UZ | RU | EN    

1 2 3
 
«Fevral 2018»
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728    
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Ustyurtga yol badiiy filmi namoyishi

2017-01-25 / 17:48

“Avtotransport” fakultetining 2016/2017 o‘quv yili yanvar oyida ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida Jizzax viloyat xokimligining 2016 yil 13 iyuldagi 01-1172 sonli xati ijrosini ta'minlash,yoshlarni yuksak ma'naviyatli insonlar qilib tarbiyalash, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish,yoshlar ongida vatanparvarlik fidoyilik tuyg‘ularini yuksaltirish maqsadi,  joriy yilning 24 yanvar kuni soat 14:00 -da Jizzax viloyat Y.Rajabiy nomli drama teatrida “Ustyurtga yo‘l” badiiy filmi namoyishi bo‘lib o‘tdi. “Avtotransport” fakulteti dekani N.I.Saidaxmedova, o‘quv ishlar bo‘yicha dekan muovini S.X.Qosimov,ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini X.N.Irgashev, “Kamolot” YOIX fakultet etakchisi A.X.Tursunov, fakultet murabbiylar kengashi raisi F.A.Aziztoeva, professor-o‘qituvchilar va guruh murabbiylari, talabalar ishtirok etishdi.

Film O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida "O‘zbekkino" milliy agentligi tomonidan "Qoraqalpoqfilm" kinostudiyasida suratga olingan. Ushbu filmda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanidagi Ustyurt gaz-kimyo majmuasi qurilishi jarayonlari haqida hikoya qilinadi. Oliy o‘quv yurtini tamomlagan iste'dodli mutaxassis Nodir bir guruh tengdoshlari bilan ana shu tarixiy qurilishda ishtirok etish uchun Ustyurtga yo‘l oladi. Ular murakkab tabiatli bu maskanda ishlash jarayonida jiddiy sinovlarni boshdan kechirsa-da, ortga chekinmaydi. Film Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati, Toshkent shahri va Janubiy Koreyaning Seul shahrida tasvirga olingan. Ssenariy mualliflari — Guliston Matyoqubova, Abduqayum Yo‘ldoshev, G‘ofir SHermuhammad. Sahnalashtiruvchi rejissyor — Abduvohid G‘aniev. Filmdagi asosiy rollarni Akbarxo‘ja Rasulov, Adiz Rajabov, SHahzoda Matchonova, Ko‘pjursin Allanazarov kabi aktyorlar ijro etgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Surg‘il  Ustyurt gaz-kimyo majmuasi xaqida qisqacha ma'lumot, umumiy qiymati 4 milliard dollarlik ushbu loyihaning amalga oshirilishi yiliga 4,5 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlash hisobidan 3,7 milliard kub metr gaz, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen, 102 ming tonna piroliz distillyati va boshqa qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi. Qurilishi 2012 yilda boshlangan Ustyurt gaz-kimyo majmuasida gazni taqsimlaydigan, etilen, polietilen, polipropilen ishlab chiqaradigan va energiya manbalari bilan ta'minlaydigan jami beshta zavod, shuningdek, zamonaviy infratuzilma ob'ektlari barpo etilgan. Ular dunyodagi eng zamonaviy yuqori texnologiyalar bilan ta'minlangan, eng so‘nggi rusumdagi uskunalar o‘rnatilgan. Majmuada 1300 ga yaqin mutaxassis faoliyat ko‘rsatmoqda. Polietilen va polipropilen qator xorijiy davlatlarga eksport qilinmoqda. SHu kunga qadar qariyb 150 million dollarlik 186 ming tonnadan ortiq polietilen va polipropilen Markaziy va SHarqiy Osiyo, MDH va Evropa mamlakatlariga jo‘natildi. Ma'lumotlarga ko‘ra, 2020 yilga borib polietilen ishlab chiqarish hajmi 4,1 barobar oshadi. Ushbu film barchaga manzur bo‘ldi.

“Avtotransport” fakulteti ma'niviy ma'rifiy
ishlar bo‘yicha dekan muovini:
Irgashev X.N.

O'qildi: 139 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting