UZ | RU | EN    

1 2
 
«Iyun 2018»
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Ishga joylashish

Xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi

2015-04-09 / 15:20
Oliy ta'lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida
ishga qabul qilish tartibi to'g'risida
N I Z O M

I. Umumiy qoidalar

1.    Mazkur Nizom, "Ta'lim to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq, oliy ta'lim muassasalariga pedagog xodimlarni (professor-o'qituvchilar tarkibini) tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini belgilaydi.

Chuqur kasbiy bilimlarga va ilmiy yutuqlarga, ijodiy, ilmiy salohiyatga, yuksak, intellektual qobiliyatlar va ahloqiy fazilatlarga ega bo'lgan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari darajasida mutaxassislar tayyorlash bilan shug'ullanishga munosib bo'lgan eng malakali pedagog kadrlarni tanlash uchun raqobat muxitini yaratish va ta'minlash tanlovining maqsadi hisoblanadi.

II. Lavozimlari tanlov bo'yicha egallanadigan pedagog xodimlar va tanlov qatnashchilariga qo'yiladigan malaka talablari

2. Pedagog xodimlar (professor-pedagoglar tarkibi) toifasiga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o'qituvchi, o'qituvchi (assistent) lavozimini egallab turgan shaxslar kiradi.

3. Oliy ta'lim muassasasining kafedra mudiri, professori, dotsent, katta o'qituvchi, o'qituvchi (assistenti) lavozimi besh yil muddatga tanlov bo'yicha egallanadi.

Besh yillik muddat tamom bo'lgandan keyin ko'rsatib o'tilgan lavozimlar mazkur Nizomga muvofiq tanlov asosida egallanadi.

Ikki va undan ortiq teng lavozimlarga bir vaqtda tanlov o'tkazilmaydi.

4. Kafedra mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda fan doktori, fan nomzodi ilmiy darajasiga, shuningdek professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo'lgan shaxslar qatnashishi mumkin.

Dotsent (fan nomzodi) kafedra mudiri lavozimining egallashga bir besh yillik muddatga qo'yiladi.

  Bir yillik muddat tamom bo'lgandan keyin kafedra mudiri lavozimini egallab turgan va fan doktori ilmiy darajasini olmagan dotsent (fan nomzodi) oliy ta'lim muassasasi rektorining taqdimnomasiga ko'ra va bo'ysunishiga ko'ra tegishli vazirlik yoki idoraning ruxsati bilan kafedra mudiri lavozimini egallashga faqat favqulodda hollarda tanlovda yana qatnashishi mumkin.

Fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo'lgan aynan bir shaxsning kafedra mudiri lavozimiga tanlovda ketma-ket uchinchi muddatga qatnashishga yo'l  qo'yilmaydi.

Tillar, jismoniy tarbiya va sport, grafika va chizmachilik, madaniyat va san'at yo'nalishlari kafedra mudirlari lavozimini egallash uchun tanlovda dotsent ilmiy unvoniga (fan nomzodi ilmiy darajasiga) ega bo'lamagan biroq  kamida 5 yillik metodik, ilmiy-pedagogik, ijodiy va tashkiliy faoliyat tajribasiga ega bo'lgan shaxs qatnashishi mumkin.

5. Professor lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga ko'ra, professor ilmiy unvoniga yoki fan doktori ilmiy darajasiga ega bo'lgan shaxs qatnashishi mumkin.

Professor lavozimini egallash uchun tanlovda shuningdek kamida 5 yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo'lgan, mazkur kafedraning ta'lim yo'nalishlari bo'yicha darsliklar va o'quv qo'llanmalari muallifi bo'lgan fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo'lgan shaxs bir muddatga qatnashishi mumkin.

6. Dotsent lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga ko'ra, tegishli mutaxassislik bo'yicha dotsent, katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga yoki fan  doktori (nomzodi) ilmiy darajasiga ega bo'lgan shaxs qatnashishi mumkin.

Bir muddatga dotsent lavozimini egallash uchun tanlovda shuningdek, tegshili ilmiy unvonga va ilmiy darajaga ega bo'lmagan, biroq ushbu mutaxassislik bo'yicha kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo'lgan mazkur kafedraning ta'lim yo'nalishlari bo'yicha darsliklar va o'quv qo'llanmalari muallifi bo'lgan yuqori malakali mutaxassis ham qatnashishi mumkin.

7. Katta o'qituvchi lavozimini egallash uchun tanlovda oliy ma'lumotga ega bo'lgan shaxs (magistr, diplomli mutaxassis), shuningdek ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega bo'lgan hamda bunday daraja va unvonga ega bo'lmagan, biroq o'qituvchilik, ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarish ishlari tajribasiga ega bo'lgan shaxslar ham qatnashishi mumkin.

8. O'qituvchi (assistent) lavozimini egallash uchun tanlovda tegishli mutaxassislik bo'yicha oliy ma'lumotga ega bo'lgan shaxs (magistr, diplomli mutaxassis)  qatnashishi mumkin.

9. Homilador ayollar, shuningdek uch yoshgacha bolalari bo'lgan ayollar egallab turgan lavozimlarga tanlov e'lon qilinmaydi.

10. Oliy ta'lim muassasalariga o'qituvchi lavozimiga soatbay haq to'lash shartlarida ishga kirayotgan shaxslar tanlovsiz, rektor buyrug'i bilan, belgilangan tartibda qabul qilinadi.

11. Aspiranturani bitiruvchi tugatish yilida, shuningdek oliy ta'lim muassasasini bitirgan mutaxassis taqsimot bo'yicha o'qituvchi lavozmiga tanlovdan tashqari, 3 yil muddatga tayinlanadi.

III. Tanlovlarni o'tkazish tartibi

12. Oliy ta'lim muassasasi saylanish muddati mazkur o'quv yilida tugaydigan kafedra mudirlari, professorlar, dotsentlar, katta o'qituvchilar va assistentlar lavozimlarini egallash uchun, shuningdek bo'sh lavozimlarga tanlov e'lon qiladi.

13. Tanlov bo'yicha saylov oliy ta'lim muassasalarining ilmiy kengashlarida yoki fakultetlarning ilmiy kengashlarida o'tkaziladi. Oliy ta'lim muassasasining ilmiy kengashida yoki fakultetning ilmiy kengashda saylanadagan lavozimlarni belgilash huquqi oliy ta'lim muassasasining rektori tegishli bo'ladi.

Kafedra mudirlariga va prfessorlar oliy ta'lim muassasalarining ilmiy kengashlarida tanlov bo'yicha o'tadilar.

14. Tanlovlar vaqtli matbuotda yoki boshqa ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan oliy ta'lim muassasasining ko'p nusxali gazetasida e'lon qilinadi. Tanlovda qatnashish uchun arizalar e'lon chiqqan kundan boshlab bir oydan kechikmay berilishi kerak.

15. Tanlovda qatnashishni hohlovchilar oliy ta'lim muassasasi rektori nomiga ariza beradilar, arizaga kadrlarni hisobga olish bo'yicha shaxsiy varaqa va oliy ma'lumot to'g'risidagi diplomlar nusxasi ilova qilinadi.

Qatnashuvchilarda ilmiy daraja, ilmiy unvon, shuningdek ilmiy ishlar va ixtirolar mavjud bo'lgan taqdirda ular tegishli diplomlar, attestatlar nusxalarini va ilmiy ishlar ro'yxatini, malaka oshirish to'g'risidagi guvohnomalarni taqdim etishlari kerak.

16. Tanlovga tushgan barcha xujjatlar oldindan kafedra majlisida ko'rib chiqiladi. Ilgari kafedrada ishlamagan shaxslarning xujjatlarini ko'rib chiqishdan oldin ular tomonidan sinov leksiyalari (mazkur oliy ta'lim muassasasi o'qituvchilari uchun ochiq mashg'ulotlar) o'tkaziladi. Sinov leksiyalari va ochiq mashg'ulotlar mavzulari kafedra predmetlari bo'yicha o'quv dasturi talablariga muvofiq bo'lishi kerak. Tanlov qatnashchilarini test sinovidan o'tkazishga yo'l qo'yiladi. Kafedra mudiri lavozimiga nomzodlarni muhokama qilish bo'yicha majlisni fakultet dekani (oliy ta'lim muassasalari umumiy kafedralarida prorektor o'tkazadi).

Ilgari o'zi egallab kelgan lavozim uchun tanlovda qatnashuvchi shaxslar kafedra majlisida tanlovdan oldingi davrdagi ilmiy-pedagogik, metodik, tarbiyaviy va boshqa ishlari to'g'risida hisobot beradi.

Kafedra ilgari  egallab kelgan lavozimi uchun tanlovda qatnashuvchi har qaysi nomzod bo'yicha materiallarni ko'rib chiqish natijalariga ko'ra, ochiq yoki yashirin ovoz bergan holda, kefedraning shatatdagi o'qituvchilarining (shu jumladan o'rindoshlik tartibida ishlayotgan o'qituvchilarining) va ilmiy xodimlarining oddiy ko'pchilik ovozi biln tavsiyanoma qabul qiladi va uni o'qituvchining hisoboti ilan birga oliy ta'lim muassasasi (fakultet) ilmiy kengashiga jo'natadi.

Fakultetning kafedra a'zosi hisoblanmaydigan dekani (prorektor) kafedra mudiri lavozimiga nomzodlar bo'yicha tavsiyanomalar qabul qilishda ovoz berishda qatnashmaydi. Egallash uchun tanlov e'lon qilingan lavozimni egallab turgan shaxs materiallarni ko'rib chiqish  chog'ida  ovoz berishda qatnashmaydi.

17. Har qaysi nomzod bo'yicha ilmiy kengash majlisida yashirin ovoz berishni o'tkazishdan oldin kafedraning tavsiyanomasi o'qib eshittiriladi.

18. Mazkur lavozim uchun tanlovda qatnashuvchi barcha shaxslarning familiyasi yashirish ovoz berish uchun bitta byulletenga kiritiladi.
Ovoz berish byulletenda ovoz berilayotgan nomzodning familiyasi ro'parasiga tegishli belgi qo'yish yo'li bilan amalga oshiriladi. Faqat bitta nomzod uchun ovoz berishga yo'l qo'yiladi.
Agar byulletenda ovoz berish uchun birorta ham belgi qo'yilmagan bo'lsa yoxud belgi ikki yoki undan ko'p familiyalar qo'yilgan bo'lsa, u holda bunday byulleten buzilgan hisoblanadi va ovozlarni hisoblashda hisobga olinmaydi.
19. Ovozlarni hisoblash uchun ilmiy kengash ovoz berish boshlanishidan oldin tarkibida ilmiy kengashning kamida uch nafar a'zosi bo'lgan sanoq komissiyasini saylaydi. Sanoq komissiyasi har qaysi nomzod bo'yicha ovoz berish natijalariin e'lon qiladi.

Sanoq komissiyasi protokoli ilmiy kengash tomonidan tasdiqlanadi va tanlov materiallariga qo'shib qo'yiladi.

20. Tanlovni o'tkazishda ilmiy kengash qarori agar ovoz berishda ilmiy kengashning tasdiqlangan (ro'yxatdagi) tarkibidagi a'zolarning kamida uchdan ikki qismi qatnashgan bo'lsa vakolatli hisoblanadi. Ilmiy kengashning ovoz berishda qatnashgan a'zolarining ko'pchilik ovozini biroq kamida 50 foiz ovozini olgan nomzod tanlovdan o'tgan hisoblanadi.

Birortasi ham talab qilingan miqdorda ovoz ololmagan ikki nafardan ko'p nomzodlar qatnashgan taqdirda ilmiy kengashning aynan shu majlisida dastlabki ikki talabgor o'rtasida takroriy ovoz berish o'tkaziladi. Agar ikki nomzod qatnashgan tanlovni o'tkazishda ovozlar soni teng bo'lib qolsa raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Ilmiy kengash qarori oliy ta'lim muassasasi rektorining buyrug'i bilan tsdiqlanadi.

Tanlovda qatnashishi uchun arizalar mavjud bo'lmagan taqdirda, shuningdek muayyan lavozim uchun faqat bitta nomzoddan ariza tushganda tanlov o'tkazilmagan hisoblanadi.

21. Lavozimlarni egallash uchun o'qituvchilarni tanlash bo'yicha kafedra va ilmiy kengash majlislari ochiq tartibda o'tadi. Tanlovda qatnashuvchilarga ularning nomzodlari muhokama qilinadigan kafedra va ilmiy kengash majlislarida qatnashish yoki ularning hohishiga ko'ra kafedra yoki ilmiy kengash qarori bilan tanishish huquqi beriladi.

22. Ilmiy kengash kotibi tanlov natijalari to'g'risida o'n kun muddatda unda qatnashgan shaxslarni yozma ravishda xabardor qiladi.

23. Oliy ta'lim muassasasi (fakultet) ilmiy kengashining qarori, agar ushbu Nizom talablariga rioya etilgan holda qabul qilingan bo'lsa, uzil-kesil hisoblanadi.

IV. Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni tuzish, o'zgartirish va to'xtatish

24. Ushbu Oliy ta'lim muassasasida ishlamaydigan va professor-o'qituvchilar tarkibidagi lavozimga tanlovdan o'tgan shaxslar bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomalari tuziladi, mehnat shartnomalari asosida ularni 5 yil muddatga ishga qabul qilish to'g'risida buyruq chiqariladi.

Mehnat shartnomalarida ish beruvchi tomonidan har 5 yilda xodim egallab kelgan lavozim uchun tanlov o'tkazilishi belgilab qo'yiladi, xodim esa tanlovda qatnashishga haqlidir.

Xodim mehnat shartnomasi tuzilgandan keyin ishga kirishishi shart bo'lgan muddat tomonilarning kelishuviga ko'ra belgilanadi biroq ushbu muddat uch oydan oshishi mumkin emas.

25. Mazkur oliy ta'lim muassasasida ishlaydigan va tanlov bo'yicha saylangan shaxslarning mehnat shartnomalariga quyidagilar yozib qo'yiladi:

a) ular ilgari egallab kelgan lavozim uchun – mehnat munosabatlarini yangi muddatga uzaytirish to'g'risidagi ma'lumotlar yoziladi va tegishli buyruq chiqariladi;

b) boshqa lavozimlar uchun – tanlovdan o'tganlik to'g'risida ilmiy kengash protokoli qayd etilgan holda tegishli o'zgartirishlar yoziladi va boshqa lavozimga o'tkazish to'g'risida buyruq chiqariladi.

Davlat boshqaruvi organi qaroriga ko'ra professor-o'qituvchilar tarkibi attestatsiyadan o'tkazilgan taqdirda attestatsiya yakunlariga ko'ra ish beruvchi va xodimlar to'g'risidagi mehnat munosabatlari masalalari, shaxsning tanlov bo'yicha egallanadigan lavozimda bo'lish muddatidan qat'iy nazar, qonun xujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.

26. Ilgari egallab kelgan lavozimi uchun tanlovdan o'tmagan, shuningdek, tanlovda qatnashish uchun ariza bermagan shaxslar bilan mehnat shartnomasi yangi muddatga tanlovdan o'tmaganligi yoxud tanlovda qatnashishini rad etganligi sababli o'quv yili tugagandan keyin mehnat qonunchiligiga muvofiq to'xtatiladi.

27. Kafedralar birlashtirilganda yoki kafedra bo'linganda professor-o'qituvchilar tarkibi bo'yicha muddatdan oldin tanlovlar o'tkazishga yo'l qo'yilmaydi.

Kafedralar birlashtirilgan taqdirda  yangidan tashkil etilgan kafedra mudiri lavozimini egallash to'g'risidagi masalaning oliy ta'lim muassasasining ilmiy kengashi oldindan tanlov e'lon qilmasdan, yashirin ovoz berish yo'li bilan hal qiladi.

Kafedra bo'lingan taqdirda uning mudiri saylangan muddati o'tgungacha, rektor buyrug'i bilan yangidan tashkil etilgan kafedralardan birining mudiri lavozimiga tayinlanadi. Boshqa kafedraning mudiri lavozimiga tanlov bo'yicha mudir tayinlanadi.

28. Oliy ta'lim muassasasi rektoriga tanlov o'tkazilgungacha kafedraning yetakchi o'qituvchilaridan bittasiga yoki dekanga bo'sh kafedra mudiri lavozimi bo'yicha vazifalarni bajarishni yuklashga ruxsat etiladi.

Vakillik organlarida saylab qo'yiladigan lavozimga saylanishi natijasida uning bilan mehnat shartnomasi to'xtatilgan o'qituvchi uning saylov bo'yicha vakolatlari tugagandan keyin tanlov natijalariga ko'ra saylangan muddati tugagungacha mazkur oliy ta'lim muassasasining ilgari egallab kelgan yoki unga teng bo'lgan professor-o'qituvchilar tarkibidagi lavozimga tayinlanadi.

29. Oliy ta'lim muassasasi  rektoriga  oliy ta'lim muassasasi  (fakultet) ilmiy kengashida  ko'rib chiqish uchun pedagog xodimlarning egallab turgan lavozimlariga muvofiqdigi to'g'risidagi masalani kiritish huquqi beriladi.

Oliy ta'lim muassasasi (fakultet) ilmiy kengashida pedagog xodimning egallab turgan lavozimiga muvofiqligi to'g'risidagi masalani ko'rib chiqishdan oldin uning ishlari rektor tasdiqlaydigan komissiya tomonidan tekshirilishi kerak. Ilmiy kengash qarori asosida pedagog xodimni egallab turgan lavozimiga nomuvofiqligi bo'yicha vazifasidan ozod qilishga uning malakasi yetarli bo'lmaganligi sababli ilmiy-metodik va tarbiyaviy ishlar, shuningdek leksiyalar va seminar mashg'ulotlari o'tkazish darajasi past bo'lgan taqdirda qo'yiladi.

Agar ilmiy kengash qaroriga ko'ra kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o'qituvchi, o'qituvchi (assistent) egallab turgan lavozimiga nomuvofiq deb e'tirof etilsa, u holda uning bilan tuzilgan mehnat shartnomasi belgilangan tartibda to'xtatiladi.

Kafedra mudiri bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shuningdek kafedraga rahbarlik qilish bo'yicha o'z funksional vazifalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi sababli ilmiy kengash qaroriga binoan to'xtatilishi mumkin.

30. Oliy ta'lim muassasalarining professor-o'qtituvchilar tarkibidagi shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini to'xtatish masalalariga  doir mehnat nizolari qonun xujjatlarida  belgilangan tartibda hal etiladi.

O'qildi: 1035 | Reyting: 8.4 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram