bilan o‘zbek adabiyotining so‘nggi rivojini belgilabgina qolmay, Movarounnahr va Xurosonning butun ma'naviy madaniyati taraqqiyotiga juda katta ta'sir ko‘rsatdi. Uning asarlari, she'riyati qayta-qayta ko‘chirilib, xalq orasida keng tarqalib, shoirlar uchun maktab vazifasini o‘tadi, madrasalarda keng o‘rganildi. U kishi buyuk mutaffakirimiz A.Navoiy haqida batafsil ma'lumotlar berib o‘tdi.

Keyingi so‘z navbatini Jizzax davlat pedagogika institutining filologiya fanlari nomzodi, dots. Musaev Abduvali Sulaymonovichga berildi. U o‘z so‘zida fors tilidagi birinchi "Xamsa" buyuk shoir Nizomiy Ganjaviy (1141—1209) tomonidan yaratilganligi, shoir hech bir o‘rinda o‘zining "Xam­sa" yozganligini qayd etmaganini, Nizomiy vafotidan 100 yil o‘tib, Hindistonda tug‘ilib o‘sgan forsiyzabon turk o‘g‘loni Xusrav Dehlaviy Nizomiy "Xamsa"siga birinchi bo‘lib tatabbu yozadi va "xamsachilik" an'anasini boshlab beradi.

Dehlaviy "Xamsa"si Nizomiyga ajoyib sharh va undagi mazmunlarning yangicha talqini sifatida o‘zining ham, salafining ham shuhratini olamga yoydi. Keyingi XIV— XV asrlar mintaqa ma'naviyati "Xamsa" an'anasi ta'sirida rivoj oldi, shoirning salohiyati va iqtidori hech bo‘lmaganida "Xamsa"ning bir dostoniga munosib javob yoza bilish bilan o‘lchanadigan bo‘ldi. Bu jahon ma'naviyati tarixida betakror hodisadir. Turkiy adabiyotda Qutb va Haydar Xorazmiylar boshlab bergan "xamsachilik" an'anasi o‘zining kamolini Alisher Navoiy ijodida topdi degan so‘zlari bilan yoritib berdi.

Islom aqidalariga ko‘ra bir kecha-kunduzda o‘qiladigan besh vaqt namoz "al-Xamsatu" deyiladi, dinimizning besh ustuni (rukni) ham tavhid (imon), namoz, ro‘za, zakot, haj — o‘ziga xos "Xamsa" (beshlik)ni tashkil etadi. Demak, Nizomiy dostonlarining "Xamsa" turkumi sifatida talqin etilishi, unga Amir Xusrav va Navoiy janoblari bejiz emas. Alisher Navoiy "Saddi Iskandariy" dostonining muqaddima qismida bu masalaga maxsus to‘xtalib, "Hamsa"ning har bir dostoni yozilishini kunning ma'lum vaqtlarida o‘qiladigan sahar, peshin, asr, shom va xufton namozlari bilan qiyos etadi hamda "Xamsa"ni buyuk tog‘ cho‘qqisiga ko‘tarilish mobaynida besh o‘rinda to‘xtab, nafasni rostlash uchun bino etilgan besh oromgohga o‘xshatadi.

Jizzax politexnika instituti dots. Axmedov Alijon Usmonovichga berildi. U kishi “Alisher Navoiy izdihomlariga bag‘ishlov” degan slaydlari bilan qiziqarli ma'lumotlar berib o‘tdi. Unda buyuk mutaffakirimiz Alisher Navoiy haqida aytib o‘tgan birinchi prezidentimiz I.A.Karimov bilan so‘z ochdi. Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”. SHuningdek, u kishi Abduraxmon Jomiy namunalaridan keltirdi: bu qalamga falakdan ofarinlar yog‘ilsin! CHunki bu yoqimli naqshni o‘sha qalam yaratdi va forsiy til egalari, forscha nazm durlarini tuzuvchilarga rahm qildi: u ham shu forsiy tilda yozganda, boshqalarga so‘z aytishga majol qolmasdi. Bu mo‘jizakor nazm tarozisi qarshisida Nizomiy kimu Xusrav kim bo‘ldi?

Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, o‘z asarlarida Pushkin 21, Shekspir 20, Servantes 18 ming betakror so‘z ishlatishgan. A. Navoiy 1 mln. 378 ming 660 ta so‘z, shu jumladan 26 mingdan ortiq betakror so‘z ishlata olganlar. Turkiyda 2 ming 600 ishqiy mavzuda g‘azal bitgan!

Undan so‘ng “Binolar va MII” fakulteti “Xorijiy tillar” kafedrasi bilan birgalikda badiiy qismga o‘tishti. Badiiy qismni 255-16 XK guruh talabasi Imomov Abbosjon hamda 245-16 MKQ guruh talabasi Xolmurodova Iroda olib borishti. Unda “Binolar va MII” fakulteti 245-16 MKQ guruh talabalari Alisher Navoiy g‘azallari, chiroyli mumtoz raqslari va qiziqarli chiqishlari bilan hamma zal ishtirokchilarini lol qoldirishti.

Tadbir slaydlar, taqdimot materiallar va videoroliklar bilan sermazmun va xo‘shkayfiyatda o‘tdi.

Tadbirdan lavhalar

“Binolar va MII” fakulteti
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha
dekan muovinlari:
M.Mirzabekov, G.Dadaeva

O'qildi: 197 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting