UZ | RU | EN    

1 2
 
«August 2018»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Ozbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abduganievich Karimov tavallud topgan kun

2017-01-27 / 17:12

2017 yil 12 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov tavallud topgan kun – 30 yanvar sanasini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” gi 3-sonli bayoniga asosan joriy yilning 27 yanvar kuni institut konferensiya zalida 160 nafar talaba va 16 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirokida ma'naviy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirdan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti, O‘zbekiston davlatining asoschisi Islom Abdug‘anievich Karimovning Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligiga qo‘shgan ulkan xissasi, u kishining sermazmun hayoti va faoliyatining talaba yoshlar tarbiyasida tutgan o‘rni va axamiyatini inobatga olib, buyuk davlat va siyosat arbobi tavallud topgan kun – 30 yanvar sanasini munosib nishonlashdir.

Ushbu tadbirni institut ma'naviyat va ma'rifat ishlar bo‘yicha prorektor N.Alimov kirish so‘zi bilan ochib, u kishining mexnat faoliyati, yurtimiz iqtisodining rivojlanishidagi serqirra xayoti xaqida ma'lumot berdi.

Shundan so‘ng “O‘zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Xidirov Xoshim so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligiga qo‘shgan ulkan xissasi bo‘yicha to‘liq ma'lumot berib o‘tdi.

Ushbu ma'ruzadan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti, O‘zbekiston davlatining asoschisi Islom Abdug‘anievich Karimovning Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligiga qo‘shgan ulkan xissasi, u kishining sermazmun hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “E'zoz” filmi namoyish etildi.

Ushbu filmdan tadbir ishtirokchilari katta taassurotlar oldi.

Tadbir yakunida “Binolar va MII” fakulteti dekani v.b. dots. N.Asatov so‘zga chiqib, filmdan olgan taassurotlarini to‘lqinlanib gapirib, u insonning serqirra mehnat faoliyatidan ayrimlarini aytib o‘tdi. U o‘z so‘zida barcha talabalarni tinch va osuda yurtning qadriga etib, o‘qish jarayonida faqat fanlarning sir-asrorlarini puxtalik bilan egallashlariga, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha etuk kadr bo‘lishlariga undadi.

Tadbir mazmunli va qiziqarli bo‘lib o‘tdi.

Tadbirdan lavhalar

“Binolar va MII” fakulteti
ma'naviy-ma'rifiy ishlar
bo‘yicha dekan muovini
Mirzabekov M

O'qildi: 157 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram