UZ | RU | EN    

1 2
 
«August 2018»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Giyoxvandlik umr zavoli

2017-02-06 / 17:52

Jizzax politexnika institutining majlislar zalida “Sanoat texnologiyasi” fakulteti tomonidan 2017 yil 6 fevral kuni Odam savdosi va jinoyatchilik, yoshlarni internet orqali turli salbiy oqibatlar, informatsion xurujlar ta'siridan ximoya qilish, tinchligimiz va osoyishtaligimizga rahna soluvchi diniy-ekstremistik oqimlarga qarshi immunitetni yanada oshirish maqsadida “Giyoxvandlik umr zavoli” mavzusida davra suxbati o‘tkazildi.

Yig‘ilishni Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektor N.Alimov kirish so‘zi bilan ochdi. U o‘z so‘zida Jizzax Politexnika institutida ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, diniy aqidaparastlik va missionerlikning oldini olish borasidagi ishlarning samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar ko‘pgina ishlar amalga oshirilganligidan xabaringiz bor. Bugungi tadbir ham ushbu masalaga qaratilgandir. Jumladan, Murabbiylik soatlari va Ma'naviyat kunlarida talabalar orasida diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar, imom-xatiblar, mahalla posbonlari, uchastka nozirlari bilan diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmning g‘ayriinsoniy va ma'rifiy islomga zid mohiyatini fosh etishga bag‘ishlangan seminar mashg‘ulotlari tashkil etilib kelmoqda.

Hozirgi davrda "Odam savdosi va jinoyatchilik" muammosi eng dolzarb muammolardan biri. Sir emaski, bugungi kunda yurtdoshlarimiz o‘z yurtdoshlarini qul qilib sotishmoqda. YUrtdoshlarimiz orasidan shunday qabih ishga qo‘l urganlarning mavjudligi biz uchun juda uyat. Ayniqsa, bunday savdo bizning Jizzax viloyati, Jizzax shahri aholisi orasida ham ko‘zga tashlanishi barchamizni tashvishlantirmoqda. Odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilarga yoshlarning bilib-bilmay ergashib ketishi, bu hali yoshlarimiz ongiga huquqiy tarbiyani etib bormayotganligidan dalolat beradi. Qadrli talabalar, men sizlarni bunday ishga qo‘l urmasliklaringizga, bilib-bilmay aldanmasliklaringizga ishonaman.

Shundan so‘ng so‘zni O‘zbekiston musulmonlar idorasi Jizzax viloyati Jizzax shahri “Usmonxoji” jome masjidi imom xatibi Anvarjon G‘oipovga so‘z berildi.

U o‘z so‘zida Af'yun-zarari zehnga ta'sir etishi, ham iqtisodiy ham ijtimoiy zarar keltirishi haqida gapirib o‘tdi. U o‘z so‘zida: Aql-tajribaga muhtoj bo‘ladi, ilm va ustoz bilan chambarchas bog‘liqligini aytib o‘tdi va bir voqeani misol qilib aytdi. Bir ona o‘z bolasini ham jismonan, ham ruhanzararlanganligini, oiladagi ziddiyatli muammolar kelib chiqishidan shikoyat qiladi. SHunda bolani tekshiruvdan o‘tkazgan paytda uni giyohvandlikka aralashib qolganini va psixotrop moddalarni qabul qilishini bilib qoladi. SHuningdek, imom xatibi Quddus A'zamov ko‘rsatuvidan misollar keltirdi. SHu ko‘rsatuvda akademiklar so‘zga chiqib, jamiyatdagi nuqsonlarni ochib berganligi, rivojlanishimiz faqat ilm bilan bog‘liq ekanligi haqida so‘z yuritganligini aytib o‘tdi.

“Eshitdim-unutdim”; “bajardim-bildim” degan ta'limiy-tarbiyaviy so‘zlari bilan barcha talabalarni o‘ziga jalb qildi. So‘zining oxirida talabalarga giyohvandlik yo‘liga kirmaslikni, faqat ilm bilan mashg‘ul bo‘lishlarini da'vat etdi.

Undan keyingi so‘zni N.Alimov Jizzax viloyat narkologiya dispanseri vrachi Adxam Ropijonovga berdi. O‘z so‘zida A.Ropijonov giyohvandlik haqida so‘z yuritdi, uning kelib chiqish yo‘llari, oqibatlar, davolash choralari haqida so‘z yuritdi. Asosiy sabab oiladagi noto‘g‘ri tarbiya, salbiy kelishmovchiliklar, tajribada o‘zida sinab ko‘rish va boshqa kabi oqibatlarni aytib o‘tdi. Bu holat asosan ota-ona va bola o‘rtasidagi vaziyatdan kelib chiqadi, farzand giyohvandlik yo‘liga kirib ketishi, Internet ma'lumotlari orqali shu yo‘lga kirib ketishi asosiy sababchi bo‘lishi mumkin.

Giyoxvandik – bizning jamiyatimizda muhim muammo bo‘lib, psixoaktiv moddalarni iste'mol qilishga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni faol ravishda olib borishni talab qiladi. Buning uchun

- bolalar va yoshlar orasida giyoxvand moddalarga bo‘lgan talabni va ularning taraqalishining oldini olish;
- psixoaktiv moddalar (PAM)ni iste'mol qilishning tibbiy, ijtimoiy oqibatlari – yuqumli gepatit VICH infeksiya, tanosil kasalliklari, ruxiy nuqsonlar, o‘z joniga qasd qilishlar (suitsidlar), oilalarning buzilishi, bolalar va yoshlar orasidagi jinoyatchilikni kamaytirish;
- xalq ommasi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot va tashviqot qilish kerakligi xaqida aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng “Zulmatga yo‘l” nomli xujjatli film namoyish etildi.

Film tugagandan so‘ng “Kamolot” YOIX viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari F.Qobilov so‘zga chiqib, giyohvandlikka qarshi kurash ayniqsa hozirgi kunlarda dolzarb muammoga aylanib qolganligini, davlat idoralari, tegishli mutaxassislar bilan maslahatlashmasdan to‘g‘ri kelgan odamning yolg‘on va'dalariga kirib, aldanib qolayotganlar soni ko‘pchilikni tashkil qilayotganligini aytdi. Ushbu mavzu dolzarb bo‘lganligi uchun ham bugun institutimizda yoshlar ongiga ushbu masalani singdirish, ularni qullikka bilib-bilmasdan rozi bo‘lishlarini oldini olish maqsadida institutimizda davra suhbati o‘tkazishni lozim deb topganligini aytib o‘tdi.

So‘zni oxirida N.Alimov izlaganga imkon borligi, yoshlarning taqdiri shaxsan Prezidentimiz e'tiborida ekanligi, ular uchun barcha sharoitlar yaratilayotganligi, aldovlarga ishonib, qul bo‘lib sarson-sargardonlikda yurganlar haqida to‘lqinlanib gapirib, ushbu film namoyishi o‘z tengqurlari va o‘zi katta taassurotlar qoldirganligini alohida-alohida fikrlar bilan gapirib, deya o‘z so‘zini yakunladi.

“Sanoat texnologiyalari” fakulteti
MMI dekan muovini:
Nurullaev U.

O'qildi: 520 | Reyting: 369677.18 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram