UZ | RU | EN    

1 2 3
 
«Fevral 2018»
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728    
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Ota onalar majlisi

2017-01-19 / 16:49

2017 yil 19 yanvar soat 16.00 da “Binolar va muhandislik inshootlari injiniringi” fakultetidan “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasiga biriktirilgan “Bino va inshootlar qurilishi”, “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari ishlab chiqarish” ta'lim yo‘nalishi talabalarining taklif etilgan ota-onalari bilan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yiliga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ota-onalar majlisida "Binolar va muhandislik inshootlari injiniringi” fakultetining ma'naviy va ma'rifiy ishlar ishlar bo‘yicha dekani muovini M. Mirzabekov, dekan muovini B.Kengashev, “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi katta o‘qituvchilari A.SHodmonov, A.Jonuzaqov, A.Guliev lar ishtirok etishdilar.

Majlisni M. Mirzabekov ochib, majlisga tashrif buyurgan ota-onalarga institut ma'muriyatining minnatdorchiligini bildirib, majlisning maqsadi va vazifalar haqida, ya'ni yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun maqsadi, bunda institut professor- o‘qituvchilarining, talabalarning va ularning ota-onalari bilan ishlashning samaradorligini oshirishdagi ishtiroki haqida batafsil gapirib, majlis qatnashchilarini bugungi kundagi ta'lim-tarbiyaga bog‘liq bo‘lgan muammolarni echish yo‘llari haqidagi fikrlarini bildirishlarini so‘radi.

Ota-onalar majlisida B.Kengashev, A.Shodmonovlar so‘zga chiqib, institutda keyingi paytda amalga oshirgan bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari, talabalarning bilim olishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdilar.

Majlisda ota-onalardan 442-14 QBvaKICH guruhi talabasi Qodirov Davronbekning onasi Nomozova Buvisora opa so‘zga chiqib, talabalarning tarbiyasi va bilim olishida ota-onalarning vazifalari, bu borada institut bilan aloqasining samaradorligi haqida gapirib berdi. So‘ngra ota-onalar bilan jonli savol –javob, muloqot, suhbat uyushtirildi.

O‘quv, ma'naviy-ma'rifiy, jamoat ishlarida faol qatnashgan talabalarning ota-onalariga institut rektorining tashakkurnomalari taqdim etildi.

Majlis tugagandan so‘ng tashrif buyurgan ota-onalar farzandlarining o‘qish jarayoni bilan, kafedraga biriktirilgan o‘quv, laboratoriya xonalari, komyuter sinflarida yaratilgan sharoitlar bilan, hamda kafedra professor – o‘qituvchilar bilan tanishdilar va suhbatda bo‘lishdilar.

Tadbirdan lavhalar

“Bino va inshootlar qurilishi”
kafedrasi mudiri: dots. N.A.Asatov

O'qildi: 108 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting