UZ | RU | EN    

1 2
 
«August 2018»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Jasorat darsi

2017-01-13 / 17:47

O‘zbekiston Respublikasi hech qanday
harbiy-siyosiy bloklarga qo‘shilmaslik,
hududida xorijiy davlatlarning harbiy
baza va ob'ektlarini joylashtirishga
yo‘l qo‘ymaslik, harbiy xizmatchilarimizning
xorijdagi tinchlikparvarlik operatsiyalarida
ishtirok etmaslik siyosatiga sodiq qolish
bundan buyon ham mamlakatimizning
prinsipial pozitsiyasi bo‘lib qoladi.

O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti SH.M.Mirziyoev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 20 dekabrdagi “Vatan ximoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlarining tashkil etilganligini 25 yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” gi F-4766-sonli Farmoyishi ijrosini ta'minlash xamda institut talabalarida Vatan ximoyasi,yurt tinchligi uchun daxldorligi va ma'sullik tuyg‘usini yanada kuchaytirish maqsadida “Avtotransport” fakultetining 2016/2017 o‘quv yili yanvar oyida ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida 2017 yil 13 yanvar kuni murabbiylik soatlarida “Avtotransport” fakulteti akademik guruhlarda “Jasorat darsi” o‘tkazildi. Ushbu darsga quyidagilar;

-Jizzax shaxridagi 52016 harbiy qism ofitser va serjantlar SH.Rajabov, A.To‘raev, X.Matiev, F.Turg‘unov, J.Niyozmatov, O‘.Kenjaev, S.Abdullaev, A.Ergashev, J.Dusmanov
-03195 harbiy qismdan M.Matyakubov,S.Obidov,S.Qanatov,SH.Isomov,
-Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti ofitserlari va kursantlari ishtirok etishdi.

Mustaqil milliy davlatchiligimizga asos solingan birinchi kunlardanoq, davlatni, tabiat in'om etgan hamda mehnatkash xalqimiz tomonidan bunyod etilgan moddiy va ma'naviy boyliklarni himoya qilish, O‘zbekiston Respublikasi mudofaasini tashkil etish va armiya faoliyatining huquqiy mezonlarini ishlab chiqishga davlat siyosatining bosh masalalaridan biri sifatida qaraldi.

O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlar tizimi

Jamiyatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhim bo‘g‘inlaridan biri – Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlardir. O‘tgan davr mobaynida milliy Qurolli Kuchlarimizni shakllantirish, strategik va taktik vazifalarni bugungi kun talablari darajasida hal qila oladigan, sarhadlarimiz daxlsizligi, mamlakatimiz va butun mintaqamizdagi tinchlik va barqarorlikni buzishga qaratilgan har qanday yovuz harakat va hurujlarni bartaraf etish va ularga munosib zarba berishga qodir bo‘lgan ixcham, tezkor va harakatchan, zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan ta'minlangan armiyani barpo etish yo‘lida ko‘p ishlar amalga oshirildi.

Bugungi kunda Qurolli Kuchlarning jangovar qobiliyatini oshirish, armiyaning tashkiliy tuzilishini tubdan isloh qilish va mustahkamlash, barcha qo‘shin turlari, hududiy okruglar, qism va bo‘linmalarning hatti-harakatlarini yaxlit tuzilma sifatida uyg‘unlashtirish maqsadida ish olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini tashkil topishi va rivojlanish tarixi.

Bizga shonli tariximizdan shu narsa ma'lumki buyuk sohibqiron Amir Temur bobomiz ham o‘z davlatini tuzishda uni har tomonlama mustahkamlashda qo‘shinning jangovor salohiyatiga juda katta e'tibor bergan. Jumladan sohibqiron o‘z tuziklarida qo‘shinlarni tuzulishi haqida quyidagilarni bayon qilgan: qo‘shin o‘nboshi, yuzboshi, mingboshi va boshqa qismlardan iborat bo‘lib, ularga jangu jadallarda bohodirlik na'munalarini ko‘rsatgan, mard va botir o‘g‘lonlarni tayinlashni amr etgan. SHu bilan birgalikda qo‘shindagi tartib – intizomga alohida e'tibor bergan.

MUDOFAA VAZIRLIGINING XUDUDIY BO‘LINISHI

O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1991 yil 6 sentyabrdagi farmoniga asosan, Mudo­faa ishlari vazirligi tashkil etiddi, uning shtat tizimi va vakolatlari belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi 1991 yil 10 sentyabrdagi farmonga binoan Mudofaa vaziri ayni vaqtda Milliy gvardiya qo‘mondoni etib tayinlandi. O‘zbekiston Res­publikasi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 25 oktyabrdagi qaroriga binoan Mu­dofaa ishlari vazirligining huquqiy maqomi, tuzilishi va Nizomlari tasdiqlandi. Turkiston harbiy okrugi boshqaruv organlari negizida Mudofaa ishlari vazirligi Bosh shtabi va boshqarmalari tuzildi.

1992 yil 24 martda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Preziden­ti I.A.Karimovning "O‘zbekiston Respub­likasi hududida joylashgan CHegara qo‘shinlari bo‘linmalari haqida"gi farmoni bilan Respublika Milliy Xavfsiz­lik Xizmati qoshida CHegara qo‘shinlari boshqarmasi tash­kil etildi va O‘rta Osiyo CHe­gara qo‘shinlari bo‘linmalari uning tasarrufiga o‘tkazildi. 1992 yil 18 mayda "O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan havo desanti qo‘shinlari, harbiy transport aviatsiyasi, razvedka qo‘shinlari, ta'minot qismlari haqida"gi farmon bilan bu qo‘shinlar respublika tasarrufiga o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Preziden­ti I.A.Karimovning 1992 yil 12 noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan Havo hujumiga qarshi harbiy qismlar haqida"gi, 13 noyabrda "O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan kimyoviy harbiy qismlar haqida"gi farmonlari bilan mamlakatimiz hududida joylashgan mazkur turlardagi qo‘shinlar respublika tasarru­figa olindi va sifat jihatidan takomillashtirildi. SHu tarzda mustaqil mamlakat Qurolli Kuchlarini barpo etishning tashkiliy davri yakunlandi. O‘zbekiston Respublikasi o‘z Qurolli Kuchlarini tuzishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti(BMT)ning huquqiy me'yorlari, Evropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha Xelsinki yakunlovchi akti, MDH kollektiv xavfsizlik SHartnomasi kabi xalqaro hujjatlarning barcha talablariga rioya qildi.

O‘zbekiston Respub­likasi Qurolli Kuch­larini barpo etish­ning tashkiliy davri yakunlangach, oldindagi vazifa uni zamon talablari asosida isloh qilishdan iborat bo‘ldi. Bunda avvalo qo‘shinlar qo‘llanishining strategik va tak­tik jihatidan kelib chiqib, Qurolli Kuchlar tuzilishi asosi O‘zbekiston Respublikasini himoya qila oladigan qo‘shinlar va maxsus qo‘shinlarni tuzishga qaratildi. Bular: Quruqdikdagi qo‘shinlar; Harbiy havo kuchlari va Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari; maxsus va muhandislik-quruvchilik qo‘shinlari; Ichki ishlar vazirligining ichki va qorovul qo‘shinlari; Milliy havfsizlik xizmatining harbiylashtirilgan qismlari va Chegara qo‘shinlaridan iboratligi va xozirgi Milliy armiyamizda olib borilayotgan islohatlar xaqida talaba yoshlarga ma'lumotlar berildi.

“Avtotransport” fakulteti ma'naviy
ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini:
Irgashev X.N.

O'qildi: 427 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram