UZ | RU | EN    

1 2
 
«May 2018»
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Ozbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abduganievich Karimov tavallud topgan kun

2017-01-23 / 09:33

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 12 yanvardagi EDO-08/1-917-sonli yig‘ilish bayoni hamda Jizzax viloyat hokimligining 2017 yil 20 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov tavallud topgan kun — 30 yanvar sanasini nishonlash to‘g‘risida”gi 01-99 sonli xati ijrosini ta'minlash maqsadida, Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilar va “Avtotransport”, “Bino va muhandislik inshoatlari injiniringi” va “Sanoat texnologiyalari” fakultetning talaba yoshlar bilan birgalikda Samarqand shahriga hamda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov qabriga ziyoratga borishdi.

Joriy yilning 22 yanvar kuni Jizzax politexnika institutining va fakultetlarning 2016/2017 o‘quv yili yanvar oyida ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida, Jizzax politexnika instituti prorektori N.N.Alimov, ma'nafiyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i B.Y.Rashidova, “Avtotransport” fakulteti ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini X.N.Irgashev, “Bino va muhandislik inshoatlari injiniringi”fakulteti ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini M.S.Mirzabekov va “Sanoat texnologiyalari” fakulteti ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini U.A.Nurullaev, instituning “Kamolot” YOIH etakchisi R.A.Raxmonov, professor-o‘qituvchilar, talabalar va Jizzax shaxar televidiniyasi bilan birgalikda erta tongda Jizzax politexnika instiuti oldidan Samarqand shahriga yo‘l olindi. Institutning “O‘zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi X.Xidirov talaba yoshlarga Jizzax viloyati tarixi va qadimiy obidalar to‘g‘risida ma'lumotlar berdi. Ilk yo‘nalish Samarqand viloyati Jomboy tumani Xartang qishlog‘idagi Imom al-Buxoriy ziyoratgohidan boshlandi. Professor-o‘qituvchilarga Jizzax politexnika institutining ma'nafiyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i B.Y.Rashidova va “O‘zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi X.Xidirovlar ziyoratgoh tarixi va uning jaxondagi o‘rni xaqida quyidagilarni aytib o‘tdilar:

Samarqand viloyati Xartang qishlog‘idagi Imom Buxoriy ziyoratgohi dastlab uch binodan – maqbara, masjid va chillaxonadan iborat edi. Maqbaraga XX asrning 60-yillari oxiri – 70-yillari boshida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari idorasi tomonidan qabr toshi qo‘yilgan. 90-yillar avvalida esa qabr ustiga gumbazli ayvon qurilgan. 1998 yili Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov farmoyishiga muvofiq qisqa fursatda muhtasham yodgorlik majmuasi – Imom al-Buxoriy ziyoratgohi bunyod etildi. Hadis ilmida "Amirul al-mo‘miniyn" degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan Imom al-Buxoriyning to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mug‘iyra ibni Bardazbeh al-Juafiy al-Buxoriydir. U hijriy 194 yil shavvol oyining 13 kuni (milodiy 810 yil 20 iyul) Buxoro shahrida tavallud topgan.

Manbalarda ko‘rsatilishicha, u 10 yoshidan boshlab o‘z yurtidagi turli roviylardan eshitgan hadislarini, hadisshunos olimlarning to‘plamlarini mutolaa qilib, yod olgan. 825 yili 16 yashar Imom al-Buxoriy volidai muhtaramasi va inisi Ahmad bilan Makkai mukarramaga safar qilib, u erda 6 yil yashagan. O‘sha paytda ilm-fanning yirik markazlaridan hisoblangan Damashq, Qohira, Basra, Kufa va Bag‘dod shaharlarida bo‘lgan. U hayotining ko‘p qismini xorijiy mamlakatlarda musofirchilikda o‘tkazib, bir necha olimlardan ta'lim olgan. Imom Buxoriy xorijdan qaytgach, o‘z vatani Buxoroda ko‘plab shogirdlarga hadis ilmidan saboq bergan. Imom Buxoriy avlodlarga boy va qimmatli meros qoldirgan. U yozgan asarlarning soni 20dan ortiq. Ulardan "Al-Jome' as-Sahih", "Al-Adab al-Mufrad", "At-Tarix as-sag‘iyr" kabilar mashhurdir.Ziyoratgohda Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan birgalikda Qur'oni Karimdan duoi fotixa qilishdi va ziyorat amallarini bajarishdi.

Shundan so‘ng barcha Jizzax politexnika institut jamoasi Samarqanddagi Hazrati Hizr masjidiga O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning qabrini ziyorat qilishdi. Xaqiqatdan ham u erda ziyoratchilarni keti uzilmayotgani hamma uchun yana bir bor bu Vatanparvarlik hissini namoyon etdi. Hazrat Xizr masjidi ko‘xna Samarqandning eng mo‘tabar joylaridan bo‘lib, baland tepalikda joylashgan. Bu erdan muazzam shaharning tarixiy obidalari, shular qatorida Samarqandning yuragi bo‘lmish Registon maydonining moviy gumbaz va minoralari hamda Bibi Xonim masjidining go‘zal manzarasi namoyon bo‘ladi. Ushbu muqaddas ziyoratgoh Samarqandda bunyod etilgan birinchi masjid bo‘lib, VIII asrda Qutayba ibn Muslim rahnamoligida qurilgan.Masjid qadimda shahardan tashqarida, Kesh darvozasi yo‘li yoqasida joylashgan bo‘lib, ushbu darvozadan Buyuk ipak yuli bo‘ylab qatnovchi karvonlar shaharga kirib kelishgan. Aytishlaricha, aynan shu joyda masjidni barpo etishni Qutayba ibn Muslimga Hazrat Xizr buyurgan ekanlar. Hazrat Xizr Islom olamida va xalqimiz orasida alohida e'tibor va ixlos bilan tilga olinadigan mo‘tabar zotdir. U kishining payg‘ambar yoki avliyo ekanliklari haqida ixtilofli fikrlar bor. Ulamolar Qur'oni Karimning “Kahf” surasida “Allohning bandasi” deb tilga olingan shahsni Hazrat Xizr deb talqin qiladilar. Ushbu surada Hazrat Xizrni Muso alayhisalom bilan bo‘lgan uchrashuvlari qissasi bayon qilinadi. Bu qissada Alloh Muso alayhisalomga “Har bir biluvchining ustidan biluvchiroq bordir” degan xabarni berib, Musoga ulardan ko‘ra ilmliroq odam borligi va u kishidan ba'zi bir narsalarni o‘rganish zarurligini xabar beradi. Muso alayhisalomga ustoz bo‘lgan zot Kur'oni Karimda Xizr deb atalmagan, balki “solix banda” deb atalgan. Shu oyatlarni tafsirida Imom Buxoriy keltirgan rivoyatda solix bandani “Xizr” deb ataladi.

Hazrat Xizr nomlari bilan bog‘liq juda ko‘p rivoyatlar mavjud. Xususan, ko‘pchilik ularni barhayot ekanlar deb fikr yuritadi. Ammo ko‘pgina katta ulamolar bu fikrga qo‘shilmaydilar. Islom olamida katta xurmatga ega bo‘lgan SHayx Muhammad Sodiq Muhammad YUsuf Hazrat Xizr Qiyomatgacha boqiy qolishlari mumkin emasliklariga Qur'oni Karimning “Anbiyo” surasining oyatini dalil qilib keltirganlar. Bu oyatda "Sendan oldin ham biror basharga abadiylikni qilganimiz yo‘q. Agar sen o‘lsang, ular abadiy qolar ekanlarmi?" deyiladi.SHuningdek, SHayh Hazratlari Hazrat Xizr nabiy bo‘lganliklariga oid fikrni tarafdori bo‘lganlar. Xalq orasida shunday fikr ham borki, Hazrat Xizr vafot etganlar, lekin ularning ruhlari Allohning qudrati ila insonlarga ko‘rinadi va muhtojlarga yordam beradi. Xizr so‘zi "yashil" degan ma'noni anglatadi, va rivoyatlarga ko‘ra, u kishi qaerda istasalar, o‘sha erdan, hatto toshdan ham yam-yashil ko‘katlar unib chiqar, daraxtlar ko‘karib qolar ekan. Bir rivoyatda aytilishicha Hazrat Xizr xar bir insonga umri mobaynida uch marotaba ko‘rinadilar. Ko‘rishganda u kishini norozi, xafa qilmay yaxshi muomala bilan rozi qilgan kishini duo qilar ekanlar. Aytishlaricha, Hazrat Xizrni ko‘rganda ko‘pchilik ziyraklik ne'matidan bebahra bo‘lib, g‘aflatda qolib, ularni ko‘rganliklarini bilmay qolar ekan.XIII asr boshida Hazrat Hizr masjidi mo‘g‘illar istilosi mobaynida vayron qilinadi. Masjid 1854 yilda Buxoro Amiri Muzaffarxon buyrug‘i bilan Samarqandlik ustalar tomonidan eski poydevor ustiga qayta barpo etiladi. 1899 yilda uning peshayvon va darvozaxonalari quriladi. Mustaqillik davrlarida masjidni ta'mirlash bo‘yicha ishlar olib borilgan.

Masjid YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi ruyxatidagi obidalar qatoridan joy olgan. 2016 yilning 3 sentyabrida masjidning yonida O‘zbekistonRespublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov dafn etildilar.

Jizzax politexnika institutining ma'naviy ma'rifiy ishlar prorektori N.N.Alimov O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov qabriga gul qo‘yib, hurmat bajo keltirdi. Barcha ziyoratchilar Qu'roni Karim oyatlaridan o‘qib fotiha qilishdi va ziyorat amallarini bajarishdi.

Shuningdek Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar Registon majmuasiga va ko‘xna Samarqandning tarixiy va diqqatga sazovor joylarida bo‘lishdi. Barchada ushbu ziyorat yaxshi ta'surot qoldirdi va estalik uchun suratlarga tushdilar.

Foto lavhalar

"Avtotransport" fakulteti ma'naviy ma'rifiy
ishlar bo‘yicha dekan muovini:
Irgashev X.N.

"Bino va muhandislik inshoatlari injiniringi" fakulteti
ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini
M.S.Mirzabekov

"Sanoat texnologiyalari" fakulteti
ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini
U.A.Nurullaev

O'qildi: 153 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting