UZ | RU | EN    

1 2
 
«August 2018»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Talimni tarbiyadan, tarbiyani talimdan ajratib bolmaydi

2017-01-21 / 15:37

Jizzax politexnika instituti “Avtotransport” fakulteti Yir usti transport tizimlari kafedrasiga qarashli I-IV kurs guruhlarda “Farzandlarimiz bilimli, dono va boy ma'naviy ma'rifiy dunyoqarashga ega bo‘lishiga befarq bo‘lmayman” mavzusida “Ta'limni tarbiyadan, tarbiyani ta'limdan ajratib bo‘lmaydi” shiori ostida 21 yanvar 2017 yil kuni ota-onalar yig‘ilishi bo'lib o'tdi.

Yig‘ilishni "Avtotransport" fakultet dekani dots.N.Saidaxmedova kirish so‘zi bilan ochib berdi va so‘z navbatini Institut rektori t.f.d.A.Q.Usmanqulovga berdi.

Jizzax politexnika instituti 1987 yilda tashkil topgan. Hozirda institutda 2 ta fakultet va 15 kafedrada jami 400 ga yaqin professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradi, institutda 21 ta ta'lim yo‘nalishida bakalavr va 4 ta mutaxassislik bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi.

Institut rektori Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 22 avgustdagi Jizzax politexnika instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi 178-sonli majlis bayoni bilan hamda, ushbu hujjat ijrosini ta'minlash maqsadida institut rektorining 2012 yil 29-avgustdagi 247-AF sonli buyrug‘iga to‘xtalib o‘tdi. Bu borada institutda amalga oshirilgan ishlar: institut bosh binosida amalga oshirilgan ta'mirlash ishlari, boo‘ bino va talabalar turar joyi binosi hamda sport zalning tomlari yopilganligi, sport zalda tashkil qilingan zamonaviy dush, fitobar, zamonaviy sun'iy to‘shamali sport maydonchasi, institutning kirish fasad qismi, institut atrofining panjaralar bilan o‘ralishi, tashkil qilinayotgan o‘quv laboratoriyalari, institut hududining ko‘kalamzorlashtirish ishlari va h.k.lar.

Viloyatimizda amalga oshirilayotgan mazkur 2061 ta loyihaning ko‘pchiligi xorijiy investitsiyalar xisobiga amalga oshirishi, demak, kelajakda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha mukammal bilim va ko‘nikmaga ega xorijiy tillarni yaxshi o‘zlashtirgan mutaxassislarga ehtiyoj yuqori darajada ekanligini, shunday ekan, talabalar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha mukammal bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishi va xorijiy tillarni yaxshi o‘zlashtirishi davr talabi ekanligini lozita'kidladi.

Jizzax viloyatining erkin industrial zona deb e'lon qilinganligi sababli 2013 yildan boshlab institutga qabul soni 600 dan 1030 taga oshirildi.

Kafedra mudiri dots.O.Adilov so‘z olib, kafedra faoliyati to‘g‘risidagi axborot berdi.

Kafedramiz “Er usti transport tizimlari” deb ataladi. Kafedrada hozirgi kunda 7 nafar fan doktorlari va nomzodlari 5 nafar katta o‘qituvchi va 7 nafar assistent faolitya olib bormoqda. Kafedramizda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi:

  • Er usti transport tizimlari va ulardan foydalanish
  • Xizmatlar sohasi (avtomobil transporti)
  • Tashishni tashkil etish va transport logistikasi

Kafedrada o‘quv jarayonini rivojlantirish borasida GM Uzbekistan YOAJ 20 mln so‘mlik avtomobilga ta'luqli o‘quv jixozlari keltirildi, o‘rnatildi va o‘quv jarayoniga tadbiq qilindi. 2014 yilga yana 180 mln so‘mlik jihozlar olib kelish rejalashtirilgan.

Kafedra o‘qituvchilaridan 4 nafari Tempus granti asosida Evropaning turli davlatlarida malaka oshirish va seminar treninglarda ishtirok etib kelmoqda. Tempus granti asosida kafedraga Germaniyada Acer kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 11 ta kompyuter keltirildi.

Institut ma'naviy-ma'rifiy ishlari prorektori N.N.Alimov so‘zga chiqdi va institutda talabalarning tartib-intizomi, odob-ahloqi va institut hududida yurish qoidalari haqida gapirib o‘tdi va institutdan tashqari vaqtda institut ustoz murabbiylariga yordam berishlari, talabalarning ota-onalari ham e'tibor qaratishlarini lozimligini ta'kidlab o‘tdi. Bu holat ayniqsa viloyatdan kelgan talabalarning ota-onalariga ko‘proq ta'luqli ekanligi. Talabalar qaerda, kimning uyida ijarada turishlari, dars qilishlari uchun sharoitlari haqida xabardor bo‘lishlarini ta'kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng, talabalarning ota-onalari so‘z olib institutda ta'lim olish bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar uchun institut rahbariyatiga tashakkur bildirib, mana shunday ota-onalar yig‘ilishi qisqa muddatlarda tez-tez o‘tkazilib turilishi maqsadga muvofiq bo‘lishini ta'kidladi.

Yig‘ilish so‘ngida faol va a'lochi talabalarning otaonalariga faxriy yorliqlar va tashakkurnomalar topshirildi.

Tadbirdan lavhalar

Kafedra mudiri: O.K.Adilov

Guruh murabbiyi Sh.Suvanqulov

O'qildi: 195 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram