UZ | RU | EN    

1 2
 
«May 2018»
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

TALIMNI TARBIYADAN, TARBIYANI TALIMDAN AJRATIB BOLMAYDI

2017-01-20 / 17:49

“Avtotransport” fakultetining 2016/2017 o‘quv yili ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida Joriy yilning 20 yanvar kuni soat 10:00 da Jizzax politexnika instituti “Avtotransport” fakulteti “Kasb ta'limi”, “Avtotransportda ekologik xavfsizlik” va “Transport tizimlarini boshqarish” kafedralari talabalarining ota-onalari bilan birgalikda “TA'LIMNI TARBIYADAN, TARBIYANI TA'LIMDAN AJRATIB BO‘LMAYDI”mavzusida ota-onalar majlisi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda kun tartibiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan yig‘ilishda fakultet dekani N.Saidaxmedova kirish so‘zi bilan ochdi. Nodira Saidaxmedova o‘zining nutqida fakultet xamda kafedralarning va institutning ichki tartibi xaqida ota-onalarga va yig‘ilish qatnashchilariga axborot berdi.

Shundan so‘ng Jizzax politexnika instituti rektori A.K.Usmankulov so‘zga chiqdi. “Kasb ta'limi”, “Avtotransportda ekologik xavfsizlik”, “Transport tizimlarini boshqarish”, kafedrasida uyushtirgan yig‘ilishda K.Usmankulov so‘zlab, tadbirda qatnashayotgan ota-onalarni o‘z farzandlarining talaba bo‘lishdek baxtga erishganliklari bilan tabrikladi. Respublika bo‘yicha oliygohlarga hujjat topshirgan yuz minglab abiturientlarning atiga 12 foizgina bu sharafga muyassar bo‘lganliklarini ta'kidlab, omadli shu yoshlarning bilimli, dono va boy ma'naviyatli mutaxassis bo‘lib etishishlari uchun oliygoh va ota-onalar birdek ma'sulligini aytdi. –Zero, ta'limni tarbiyadan, tarbiyani ta'limdan ajratib bo‘lmaydi, dedi oliygohimiz rahbari. Bugungi kunda institutda 4753 nafar talaba 20 ta ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan bo‘lsa, bundan 35 nafar magistrlar, 17 ta kafedralarda 334 nafar professor o‘qituvchilar ta'lim berib kelmoqdalar.

“Avtotransport” fakultetida 1104 nafar bakalavr, 17 nafar magistrlar, ta'lim yo‘nalishida 49 ta akademik guruhlar va mutaxassislik yo‘nalishda 4 ta guruhlarlarda dars mashg‘ulotlari o‘tib kelinmoqda. Muhimi, YUrtboshimizning, Respublika hukumatining viloyatimizga,qolaversa,oliygohimizga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligi,e'tibori har birimizga katta ma'suliyat yuklaydi. Institut rektori ota-onalarga oliygohda talabalar uchun ta'lim-tarbiya jarayonida faol ishtirok etishi,madaniy dam olishi,kundalik turmushida yaratilayotgan shart-sharoitlar bo‘yicha batafsil axborot berdi. Hozirgi kunda institut professor o‘qituvchilari oldiga iqtidorli talabalarni qo‘llab quvvatlash uchun ko‘pgina vazifalar turganligini va ushbu nomdor stepindiyalar xaqida gapirib o‘tdi. Institutning talabalar turar joyi yangidan tamir ishlari olib borilayotganligiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek “Kasb ta'limi”, “Avtotransportda ekologik xavfsizlik”, “Transport tizimlarini boshqarish” kafedralarda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida S.Aliqulov, M.Tirkasheva va M.Siddiqovlar axborot berib, ota-onalarning barchasi talabalarning davomati uchun javobgarligini aytib o‘tdi.

Yig‘ilishda institutning ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori N.Alimov,institut ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i B.YA.Rashidova so‘zga chiqib, hozirgi paytda dunyoda sodir bo‘layotgan mafkuraviy taxdidlar davrida yoshlarni har xil zarali oqimlar ta'siridan asrash “Ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi xatarlardan doimo ogoh qilib borish lozimligiga alohida e'tibor qaratildi, o‘zining so‘zida hozirgi kunda institut talaba yoshlariga quyilgan talablar hamda kiyinish madaniyatiga, talaba qizlarni erta turmush qurishi va uning oqibatlari to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

Ota-onalar nomidan so‘zga chiqqan Sariev Alisher, O‘rinova Maloxat, Karimova Nodira, Xazratqulov Sobirjon va boshqalar institutdagi ta'lim-tarbiya jarayonidan,bu erda olib borilayotgan madaniy,ma'naviy-ma'rifiy tadbirlardan benihoya manun bo‘lganliklarini aytishdi.Farzandlarning kundalik mashg‘ulotlar,amaliyotlar paytida ustozlarning doimiy nazoratda bo‘lishidan qoniqish xosil qilishdi.

Yig‘ilish so‘ngida o‘qish va jamoat ishlarida faol ishlarida qatnashayotgan talabalarga faxriy yorliqlar va ularningning ota-onalariga institut rektorining “Tashakkurnoma”lari topshirildi.

Tadbirdan lavhalar

“Avtotransport” fakulteti
ma'naviy-ma'rifiy ishlar
bo‘yicha dekan muovini
Irgashev X.N.
20.01.2017 yil

O'qildi: 148 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting