UZ | RU | EN    

1 2 3
 
«Fevral 2018»
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728    
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligi

2017-01-17 / 16:01

2017 yilning 17 yanvarida institutning majlislar zalida, soat 13:30 da O‘zbekiston Qaxramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan shoirning “Kuz saxovati” hamda “Qish tarovati” asarlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 7 dekabrdagi “O‘zbekiston Qaxramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi Qarori hamda 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutoalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi Farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov ijodiy merosining yosh avlodni Vatanga muhabbati va sadoqati, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi o‘lkan ahamiyatini inobatga olib, institutda shoir tavalludining 80 yilligini keng ma'noda nishonlash maqsadida fakultetda “Erkin Vohidov ijodining o‘zbek adabiyoti tarixida tutgan o‘rni” hamda shoirning “Kuz saxovati” va “Qish tarovati” asarlarining yozilishi tarixi, mazmun-mohiyati ochib berildi.

Hozirgi kunda kitobxonlikni, kitobxonlik madaniyatini, yoshlarni kitob o‘qishga o‘rgatishni targ‘ib qilish davr talabiga aylanganligi to‘g‘risida so‘z olib borildi.

Tadbirni institut Ma'naviyat va ma'rifat ishlari prorektori N.N.Alimov ochib berdi va u so‘zida O‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga unitilmas hissa qo‘shgan atoqli shoir va adib, taniqli davlat va jamoat arbobi, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov ijodiy merosining yosh avlodni Vatanga muhabbati va sadoqati, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi o‘lkan ahamiyatini inobatga olib, institutda shoir tavalludining 80 yilligini keng ma'noda nishonlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 7 dekabrdagi PQ-2668-sonli qarorida belgilangan vazifalar hamda O‘zbekiston Republikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2016 yil 10 dekabrdagi 501-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida institutda bayram tadbirini keng ko‘lamda va ko‘tarinki ruhda tashkillashtirishdan iborat ekanligini aytib o‘tdi.

Shundang so‘ng, so‘z navbatini tabrik uchun O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira Venera Ibragimovaga berildi.

U o‘z so‘zida Erkin Vohidov yangi bosqichdagi o‘zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biridir. Uning o‘zbek klassik she'riyati an'analari izidan borib, hozirgi davr kishisining boy ma'naviy dunyosini ochib beruvchi "YOshlik devoni", "Tirik sayyoralar", "SHarqiy qirg‘oq" to‘plamlari, urush oqibatlari haqida bahs etuvchi "Nido", O‘zbegim qasidasi, Toshkent zilzilasining poetik xronikasi bo‘lmish "Palatkada yozilgan doston", realistik yo‘nalishda bitilgan "Ruhlar isyoni", "Istambul fojiasi" asarlari, Milliy teatrda uzoq yillar sahnadan tushmay o‘ynalgan "Oltin devor" komediyasi, shuningdek, I.Gyote, S.Esenin, A.Blok, M.Svetlov, A.Tvardovskiy, R.Gamzatovdan qilgan tarjimalari, ayniqsa "Eron taronalari" bilan "Faust" tarjimasi adabiyotimizda, madaniy hayotimizda o‘lkan voqea bo‘ldi, deb ta'kidladi.

Chinakam san'at asari hamisha qaynoq hayot ichida, qizg‘in ijtimoiy faoliyat jo‘rligida, tinimsiz izlanish, mashaqqatli mehnat evaziga maydonga keladi. Faqat qaynoq hayot ichida tug‘ilgan ijodgina zamon va zamin tashvishlariga hamohang bo‘la oladi deb, Erkin Vohidovning bir so‘zini aytib o‘z so‘zini yakunladi.

Men o‘zim o‘ylagan narsa shundoq ediki: O‘zbekistonday yurt yo‘q! Agarda O‘zbekistonni ne'mati o‘ziniki bo‘lsa, o‘zbek halqidan boyu-badavlat halq bu dunyoda bo‘lmasa kerak degan fikrga juda qat'iy ishonch bilan yashaganman.

Tadbirda fakultetning iqtidorli talabalaridan Po‘latova Lobar, Nazirova Maftuna, Qo‘shboqova Barnolar o‘zlarining Erkin Vohidovning ijodiga mansub “O‘zbegim”, “Armonlar ko‘p”, “Ustoz” she'rlaridan namunalar aytib berishdi.

Tadbirdan lavhalar

“Sanoat texnologiyalari” fakulteti
MMI bo‘yicha dekan muovini:
U.Nurullaev

“B va MII” fakulteti
MMI bo‘yicha dekan muovini:
G.Dadaeva

O'qildi: 146 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting