UZ | RU | EN    

1 2
 
«May 2018»
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Ozbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abduganievich Karimov tavallud topgan kun

2017-01-30 / 17:25

2017 yil 27 yanvar kuni “Sanoat texnologiyalari” fakulteti institutning majlislar zalida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 12 yanvardagi 3-sonli bayoni hamda oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirliging 2017 yil 19 yanvardagi 22 - sonli buyrug‘iga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi Islom Abdug‘anievich Karimovning Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligiga qo‘shgan ulkan hissasi, u kishining sermazmun hayoti va faoliyatining yosh avlod tarbiyasida tutgan o‘rni va ahamiyatini inobatga olib, buyuk davlat va siyosat arbobi tavallud topgan kun - 30 yanvar sanasini munosib nishonlash maqsadida xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni institutning ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i B.Rashidova ochib berdi. U o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov tavallud topgan kun - 30 yanvar sanasini munosib nishonlash borasida qisqacha ma'ruza o‘qib, barcha professor-o‘qituvchilar va talabalarga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi Islom Abdug‘anievich Karimovning Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligiga qo‘shgan ulkan hissasi, u kishining sermazmun hayoti va faoliyatining yosh avlod tarbiyasida tutgan o‘rni to‘g‘risida ma'lumotlar berdi.

Shundan so‘ng so‘z navbati “O‘zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar” kafedrasi asisstenti Xoshim Xidirovga berildi.

U so‘zida mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat siyosat arbobi, o‘zbek halqining ulug‘ va ardoqli farzandi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov Vatanimizni mustabid tuzim qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan yurtimizni qayta tikladi. Buyuk Yo‘lboshchimiz g‘oyat qaltis va tahlikali bir vaziyatda og‘ir qiyinchiliklar va sinovlarga qaramay, tarixan qisqa davrda O‘zbekistonni jadal va barqaror sur'atlar bilan rivojlanayotgan zamonoviy demokratik davlatga aylantirdi.

Islom Abdug‘anievich Karimov o‘zining serqirra siyosiy faoliyati, oliyjanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko‘p asrlik tarixidan o‘chmas iz qoldirdi. U nafaqat O‘zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obro‘-e'tiborga sazovor bo‘lgan ulkan shaxs va arbob sifatida taniladi deb o‘z so‘zini tugatdi.

Shundan so‘ng tadbir qatnashchilariga “O‘zbekkino milliy agentligi” tomonidan sur'atga olingan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi Islom Abdug‘anievich Karimovning faoliyatiga bag‘ishlangan “E'zoz” nomli xajjatli film namoyish etildi.

Tadbirdan lavhalar

“Sanoat texnologiyalari” fakulteti
MMI bo‘yicha dekan muovini:
U.Nurullaev

O'qildi: 127 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting