UZ | RU | EN    

1 2
 
«August 2018»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

"Binolar va muxandislik inshootlari injiniringi" fakulteti tomonidan o'tkazilgan Ota-onalar yig'ilishi

2017-01-19 / 19:12

Institut rektori A.K.Usmankulovning tashabbusi bilan 2017 yil 19 yanvar kuni "Binolar va muxandislik inshootlari injiniringi" fakultetining 1-kursdan 4-kursgacha talabalarining ota-onalari institutga taklif qilinib, har bir talabaning ota-onasi bilan guruh murabbiylari yaqindan tanishib, talabaning dars mashg'ulotlariga qatnashishi, xulqi, odob-axloqi, fanlarni o'zlashtirish ko'rsatkichlari va boshqa taraflari bilan barcha ota-onalarni tanishtirib o'tdilar.

Ushbu tadbirning o'tkazilish tartibiga ko'ra 19 yanvar kuni barcha kafedra mudirlari va guruh murabbiylari soat 9:00dan 10:00gacha institut foyesida barcha ota-onalarni ro'yxatga olib, xar bir ota-onaga imzo qo'ydirib, ularning telefon raqami olindi.

Ota-onalar yig'ilishining o'tkaziladigan vaqti

Vaqti

Mas'ul kafedra mudirlari

1.

10-00

Metrologiya (U.Islomov), Jismoniy tarbiya (YUsupov Q.)

2.

12-00

Oliy matematika (Soatov U.), Informatika va AT (Tovboev S.)

3.

14-00

Muxandislik kommunikatsiya qurilishi (Xolboev U.), Avtomobil yo'llari (Hamroqulov R.)

4.

16-00

Bino va inshootlar qurilishi (Asatov N.)

Ota-onalar yig'ilishida qatnashganlar: JizPI rektori A.K.Usmankulov, Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektori N.Alimov, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining ishchi guruh a'zosi, O'zMU dots. V.Topildiev, "Binolar va MII" dekan v.v.b. dots. N.Asatov, Xotin-qizlar qo'mita raisi B.Tursunova, "Ma'naviyat va ma'rifat" bo'limi boshlig'i B.Rashidova, "Monitoring va ichki nazorat" bo'limi boshlig'i S.O.Eshbekova, "Binolar va MII" fakultetining kafedra mudirlari, fakultet dekan muovinlari, guruh murabbiylari, professor-o'qituvchilar, ota-onalar.

Shundan so'ng ro'yxatga olingan mehmonlar institut sport zaliga taklif qilindi.

Soat 10:00 da tadbirni ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor N.Alimov kirish so'zi bilan ochdi. U o'z so'zida ta'lim jarayonining sifatini oshirish borasida institutda amalga oshirilayotgan va omalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar to'g'risida barcha yig'ilgan mehmonlarga batafsil ma'lumot berib o'tdi.

Shundan so'ng, so'zga Fakultet dekani v.v.b. N.Asatov so'zga chiqib, "Binolar va MII" fakultetida 1881 nafar talabalar 85 ta akademik guruhlarda tahsil olayotganligi, darslar ikki smenada olib borilishi, talabalarning etarli darajada ilm olishlari uchun institutda barcha xonalar, auditoriyalar, lingafon xonalari, laboratoriya xonalari, ma'ruza zallari, sport zal, futbol maydonchalari to'liq ta'mirdan chiqarilganligi, ular so'nggi zamonaviy mebel va o'quv qurollari bilan jihozlanganligi, fakultetdagi ta'lim yo'nalishlari, talabalar kontingenti, talabalarga berilayotgan imtiyozlar, iqtidorli talabalar bilan ishlash va ular erishayotgan natijalar, ma'naviy va sport ishlari bo'yicha olib borilayotgan ishlarning samarasi, talabalarga berilayotgan stipendiya miqdorlari, davomati past bo'lgan ayrim talabalarning ro'yxati bilan tanishtirib o'tdi.

Shundan so'ng, OvaO'MTVning Ishchi guruh a'zosi, O'zMU dots. V.Topildiev so'zga chiqdi. U o'z so'zida O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi", Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining me'yoriy hujjatlari va institut ilmiy Kengashi qarorlari, institut rektorining buyruqlari hamda fakultet Nizomi haqida batafsil ma'lumotlar berdi.

Ota-onalar yig'ilishida taklif etilgan"Monitoring va ichki nazorat" bo'limi boshlig'i S.O.Eshbekova ham o'z fikrlarini bayon etdi. U o'z so'zida professor o'qituvchilar va ota onalarga talabalar bilimini nazorat qilish va baholash mezonlari haqida tushunchalar berib o'tdi.

Ota-onalarning soat 10-00 dagi yig'ilishida "Metrologiya" hamda "Jismoniy tarbiya" kafedralarining kafedra mudirlari, guruh murabbiylari, dekanat xodimlari, hamda shu yo'nalishda o'qiyotgan talabalarning ota-onalari ishtirok etishti.

"Metrologiya va standartlashtirish" kafedrasi katta o'qituvchisi Sh.Karimov so'zga chiqib, barcha ota-onalarni o'z farzandlarining holidan har kuni xabardor bo'lishlari, ularning ertangi kunda komil inson, intellektual salohiyatli kadr bo'lib tarbiyalanishida e'tibor qaratishlari, ijarada turish sharoitlarini, guruh murabbiylari bilan doimo aloqada bo'lib turishlarini, talabani hech qachon bo'sh qoldirmasligini, ularning darsdan bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish uchun institutda tashkil etilgan fan va sport to'garaklariga qatnashishiga, kompyuter savodxonligini oshirish va chet tillarni puxta o'rganishiga barcha ota-onalarni gurux murabbiylari bilan ko'proq aloqada bo'lishga da'vat etdi.

Shundan so'ng "Jismoniy tarbiya" kafedrasi mudiri Q.Yusupov so'zga chiqib, instututda sportga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirib o'tdi. Kafedraning qoshidagi sport to'garaklari to'g'risida, talabalarning bo'sh vaqtlarida shu to'garaklarga qatnashishlarini tavsiya qilib aytib o'tdi.
So'zga chiqqanlar:

  1. 237-16 MS va MSM guruxi talabasi SHermamatov Sirojiddinning otasi Hayitaliev Haydar SHermamatovich;
  2. 237-16 MS va MSMguruxi talabasi Mexriddinov Ulug'bekning otasiIslomov Zayniddin Mexriddinovich so'zga chiqib, institut ma'muriyatiga minnatdorchilik bildirib, shunday qiziqarli uchrashuvlarni tez-tez o'tkazib turish lozimligini iltimos qildi.

Shuningdek, 243-16 MKK guruxi talabasi Suyunov SHahzodning otasi Rustamov Baxrom Suyunovich va 243-16 MKK guruxi talabasi Kamolov Rustamning otasi Kamolov Baxrom Farmonovichlarso'zga chiqib, institutdagi talabalarning xulq-atvori va kelajagi haqida bepisand bo'lmaslik, barcha ota-onalarni institut professor-o'qituvchilari bilan doimo aloqada bo'lishlari to'g'risida aytib o'tishdi.

Shundan so'ng, "Binolar va MII" fakultetining dekan v.v.b. dots. N.Asatov, "Ma'naviyat va ma'rifat" bo'limi boshlig'i B.Rashidova, "Metrologiya" hamda "Jismoniy tarbiya" kafedra mudirlari, "B va MII" fakultetining MMI bo'yicha dekan muovini M.Mirzabekovlar iqtidorli talabalarni ota-onalarini tashakkurnomalar bilan taqdirladilar.

Ota-onalarning soat 12-00 dagi yig'ilishida "Oliy matematika" hamda "Informatika" kafedralarining kafedra mudirlari, guruh murabbiylari, dekanat xodimlari, hamda shu yo'nalishda o'qiyotgan talabalarning ota-onalari ishtirok etishti.

So'zni "Ma'naviyat va ma'rifat" bo'limi boshlig'i B.Rashidova ochib berdi. U o'z so'zida har kuni farzandlarimizning dars mashg'ulotlariga qatnashishini nazorat qilish, kiyinish madaniyati, odob axloq, darsdan bo'sh vaqtlarida nima ishlar bilan bandligini nazorat qilish haqida ota onalarga da'vat etdi.

"Oliy matematika" kafedra mudiri U.Soatov hamda shu kafedraning katta o'qituvchisi R.Gadoevlar so'zga chiqib, ota-onalarga farzandlarini kompyuter savodxonligi, til bilish darajasi, mutaxassislik fanlaridan olgan bilim-ko'nikmalarini doimiy tarzda nazorat qilib borishlarini haqida aytib o'tishdi.

Ota-onalarning soat 14-00 dagi yig'ilishida "Muxandislik kommunikatsiya qurilishi" kafedra mudiri dots.U.Xolboev hamda "Avtomobil yo'llari"kafedramudiri R.Xamroqulov, guruh murabbiylari, dekanat xodimlari, hamda shu yo'nalishda o'qiyotgan talabalarning ota-onalari ishtirok etishti.

"Binolar va muxandislik inshootlar injiniringi" fakultetitida taxsil olayotgan iqtidorli talabalar ro'yxati:

Guruhi

Faol talabalar F.I.SH.

Izoh

1.

140-15 MKK

Tursimatov Dilshod

"Yurt kelajagi" iqtidorli talabalar ko'rik tanlovi Respublika bosqichi g'olibi

2.

337-13 MKK

Jo'raev Obid

Respublika fan olimpiadasi g'olibi

3.

337-13 MKK

Baxriev Davlat

Respublika fan olimpiadasi g'olibi

4.

434-14 B va IQ

Ochilova Aziza

Kamolot stipendiyasi sohibasi, sport masteri, shaxmat bo'yicha respublika g'olibi

5.

340-13 Qb va KICH

Tursunov Begzod

"Beruniy" stipendiyasi sohibi

6.

340-13 Qb va KICH

Qudratov Ulug'bek

"Beruniy" stipendiyasi sohibi

7.

248-16 Qb va KICH

Qo'shboqova Barno

Sport masteri, Erkin kurash bo'yicha Jahon chempionati bronza medali sohibi

8.

449-14 TIE

Abduraxmonov Elyor

"Beruniy" stipendiyasi sohibi

9.

447-14 TIE

Ahmedov Firdavs

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi g'olibi, 2016

10.

447-14 TIE

Isroilov Komiljon

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi faol ishtirokchisi

Ota-onalarning soat 16-00 dagi yig'ilishi institut binosining 408-auditoriyasida bo'lib o'tdi. Unda "Binolar va MII" fakultet dekan v.v.b. dots. N.Asatov, "Bino va inshootlar qurilishi" kafedra mudiri v.v.b. katta o'qituvchisi M.Aliev, guruh murabbiylari, dekanat xodimlari, hamda shu yo'nalishda o'qiyotgan talabalarning ota-onalari ishtirok etishti.

Bu yig'ilishdabarcha ota-onalar bilan "Bino va inshootlar qurilishi" kafedramudiri dots. N.A.Asatov, shu yo'nalishda o'qiyotgan talabalarning guruh murabbiylari va biriktirilgan o'qituvchilari o'rtasida davra suhbati uyushtirildi. Ushbu davra suxbatida ota-onalar o'zlari qiziqtirgan savollar bilan kafedra mudiri va kafedraning professor-o'qituvchilariga murojaat qildilar va qoniqarli javob oldilar.

Shundan so'ng ota-onalar "Binolar va muhandislik inshootlari injiniringi" fakulteti reyting oynasi bilan tanishtirildilar. Bu erda ota-onalar farzandlarining fanlardan qanday o'zlashtirayotganliklari bilan tanishdilar. SHuningdek, ota-onalar institutning "Axborot resurs markazi", o'quv laboratoriya xonalari bilan tanishdilar. Ota-onalar farzandlari uchun institut ma'muriyati tomonidan yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.

Jizzax politexnika instituti "Binolar va Muxandislik inshootlari injiniringi" fakultetining 2017 yil 19 yanvar kuni
ota-onalar yig'ilishida taqdirlangan ota-onalar RO'YXATI

Guruhi

Talabalar F.I.SH.

Talabalarning ota-onasining F.I.SH.

 

237-16 MS

SHermamatov Sirojiddin Haydarov

Hayitaliev Haydar SHermamatovich

 

237-16 MS

Mexriddinov Ulug'bek Zayniddin o'g'l

Islomov Zayniddin Mexriddinovich

 

237-16 MS

Rashidov Uchqun Ro'zimurod o'g'li

Esanov Ro'zimurod Rashidovich

 

237-16 MS

Xatamova O'g'iloy Mo'min qizi

Maxmudov Mo'min Xatamovich

 

241-16 B va IQ

Eshpo'latov Abdurasul Otabek o'g'

Risboev Otabek Eshpo'latovich

 

242-16 B va IQ

Duvlanov Temurbek Saparboy o'g'l

Norboev Saparboy Duvlanovich

 

242-16 B va IQ

Normatov Eldor SHavkat o'g'li

Bozorov SHavkat Normatovich

 

242-16 B va IQ

Raxmatullaev Dostonjon Bahodir o'g'

Xaydarov Bahodir Raxmatullaevich

 

243-16 MKK

Suyunov SHahzod Bahromqo'l o'g'li

Rustamov Baxrom Suyunovich

 

243-16 MKK

Qo'shboqov Sardor Juman o'g'li

Xatamov Juman Qo'shboqovich

 

243-16 MKK

Kamolov Rustam Baxromovich

Kamolov Baxrom Farmonovich

 

245-16 MKK

Axmedov Mirxusan Mirsharif o'g'li

Axmedov Mirsharif Ro'zibaevich

 

252-16 TIF

Imomnazarov Javohir Bahrombek o'g'

Abdulhakimova Maqsuda Akbarovna

 

252-16 TIF (rus)

Hatamov Sirojiddin Ne'matullaevich

Mamanova Dilorom Baratovna

 

254-16 AY

Suvanova Mohinur G'ayrat qizi

Bekmurodov G'ayrat Suvanovich

 

254-16 AY

Jabboraliev Doniyor Xasan o'g'li

Jabboraliev Xasan

 

131-15 MS

Mardonov SHohrux Erkin o'g'li

Xoliqulov Erkin Mardonovich

 

131-15 MS

Egamqulov SHahzod Mamasaid o'g'li

Egamqulova Madina Isroilovna

 

131-15 MS

Ibragimov Nabijon Xasan o'g'li

Narzieva Feruza Farxadovna

 

133-15 MS

Abdug'aniev Mansur Bolbek o'g'li

Turopova Muhabbat O'ralovna

 

133-15 MS

Umarov Abdumo'min Davron o'g'li

Ismoilov Davron Umarboevich

 

133-15 MS

Qulmatov Abdujalil Eshonqul o'g'li

Maxmudova Zulxumor Murodovna

 

135-15 B va IQ

Turonov Elyor Qilichboy o'g'li

Xujamurodov Qilichboy Turonovich

 

135-15 B va IQ

Uskanov Dilshod Baxtiyor o'g'li

Parmanov Baxtiyor O'skanovich

 

139-15 MKK

Tursunboev Xayitboy Anvarovich

Anorboev Anvar Tursunboevich

 

140-15 MKK

Tursimatov Dilshod SHerquzi o'g'li

Tursumatov SHerquzi Raimqulovich

 

140-15 MKK

Qurbonboev Bolbek Toshpo'lat o'g'li

Bo'riboev Toshpo'lat Qurbonboevich

 

146-15 TIF

Ismoilov Sardor Usarboy o'g'li

Sulaymonov Usarboy Ismoilovich

 

146-15 TIF

Aliqulov Adham Akram o'g'li

Toliboev Akram Alievich

 

146-15 TIF

Mardiev Abdumo'min Abdumajid o'g'li

Ergashev Abdumajid Mardievich

 

146-15 TIF

YUsupov Islom Abror o'g'li

Mamaraximov Abror YUsupovich

 

148-15 TIF

Salimov Timur Davron o'g'li

Salimov Davron Nishonovich

 

148-15 TIF

Bahodirov Nizomiddin Bahodir o'g'li

Nomonov Bahodir Norboevich

 

151-15 AY va A

Aliqulov Ilxomjon Raxmonberdi o'g'li

Sulaymonov Raxmonberdi Aliqulovich

 

151-15 AY

To'g'izov Sirojiddin Tohir o'g'li

Toshpo'latov Toxir To'g'izovich

 

151-15 AY

Xujabekov Bobur Xushboq o'g'li

Pirmatov Xushboq Xo'jabekovich

 

432-14 MS

Ro'ziboev Abrorjon Erkin o'g'li

Tursunov Erkin Ruziboevich

 

432-14 MS

Ataboev Obid Ruziqulovich

Ataboev Ro'ziboy

 

432-14 MS

Bo'riev Sindor Faxriddin o'g'li

Djiyanov Faxriddin Bo'rievich

 

438-15 MKK

Nuriddinov Azizjon Rustam o'g'l

Nuriddinova Anzirat

 

438-15 MKK

Ibragimova Maftuna Axmat qizi

Butunov Axmad

 

440-14 MKK

Siddikova Dildora Abduraximovna

Abdusattarova Gulchehra Atabekovna

 

440-14 MKK

Xamraqulov Xondamir Alisher o'g'

Tursunov Alisher Xamraqulovich

 

440-14 MKK

Muminov G'ayrat G'ani o'g'li

Zokirova Muhayyo Axmatovna

 

440-14 MKK

Xabibullo Sulton Abduvaxob o'g'li

Qosimov Abduvaxob Xabibullaevich

 

440-14 MKK

Amonkeldiev Ismoil Pardaboy o'g'li

Boliev Pardaboy Amonkeldievich

 

440-14 MKK

Mexrojev Diyor Said o'g'li

Abduraximova Maqsuda Zikiryaevna

 

440-14 MKK

SHoakbarov G'olibjon G'ulomjon o'g'li

Baxromov G'ulomjon SHoakbarovich

 

444-14 QB

Alieva Tumaris SHoxruxbek qizi

Axrorqulov SHoxruxbek Alievich

 

444-14 QB

Isomiddinova Baxtigul O'tkir q

Qo'ychieva Zuhra

 

447-14 TIF

Isroilov Komiljon Xayitboy o'

Umarov Xayitboy Isroilovich

 

450-14 AY

G'oyibnazarov Mansur Ibrogimzoda

Maxatov Ibroxim G'oyipovich

 

450-14 AY

Toshpo'latov Rustamjon Bekmuhammad o'g'li

Toshpo'latov Bekmuhammad Toshpo'latovich

 

450-14 AY

Karimov Farrux Komiljon o'g'li

Karimov Komil Xazratovich

 

450-14 AY

Serikbaev Qalmuqan Temirxon o'

Serikbaev Temirxon Serikboevich

 

451-14 AY

G'anieva Zulfiya Alisher qizi

Ro'zimov Alisher G'anievich

 

451-14 AY

Omonov Olimjon Juraboevich

Mamatqulov Juraboy Omonovich

 

451-14 AY

Nosirov Jamshid Komilovich

Alimov Komil Nosirovich

 

329-13 MS

Abdug'aniev Saxob Baxodir o'g'li

Xaqqulov Baxodir

 

330-13 MS

Mirzaqulov YOdgor Soibjon o'g'li

Qarshieva Ro'zigul

 

330-13 MS

Karaxanov Mansur Abdukarimovich

Karaxanov Abdukarim

 

340-13 QB

Tursunov Begzod Akbar o'g'li

Sodiqov Akbar Tursunovich

 

343-13 TIF

Musaev Ravshan Alisher o'g'li

Porsaev Alisher Musaevich

 

345-13 TIF

Xayitboev Eldor Mamatqul o'g'li

Karimov Mamatqul Xayitboevich

 

345-13 TIF

Nazarov Sardor Valiboy o'g'li

Nazarov Valiboy Nazarovich

 

345-13 TIF

Naxalboev Xurshid O'rozali o'g'li

Sattorov O'rozali Naxalbaevich

 

345-13 TIF

Rasulov Ulug'bek SHuxratovich

Hosilov SHuxrat Rasulovich

 

345-13 TIF

Qayumov Salimjon Qudrat o'g'li

Adilov Qudrat Qayumovich

Tadbir so'nggida, barcha ota-onalar yo'nalishlar bo'yicha kafedra mudirlari va guruh murabbiylari bilan kafedralarga chiqib, ta'lim yo'nalishlari va o'quv laboratoriya xonalari, sport zaldagi, institut Axborot resurs markazida talabalar uchun yaratilgan shart sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbirdan lavhalar

"Binolar va MII" fakulteti
dekani v.v.b.:
dots. N.Asatov

Fakultet ma'naviy-ma'rifiy
ishlar bo'yicha dekan muovinlari:
M.Mirzabekov
G.Dadaeva

19.01.2017 yil

O'qildi: 205 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram