UZ | RU | EN    

1 2
 
«Oktyabr 2018»
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
       








Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari



Yangiliklar

Yoshlarni internet orqali salbiy oqibatlar mavzusida davra suhbati

2017-01-26 / 18:25

“Avtotransport” fakultetining 2016/2017 o‘quv yili ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida joriy yilning 26 yanvar kuni soat 10:00 da Jizzax politexnika institutining majlislar zalida “Avtotransport” fakultetining “Yoshlarni internet orqali salbiy oqibatlar, informatsion hurujlar ta'siridan himoya qilish, tinchligimiz va osoyishtapligimizga rahna solovchi diniy-ekstremistik oqimlarga qarshi immunitetni yanada oshirish" mavzusida talabalar bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Yig‘ilishni Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektor N.Alimov kirish so‘zi bilan ochdi. U o‘z so‘zida institutda amalga oshirilayotgan ma'naviy va ma'rifiy ishlarning asosiy mazmun mohiyati, institut jamoasi va talabalarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ongi va qalbiga Vatan tuyg‘usi, insonparvarlik, mehnatsevarlik, jamiyatga fidoiy insonlar bo‘lib etishish tuyg‘ularini shakllantirish uchun yo‘naltirilganligi haqida so‘z yuritdi. Masalan halqaro terrorchi kuchlar, ekstremistik oqimlar, Internet kabi global axborot tizimi orqali buzg‘unchi g‘oyalarni bemalol targ‘ib etmoqda yoki zamonaviy qurollar, portlovchi moddalar yordamida dahshatli qo‘poruvchilik ishlarini amalga oshirmoqda, jamoat binolari, davlat ob'ektlari, transport vositalarini garovga olib, ming-minglab begunoh insonlarning umriga zomin bo‘lmoqda.

Shundan so‘ng so‘z O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Jizzax viloyat vakili o‘rinbosari A.Ataboevga berildi. U o‘z so‘zida quydagilarni bayon etdi. Respublikamiz mustaqillikga erishgandan keyin xalkimizning ma'naviy va madaniy merosiga, tarixiga, ona tilimizga munosabat tubdan ijobiy tomonga o‘zgardi. Bizning mamlakatimizda diniy qadriyatlarga erkinlik berildi. Muborak istiqlolimiz tufayli ko‘p yillar quvg‘inda bo‘lgan dinimiz yana ravnaq topa boshladi. Jumladan, siyosiy dunyoqarashlar erkinligi, xurfkirlilik, diniy tashkilotlar faoliyatining rivoj topishiga zamin yaratdi. Ro‘znomalar, oynomalar saxifalarida va televideniyada Islom dinini etuk vakillari o‘z maqolalari va suxbatlari bilan ishtirok etdilar. Mustaqil mamlakatimizda muqaddas qadamjolarni tiklashga alohida e'tibor bilan qaralmokda. Diniy ta'lim beruvchi madrasalar, oliy Islom bilimgoxi faoliyat ko‘rsatmokda. Xukumatimiz tomonidan yaratilgan shart – sharoitlarni to‘g‘ri tushunmay ayrim fuqarolarimiz ayniksa yoshlarimiz, dinni niqob qilib kiyib olib turli ekstremistik guruhlarga o‘zlari bilmagan xolda kirib qolmokda. Bunday kimsalarning diniy ta'limi umuman yo‘qligi ular bilan o‘tkazilgan suhbatlarda ma'lum bo‘lmoqda. Eng yomoni, dunyo miqyosida yuz berayotgan ana shunday talofat va fojealar, turli manfaatlar kurashi haqida xalqaro jamoatchilikka to‘g‘ri va haqqoniy axborot tarqatish o‘rniga, afsuski, ular nufuzli teleradio kanallar, axborot vositalari orqali ayrim hukmron kuchlar foydasiga ishlaydigan, ularning siyosiy maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qiladigan shaklda talqin etilayotgani ham rad etib bo‘lmaydigan haqiqatdir. Buning oqibatida kalavaning uchi battar chuvalashib, oqilona yo‘l bilan hal etilishi mumkin bo‘lgan kelishmovchilik va mojarolar ham ko‘pincha boshi berk ko‘chaga kirib qolayotganliklarini takidlab, talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berib o‘tdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari G‘.Sanaqulov so‘zga chiqib, Islom dinining insonparvar din ekanligi, bu dinda ma'rifatga, ezgulikka, insonlarni avaylab asrashga, ota-onaga hurmat, kichikka izzat haqida so‘z yuritdi. Ayniqsa, bugungi kunda hayotimizda uchrab turadigan hayotiy voqealardan misollar keltirdi. Insonlarning yaxshiligi, ularning ibrati, yaxshilikning o‘lmasligi, shu bilan birga yomonlik esa, hamisha insonlarni qadrsizlanishiga, adovat esa adolatning buzilishiga, tinchlik - osoyishtalikning buzilishiga olib kelishi haqida ibratomuz misollarni keltirib, yig‘ilish qatnashchilarini inson bu hayotga faqat ezgulik qilish uchun kelganligini, har birimiz shu yurtning farzandi ota-bobolarimiz meroslarini avaylab asrashlarini, iymonli-e'tiqodli bo‘lishlikka chaqirdi.Bundan tashqari talabalarga mobil telefondan maqsadli foydalanish qoidalari xaqida,mobil telefondan nojo‘ya foydalanib keraksiz saytlarga kirganlarga qanaqa ma'muriy va jinoiy javobgarliklar to‘g‘risida xam gapirib o‘tdi.

Shundan so‘ng Viloyat IIB hodimlari A.Karimov,N.O‘roqovlar so‘zga chiqib, yig‘ilish ishtirokchilariga, bugungi kunda keng tarqalgan ijtimoiy veb saytlarda bilib bilmay turli oqimlarga kirib ketayotganligi ayanchli ahvol ekanligini aytib o‘tishdi. YOshlarni turli oqimlarga kirishni xar xil usullar bilan olib borilmoqda. 2000 yildan 2017 yilgacha dunyoda 11.2% axoli internetdan ya'ni ijtimoiy saytlardan foydalanilayotgani bu bugungi kunda uch millard yuz ming nafar kishini tashkil qilar ekan, shundan 45% foiz yoshlarni,75% foiz burgunda sms xabarlardan,62% foiz xar xil ijtimoiy veb saytlarda, 41% elektron pochdan bir kunda foydalanilayotganini statistikada o‘rganilgan. O‘zbekiston Respublikasida bugungi kunda o‘n ikki million sakkiz yuz ming kishi turli xil ijtimoiy veb saytlarda foydalanilayotgani ma'lm bo‘lgan. Eng ko‘p internetda 14-55 yoshgacha “Odnoklassnik”, “Feysbuk”, “Moy mir” va “Tviter”lardan foydalanmoqdalar. “Odnoklassnikda” foydalanuvchilarning soni bir yuz etmish sakkiz milliondan ziyod foydalanuvchilar borligi xaqida aytib o‘tdilar. “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi asosida suratga olingan “Fitna” nomli film mazmun mohiyati haqida alohida gapirib o‘tdi. Bundan tashqari islom dinining insonparvar din ekanligi, bu dinda ma'rifatga, ezgulikka, insonlarni avaylab asrashga, ota-onaga hurmat, kichikka izzat haqida so‘z yuritdi. Ayniqsa, bugungi kunda hayotimizda uchrab turadigan hayotiy voqealardan misollar keltirdi. Insonlarning yaxshiligi, ularning ibrati, yaxshilikning o‘lmasligi, shu bilan birga yomonlik esa, hamisha insonlarni qadrsizlanishiga, adovat esa adolatning buzilishiga, tinchlik - osoyishtalikning buzilishiga olib kelishi haqida ibratomuz misollarni keltirib, yig‘ilish qatnashchilarini inson bu hayotga faqat ezgulik qilish uchun kelganligini, har birimiz shu yurtning farzandi ota-bobolarimiz meroslarini avaylab asrashlarini, iymonli-e'tiqodli bo‘lishlikka chaqirdi. Ogohlik so‘zining mazmun-mohiyati haqida, yoshlarning bugungi kunda jamoat joylarida o‘zini tutishi, qonunbuzarlik holatining kelib chiqishi, bugungi kunda yoshlar o‘rtasida uchrab turgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar haqida misollar keltirdi. Tinch va osoyishta vaziyatda institutda, talabalar o‘zlari istiqomat etadigan talabalar turar joyida, umuman institut hududida, hattoki har birimizning o‘z yashash xonadonlarimizda osoyishtalikni saqlash, o‘z ota-onalarimiz, farzandlarimiz, oilamiz, mahallamizda tinchlik osoyishtalikni saqlash uchun masuliyat his etishimiz hamda ushbu ishlarni amalga oshirishga hissa qo‘shish har birimizning burchimiz ekanligi haqida gapirdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Jizzax shahar IIB bo‘limi voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi katta inspektori S.Xolmirzaeva o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. U o‘z so‘zida YOshlarning bugungi kunda jamoat joylarida o‘zini tutishi, qonunbuzarlik holatining kelib chiqishi, bugungi kunda yoshlar o‘rtasida uchrab turgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar haqida misollar keltirdi. Tinch va osoyishta vaziyatda institutda, talabalar o‘zlari istiqomat etadigan talabalar turar joyida, umuman institut hududida, hattoki har birimizning o‘z yashash xonadonlarimizda osoyishtalikni saqlash, o‘z ota-onalarimiz, farzandlarimiz, oilamiz, mahallamizda tinchlik osoyishtalikni saqlash uchun masuliyat his etishimiz hamda ushbu ishlarni amalga oshirishga hissa qo‘shish har birimizning burchimiz ekanligi haqida gapirdi.Yig‘ilish so‘ngida “Fitna” filmi namoyish etildi.Yig‘ilishda professor-o‘qituvchi hamda talabalar tomonidan berilgan savollarga etarli va to‘liq javoblar qaytarildi. Yig‘ilish mazmunli, munozarali va qizg‘in tarzda o‘tdi.

Tadbirdan lavhalar

“Avtotransport” fakulteti ma'naviy ma'rifiy
ishlar bo‘yicha dekan muovini:
Irgashev X.N.

 

O'qildi: 157 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi: