UZ | RU | EN    

1 2
 
«August 2018»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Al va KHK bilan hamkorlik

Malumotlar bazasining server modeli

2017-01-18 / 17:50

Jizzax Politexnika instituti “B va MII” fakulteti “Informatsion texnologiyalari” kafedrasiga 2017 yil 18-yanvar kuni Uchtepa qishloq ho‘jalik kasb-hunar kollejining “Kompyuter va kompyuter tizimlarini sozlash va ta'mirlash” yo‘nalishi 3-bosqich 16-14 guruhi o‘quvchilari “Ma'lumotlar ombori” fanidan o‘quv amaliyotining 6 soatlik “Ma'lumotlar bazasining server modeli” mavzusini o‘rganish uchun soat 9-00 da tashrif buyurdilar.

Dastlab so‘zga chiqgan kafedra mudiri, dots. S.A.Tavboev o‘quvchilarni institutga kelganliklari bilan tabrikladi va institutning ta'lim yo‘nalishlari hamda mavjud magistratura mutaxassisliklar bo‘yicha ma'lumotlarni berib o‘tdi. Berilgan savollarga javob berdi. Shundan so‘ng “Ma'lumotlar bazasining server modeli” mavzusidagi ochiq darsni o‘tish uchun kafedra assistenti Qayumov Oybek tayyorgarlik ko‘rganligini va hozir shu ochiq darsni o‘tib berishini aytib o‘tdi.

Kafedra assistenti Qayumov Oybek soat 10-00 dan 11-20 gacha  “Ma'lumotlar bazasining server modeli” mavzusidagi ochiq darsni o‘tib berdi va berilgan barcha savollarga to‘liq javob berib o‘tdi.
Uchtepa qishloq ho‘jalik kasb-hunar kollejining “Kompyuter va kompyuter tizimlarini sozlash va ta'mirlash” yo‘nalishi 3-bosqich 16-14 guruhi o‘quvchilari institut kafedralari va mavjud laboratoriya xonalari bo‘ylab soat 14-00 gacha sayoxat o‘tkazishdilar.

O'qildi: 270 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram