UZ | RU | EN    

1 2
 
«May 2018»
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

ijtimoiy-manaviy muhitni yanada soglomlashtirish, diniy aqidaparastlik va missionerlikning oldini olish borasidagi ishlarning samaradorligini yanada oshirish

2017-02-03 / 16:28

Jizzax Politexnika institutining konferinsiya zalida 2017 yil 3 fevralda Bino va MII” fakulteti tomonidan ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, diniy aqidaparastlik va missionerlikning oldini olish borasidagi ishlarning samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan chora- tadbirlar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Qatnashganlar: Institut ma'naviy-ma'rifiy ishlar prorektori Normurod Alimov, Jizzax shaxar “Usmon xoji” jo'me masjidi imom-xatibi G‘oyipov Anvar qori, Jizzax shaxar IIB qoshidagi “Terrorizmga qarshi kurash va jinoyatchilikning oldini olish” bo‘limi boshlig‘i, militsiya mayori Ma'ruf Xolmatov, Jizzax viloyat IIV “Xorijga chiqish va kirish, fuqarolikni rasmiylashtirish” bo‘limi inspektori, leytenant Umidaxon Egamova, “Informatsion texnologiyalar” kafedrasi mudiri S.Tavboev, “Informatsion texnologiyalar” kafedraga tegishli bo‘lgan 235-236-239-241-242-250-252-16 va 133-15 guruxlar talabalari va gurux murabbiylari qatnashishdi.  

Yig‘ilishda quyidagi masalalar ko‘rildi.

  1. “Diniy ekstremizm va fundamentalizm-jaholat manbai” mavzusida diniy idoralar xodimlari ishtirokida davra suhbati
  2. “Terrorizm – jaxondagi tinchlik, barkarorlik va tarakkiyotning dushmani” mavzusida IIB xodimlari ishtirokida ma'ruzalar.
  3. “Zulmatga yo‘l” nomli videofilm taqdimoti

Eshitildi: Yig‘ilishni “Informatsion texnologiyalar” kafedrasi mudiri S.Tavboev kirish so‘zi bilan ochdi. S. Tavboev o‘z so‘zida institutda amalga oshirilayotgan ma'naviy va ma'rifiy ishlarning asosiy mazmun mohiyati, institut jamoasi va talabalarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ongi va qalbiga Vatan tuyg‘usi, insonparvarlik, mehnatsevarlik, jamiyatga fidoiy insonlar bo‘lib etishish tuyg‘ularini shakllantirish uchun yo‘naltirilganligi haqida so‘z yuritdi. Ushbu tadbirning mazmun mohiyati ham yuqoridagi tadbirlardan biri ekanligi, Ushbu tadbirni tashkil etishda bizga viloyat ichki ishlar idorasi, diniy idora xodimlari yaqindan yordam berib kelayotganligini ta'kidlab o‘tishimiz lozim dedi.

 Eshitildi: So‘zga chiqgan Jizzax shaxar “Usmon xoji” jo'me masjidi imom-xatibi G‘oyipov Anvar qori o‘z so‘zida Muqaddas islom dinimizda ilm olish ibodatdan afzaldir. deyilgan. SHu bilan birga "Agar ilm CHin-mochinda bo‘lsa ham, borib uni o‘rganingiz" degan so‘zlar bor. Biz Vatanimizning kelajagi siz yoshlar ekanligini bilamiz. Vatanimizning obodligi, ozodligi, kelajagi sizlar bilan. SHuning uchun sizlar ilm olishingiz, Vatanimizni asrab avaylashingiz lozim bo‘ladi. Vatan tuyg‘usini biz ayniqsa, haj safariga borganimizda aniq his etamiz. Sababi hajga borgan hojilarimiz Haj amallarini bajarib bo‘lganlaridan so‘ng qachon yurtga qaytamiz deb qayta-qayta so‘raydilar. Ko‘rdingizmi, Vatan tuyg‘usi, sog‘inchi qanchalar buyuk. CHet ellarda bo‘lganimizda chet ellardagi yurtdoshlarimiz bizga bir hovuch vatan tuprog‘ini olib kelmadingizmi deb so‘raydilar. Biz shu Vatan tuprog‘ini ko‘zimizga to‘tiyo qilishimiz kerak" deb takrorlab o‘tdilar.

Eshitildi:  So‘zga chiqgan Jizzax shaxar IIB qoshidagi “Terrorizmga qarshi kurash va jinoyatchilikning oldini olish” bo‘limi boshlig‘i, militsiya mayori Ma'ruf Xolmatov, Jizzax viloyat IIV “Xorijga chiqish va kirish, fuqarolikni rasmiylashtirish” bo‘limi inspektori, leytenant Umidaxon Egamovalar o‘z so‘zlarida “Terrorizm balosi qadimdan mavjud. Terrorchilar turli sabablar va vaziyatlar oqibatida, asosan nafs tufayli va hokimiyat ilinjida bosh ko‘taradi. Ularning barchasi uchun xos bo‘lgan xususiyat - o‘z maqsadlariga odamlarni daxshadga solish, qo‘rqitish orqali etishga urinish. Buning uchun ular shunday usul va vositalardan foydalanadilarki, natijada muayyan hollarda ko‘zlangan maqsadga erishadilar ham. Aks xolda bu illat jamiyatda bunchalik uzoq yashamagan bo‘lar edi.

Terrorchilarning eng yaqin ko‘makchisi odamlarga qo‘rquv va vaxima tuyg‘usi. Odamlardagi mana shu tuyg‘udan terrorchilar minglab yillardan buyon foydalanib keladilar. Odamlar ulardan va ularning dag‘dag‘asidan qanchalik qo‘rqishsa, vaximaga tushsa ular o‘z maqsadlariga shunchalik tez etishadi. SHuning uchun terrorchilik yuz berganda vaximaga tushgan odam terrorchining quliga aylanadi"
Qadimgi terrorchilar kichik-kichik guruh bo‘lib faoliyat yuritishgan. YAqin vaqtlargacha mavjud bo‘lgan yo‘lto‘sar va qaroqchilarning ham asosiy maqsadi boylik orttirish, qullar va kanizaklarni ko‘paytirish bo‘lgan. Ba'zan terrorchi davlatlar ham uchrab turadi. Masalan, hashshoshiylar davlati yaqin-atrofdagilarga daxshat solib boylik to‘plar, shu yo‘l bilan tirikchilik o‘tkazardi. Lekin bunday davlatlar soni ko‘p emasdi. Ularningg faoliyati muayyan mintaqa, nari borsa 2-3 davlat xududidan chetga chiqmasdi.

Bugun terrorizm bir xalq, bir mamlakat, bir xudud muammosi bo‘lib qolmay balki u umumjaxon razolatiga aylangan. "Barcha uchun katta taxdid solayotgan terrorizm insoniyatning dushmani xaqida, uning yovuz niyatlari va kerak bo‘lsa basharasini yaqindan bilishimiz lozim shunda u bilan kurashish, terrorizm oqibatlarigni muxokama qilib o‘tirmasdan uning oldini olish oson bo‘ladi. Xozirgi kunda dunyoning yuzdan ortiq dalatlari terrorchi buzg‘unchi to‘dalarning mahv etilishiga xayrixoxlik bildirayotgan va olib borilayotgan aksilterror amaliyotini terrorchilarning qilmishiga yarasha adolatli jazo deb xisoblayotgan sharoitda ular butun dunyoga qarshi urush e'lon qilmoqdalar. SHuning uchun terrorizm balosiga chek qo‘yishga qaratilgan bunday umumdunyo yakdilligi bugungi xalqaro xamjamiyat faoliyatining bosh yo‘nalishiga va xalqaro xayotni muvofiqlashtiruvchi eng nufuzli tashkilotlarning xaqiqiy tashvishiga aylandi. SHuning uchun xam talaba yoshlar ildiz otib ketgan terrorizm kasalidan butun dunyo bo‘lib birgalikda kurashmog‘i, unga barxam bermog‘i zarurligini tushunishi lozim.

Islom dinining insonparvar din ekanligi, bu dinda ma'rifatga, ezgulikka, insonlarni avaylab asrashga, ota-onaga hurmat, kichikka izzat haqida so‘z yuritadi. Insonlarning yaxshiligi, ularning ibrati, yaxshilikning o‘lmasligi, shu bilan birga yomonlik esa, hamisha insonlarni qadrsizlanishiga, adovat esa adolatning buzilishiga, tinchlik - osoyishtalikning buzilishiga olib keladi.

Shundan so‘ng yig‘ilish so‘nggida savol javoblar bo‘lib o‘tdi. o‘qituvchi hamda talabalar tomonidan tushgan va berilgan savollarga etarli va to‘liq javoblar qaytarildi.

Shundan so‘ng “Zulmatga yo‘l” nomli videofilm taqdimoti talaba yoshlarga qo‘yib berildi.

Yig‘ilish mazmunli, munozarali va qizg‘in tarzda o‘tdi.

Yig‘ilish raisi:
dots. Tavboev S.A.

Yig‘ilish kotibi:
Hasanov U.J.

O'qildi: 155 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting