UZ | RU | EN    

1 2
 
«Oktyabr 2018»
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
       








Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari



Yangiliklar

Malakali mutaxassis tayyorlashda institut, maxalla va oila tizimining orni

2017-01-18 / 16:11

2017 yil 18 yanvar kuni institut rektori A.Q.Usmonkulovning tashabbusi bilan “Sanoat texnologiyalari” fakultetida taxsil oluvchi talabalarining ota-onalarini “Malakali mutaxassis tayyorlashda institut, maxalla va oila tizimining o‘rni” mavzusidagi ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilishning o‘tkazilish tartibiga ko‘ra 18 yanvar kuni barcha kafedra mudirlari va gurux murabbiylari soat 11:00 dan 12:00 gacha institut foyesida barcha ota-onalarni ro‘yxatga olib, xar bir ota-onaga imzo qo‘ydirib, ularning telefon raqami olindi.

Shundan so‘ng ro‘yxatga olingan mexmonlar institut sport zaliga taklif qilindi.

Ushbu yig‘ilishni ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektor N.Alimov kirish so‘zi bilan ochdi. U so‘z boshida ota-onalarni institutga tashrif qilganligi uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, ta'lim jarayonining sifatini oshirish borasida institutda amalga oshirlayotgan va omalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar to‘g‘risida, joriy yilda institutda qilinadigan yangi loyixalari bilan barcha yig‘ilgan mexmonlarga batafsil ma'lumot berib o‘tdi.

Ota -onalarni institut professor-o‘qituvchilari bilan doimo aloqada bo‘lishga davat etdi.

Shundan so‘ng, odob-axloq qoidalari ko‘rsatib o‘tilganidek, undagi ba'zi moddalari bilan talabalarni tanishtirib o‘tdi. Jumladan:

  • o‘quv mashg‘ulotlaridan bo‘sh vaqtlarida hududda va tungi vaqtda bemaqsad yurmaslik;
  • kiyinish madaniyati va o‘zaro suhbat odoblariga rioya qilish;
  • alkogol va tamaki mahsulotlar iste'mol qilinish.
  • uyali aloqa vositalaridan foydalanish;
  • professor-o‘qituvchilarga qo‘pollik qilish,
  • yolg‘on gapirish, g‘irromlik yoki professor-o‘qituvchilarni chalg‘itish bilan bog‘liq har qanday xatti-harakatlar qilish;
  • mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborish yoki kechikib kelish;
  • mashg‘ulotlar vaqtida professor-o‘qituvchining ruxsatisiz auditoriyadan chiqib ketish;

Shundan so‘ng so‘zga fakultet dekani M.Pozilov so‘zga chiqib, fakultetdagi ta'lim yo‘nalishlari, talabalar kontingenti, talabalarga berilayotgan imtiyozlar, iqtidorli talabalar bilan ishlash va ular erishilayotgan natijalar, ma'naviy va sport ishlari bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning samarasi, talabalarga berilayotgan stipendiya miqdorlari, fakultetga qarashli laboratoriya xonalarining tashkil etilayotganligi, davomati past bo‘lgan ayrim guruhlar talabalarning ro‘yxati bilan tanishtirib o‘tdi.

Ota-onalarni o‘z farzandlari xolidan xar kuni xabardor bo‘lishlari, ularning ijarada turish sharoitlarini, gurux murabbiylari bilan doimo aloqada bo‘lib turishlarini, talabani xech qachon bo‘sh qoldirmasligini, ularning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun institutda tashkil etilgan fan va sport to‘garaklariga qatnashishiga, kompyuter savodxonligini oshirish va chet tillarni puxta o‘rganishiga barcha ota-onalarni gurux murabbiylari bilan ko‘proq aloqada bo‘lishga davat etdi.

Oilada hukm suradigan sog‘lom ma'naviy muhit va sog‘lom turmush tarzi yoshlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan ichkilikbozlik, kashandalik, jinoyatchilik, turli jinoiy guruh va oqimlar ta'siriga tushib qolishidan saqlaydi. SHuning uchun oiladagi sog‘lom muhitni doimiy saqlash masalasi, avvalo ota-onadan so‘ng oilaning har bir a'zosidan o‘ta sergaklik, ogoh bo‘lishni talab etadi. YOshlar ongida bo‘shliq paydo bo‘lishiga, ularning hatti-harakatlari nazoratsiz qolishiga, umrlarini maqsadsiz, befoyda o‘tkazishlariga yo‘l qo‘ymaslik ota-onaning farzand oldidagi burchidir. Oiladagi har bir kishining o‘z burch va vazifalariga mas'uliyat bilan yondashishi oila mustahkamligi va barqarorligi, jamiyat farovonligiga erishishning omilidir deb o‘z so‘zini quyidagi jumla bilan tugatdi.

“Faqatgina chinakam ma'rifatli odam inson qadrini, milliy qadriyatlarni, bir so‘z bilan aytganda, o‘zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib obro‘li o‘rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin”.

Shundan so‘ng so‘zga institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi B. Tursunova chiqdi.

Bizning institutimizda talabalarning bilim olishi uchun barcha sharoitlar va imkoniyatlar bor. Nomli stipendiyalarga nomzodlar tayyorlaymiz. Jumladan Prezident stipendiyasi, Beruniy nomidagi stipendiya va boshqa ko‘plab nomli stipendiyalar mavjud. SHu stipendiyalarga farzandlaring sazovor bo‘lishi mumkin. Uning uchun birgina yaxshi o‘qishi, darslarga o‘z vaqtida qatnashishi kerak. Bizdan qanday yordam kerak bo‘lsa beramiz. Tartib intizom haqida esa har bir fan bo‘yicha daftari bo‘lishi kerak, daftar soladigan papka (sumka) bo‘lishi shart. Institutning tartib intizomiga, qonuun-qoidalariga rioya qilish kerak. Darslarga kechikib kelmasligi kerak. Kiyimlariga e'tibor berishimiz lozim.

Ayniqsa xozirgi ayrim ota-onalarimiz o‘z farzandalariga vaqt ajratmasilik, farzandalaring kiyinishi va darslarga sabasiz kelmasliklariga befar bo‘lib kelmoqda .

Shuning uchun xar bir ishni o‘z vaqtida amalga oshirishimiz kerak. Institutimizda yangi zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan o‘quv xonalari ko‘p, ulardan to‘g‘ri foydalanishni farzandlarimizga o‘rgatishimiz kerak.

Umuman olganda farzandlarimizni kuchli, bilimli qilib tarbiyalashimiz biz ota-onalarning qo‘lida deb o‘z so‘zini tugatdi.

Shundan so‘ng quyidagi bir necha ota-onalardan o‘z fikr muloxazalarini bildirishdi.

Xaqqulov Bahodir (422-14 KT guruhi talabasi Xaqqulov Komilning otasi), O‘razaliev Faxriddin (230-16 ESBKIvaT guruhi talabasi Baxriddinova Xilolaning otasi ), SHodiev SHuxrat (416-14 EE guruxi talabasi SHodieva Nozimaning otasi), SHishnyova Olga Barisovna (416-14 EE guruxi talabasi SHishnyov Konstantinning onasi) va hakozolar so‘zga chiqib, farzandlariga rus tilini, ingliz tilini, kompyuterni o‘rgatish kerakligi to‘g‘risida fikrlarini bildirib va instituti mamuriyati tomonidan aytib o‘tilgan fikrlar ota-onalar tomonidan qo‘llab quvvatlanishini takidlashdi.

Yig‘ilish yakunida fakultetda o‘zining odob-ahloqi, xulq-atvori, darsga qatnashishi, iqtidorili talabalarning ota-onalariga instituti rektorining tashakkurnomalari topshirildi.

Yig‘ilshdan so‘ng guruh murabbiylari talabaning ota-onalarini kafedradagi shart-sharoitlar, laboratoriyalar, o‘quv xonalari va professor-o‘qituvchilari bilan tanishtirib chiqishdi.

Xar bir talabaning ota-onasi bilan gurux murabbiylari yaqindan tanishib, talabaning dars mashg‘ulotlariga qatnashishi, xulqi, odob-axloqi, fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va boshqa taraflari bilan barcha ota-onalarni tanishtirib o‘tdilar.

Yig‘ilish jarayonidan lavxalar.

“Sanoat texnologiyalari” fakulteti
MMT bo‘yicha dekan muovini: U.Nurullaev

O'qildi: 138 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi: