UZ | RU | EN    

1 2
 
«Oktyabr 2018»
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
       








Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari



Yangiliklar

Biz jinoyatchilikka qarshimiz

2017-02-07 / 18:04

“Avtotransport” fakultetining 2016/2017 o‘quv yili ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida Joriy yilning 7 fevral kuni soat 12:00 da Jizzax politexnika instituti “Avtotransport” fakulteti yoshlar o‘rtasida xuquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida “Biz jinoyatchilikka qarshimiz” mavzusida majlisi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda institut rektori A.K.Usmankulov, prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, “Avtotransport” fakulteti talabalari va mexmonlardan, B.E.Berdialiev — Jizzax viloyati Ichki ishlar boshkarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, tergov boshqarmasi boshlig‘i, A.I.Tilabov — Jizzax viloyati Ichki ishlar boshkarmasi katta tergovchisi, U.N.SHaripov — Jizzax shaxar Ichki ishlar bulimi boshligi urinbosari, tergov bulimi boshlig‘i, U.U.Yuldoshev — Jizzax shaxar ichki ishlar bulimi xuquqbuzarliklarni oldini olish bulimi boshligi, Jizzax shaxar ichki ishlar bulimi xuquqbuzarliklarni oldini olish bulimi voyaga etmaganlar urtasida nazoratsizlik va xukukbuzarliklarni profilaktikasi guruxi katta inspektori I.G.Ubaydullaev xamda “Kamolot”YOIH viloyat kengashi raisi o‘rinbosari N.Xolmatovlar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishni institut rektori A.K.Usmankulov kirish so‘zi bilan ochdi. U o‘z so‘zida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish dolzarb masala ekanligi, bunday salbiy illatlarning oldini olishda barchamiz faol bo‘lishimiz kerakligi to‘g‘risida o‘z fikrlarini aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng, so‘z Jizzax viloyati Ichki ishlar boshkarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik B.E.Berdialievga berildi. U o‘z so‘zida hozirgi kunda Respublikamizda va butun dunyoda asr vabosi deya nom olgan giyohvandlik balosining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib boritilayotganligi, giyohvandlik natijasida inson hayotida ro‘y beradigan salbiy oqibatlar, shuningdek, hozirgi kunda bu salbiy illat natijasida dunyoda minglab nogiron bolalar dunyoga kelayotganligi haqida o‘z ma'ruzasida ma'lumotlar berib o‘tdi.

O‘tgan 2016 yil statistikasiga ko‘ra Jizzax viloyatida 2585 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa shundan 828 tasi yoshlar tomonidan sodir etilganligi ayanchli hlo ekanligini aytib o‘tdi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida inson salomatligini saqlash, mustahkamlash va muhofazalashga katta e'tibor berilmoqda. Mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikka qaramasdan, yoshlar orasida zararli hisoblangan psixoaktiv moddalarni (narkotik va spirtli ichimlik, nos, tamaki, nasha) iste'mol qilish holati kuzatilib turilayotganligi, jinoyatchilik va huquqbuzarlikning ko‘payib borayotganligi tashvishga solayotganligi, Oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari hamda talabalari atrofimizdagi voqealarning asl moxiyatini xalqimizga, ayniqsa, yoshlarimizga to‘g‘ri tushuntirishda alohida rol o‘ynashlari davrimizning eng dolzarb vazifalardandir. O‘z uyimizni o‘zimiz saqlashga barchamiz mas'ulmiz”.-dedi. U ushbu masala yuzasidan yurtimizda jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish uchun amalga oshirilayotgan ishlar haqida, talabalar o‘rtasida yuz berishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni oldini olish uchun nimalar qilishimiz kerakligi haqida so‘z yuritdi va talabalarni bunday jinoyatlardan uzoq yurishga, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga chaqirdi.

Yig‘ilishga taklif etilgan barcha mutaxassislar jinoyatchilikning oldini olish maqsadida tushunchalar berib, viloyatimizda istiqomat qiluvchilar orasida ham jinoyatga bilib-bilmay qo‘l urganlar bor ekanligi haqida misollar keltirishdi.

Ular talabalarning maqsadi oliygohdan etarli bilim olib, kelajakda komil insonlar bo‘lib etishishlariga ishonch bildirishdi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar isbot, dalillar bilan javob berishdi.

Shuningdek: Jizzax shaxar Ichki ishlar bulimi boshligi urinbosari, tergov bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik O‘.N.SHaripov yig‘ilish ishtirokchilariga viloyat hududida voyaga etmaganlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatlar to‘g‘risida ma'ruza qildi. SHuningdek bugungi kunda ko‘pchilik yoshlar bilib bilmay internet taqiqlangan Web saytlarga kirib, turli xil O‘zbekiston Musulmonlar idorasi tomonidan tavsiya etilmagan ma'ruzalar, yod g‘oyalar va shunga o‘xshash turli xil buzg‘unchi g‘oyalar aks etgan video va audio materiallar yuklab olib tarqatilayotganligi ma'lum bo‘lganligi haqida aytib o‘tdi.
Bunday hatti harakatlar uchun yoshidan va ijtimoiy kelib chiqishidan qatiy nazar, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslardagi tegishli moddalar bilan jazolanishi haqida ma'lumotlar berib o‘tdi.

Jizzax shaxar ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘limi voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarni profilaktikasi guruhi katta inspektori mayor I.G.Ubaydullaev o‘zining nutqida tungi vaqtlarda talaba yoshlarning bemaqsad yurishlarining natijasida turli salbiy oqibatlarga olib kelishi haqida fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi. YOshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish bugungi kun asr vabosi bo‘lmish OITS to‘g‘risida ham asosli ma'lumotlarni aytib o‘tdi.

SHundan so‘ng yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga asoslangan javoblar berildi.

O‘zbekiston teleradiokompaniyasi tomonidan suratga olingan “Tafakkur ehtiyoji” nomli hujjatli film namoyish etildi.

Tadbirdan lavhalar

"Avtotransport" fakulteti ma'naviy ma'rifiy
ishlar bo‘yicha dekan muovini:

O'qildi: 233 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi: