UZ | RU | EN    

1 2
 
«Oktyabr 2018»
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
       








Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari



Yangiliklar

Ayol baxtli bolsa-jamiyat baxtli boladi

2017-02-04 / 17:59

Ona to‘g‘risida, uning farzandi to‘g‘risida     g‘amxo‘rlik qilish davlatimizning muqaddas   burchidir
Islom Karimov

Jizzax politexnika instituti Jizzax shahar xotin-qizlar qo‘mitasi, institut Xotin-qizlar qo‘mitasi, Jizzax shahar reproduktiv salomatlik markazi, FHDYO xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 1 avgustdagi “2014-2018 yillarda O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasidagi Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2221-sonli qarorlarining mazmun-mohiyatini institut talaba qizlari orasida targ‘ib qilish maqsadida “Ayol baxtli bo‘lsa-jamiyat baxtli bo‘ladi”, “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari”, “Jamoada xotin-qizlar haq-huquqlarini ta'minlash va himoya qilish”, mavzularidagi davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut xotin qizlar qo‘mitasi raisi B.Tursunova, “Ma'naviyat va ma'rifat” bo‘limi boshlig‘i B.Rashidova, Jizzax shahar ichki ishlar bo‘limi voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi katta inspektori kapitani S.Xolmirzaeva, FXDYO bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari F.Qosimova, Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari-Respublika aholi reproduktiv salomatlik markazi Jizzax filiali terapevti F.Qodirova, “Binolar va MII” fakultetining Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini G.Dadaeva, ayol-o‘qituvchilar va 120 ta qiz-talabalar ishtirok etishdi.

Kirish so‘ziniinstitut Xotin- qizlar qo‘mitasi raisi B.Tursunova ochib berdi. U o‘z so‘zida qizlarning odob-axloqi, kiyinish madaniyati, o‘qish davrida o‘zini tuta bilishi haqida so‘z yuritdi va keyingi so‘z navbatiniJizzax shahar ichki ishlar bo‘limi voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi katta inspektori kapitani S.Xolmirzaevaga berdi.

U o‘z so‘zida qizlarning odob-axloqi, nikox, oila va oila burchlari haqida, turmush qurish haqida so‘z yuritdi.

Undan keyingi so‘zniXotin-qizlar qo‘mitasi raisi B.TursunovaFXDYObo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari F.Qosimovaga berdi. U o‘z so‘zida “Ayol baxtli bo‘lsa-jamiyat baxtli bo‘ladi” degan ma'ruzalari bilan barcha xotin-qizlarni o‘ziga jalb etdi.

“Nikoh”, nikox yoshi, oila va nikox-diniy qoidalarga asoslangan bo‘lib, axloqiy va poklikni talab etadi deb fikrlarini bayon etdi. YAqin qarindoshlar, turmush tarzi haqida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng, barchani o‘ziga mahliyo etgan qiziqarli ma'ruzalari va baxs-munozaralari bilan “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari-Respublika aholi reproduktiv salomatlik markazi” Jizzax filiali terapevti Feruza Qodirovaga so‘z navbati berildi. U o‘zini qiziqarli munozarasida “YOsh turmush qurish va bolalik bo‘lish xavflari va asoratlari” degan mavzuda ma'ruzani tushuntirib berdi. Erta homiladorlikning asoratlari, sog‘liqning keskin yomonlashuvi, xomiladorlik paytida asoratlari, tug‘ruq paytida tuqqan ayol va chaqaloqning  o‘limi; vaqtidan oldingi tug‘ruq;kamqonlik;gestoz (shishlar, A/B oshishi),yoshturmush qurish, bu holdagi turmush er-xotinlarning yoshi 15 dan 18 yoshgacha bo‘ladi, statistika buyicha bunday turmushlar ko‘pincha birinchi 2-3 yilligida ajralish bilan tugallanadi, ba'zi bir mamlakatlarda qiz bolalarning yarmisi 18 yoshgacha turmush qurib bo‘lishgan, buning sabablari: erta homiladorlik;milliy urf-odatlari;kambag‘allidir deb aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng, “Kimyo texnologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Matchonoaa so‘zga chiqib, Oila-muqaddas qo‘rg‘on, er-xotin, qaynona-kelin o‘rtasidagi ziddiyatlarni kelib chiqish haqida so‘z yuritdi. Tadbirning oxirida talabalar bilan qizg‘in ravishda savol-javoblar o‘tkazildi.

Tadbirdan lavhalar

“Binolar va MII” fakultetining
ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha
dekan muovini:
G.S.Dadaeva

O'qildi: 482 | Reyting: 383268.35 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi: