UZ | RU | EN    

1 2
 
«Oktyabr 2018»
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
       








Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari



Yangiliklar

Armiyamiz, gururimiz, iftixorimiz!

2017-01-14 / 18:06

O‘zbekiston Respublikasi  Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Jizzax politexnika institutida  14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Vatanparvarlik oyligi doirasida 2017 yil 13 yanvar kuni “Armiyamiz, g‘ururimiz, iftixorimiz!” mavzusida ma'naviy madaniy tadbir o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 20 dekabrdagi “Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlarining tashkil etilganligini 25 yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi F-4766-sonli Farmoyishi ijrosini ta'minlash hamda institut talabalarida Vatan himoyasi, yurt tinchligi uchun daxldorligi va mas'ullik tuyg‘usini yanada kuchaytirish maqsadida Jizzax politexnika institutining majlislar zalida joriy yilning 13 yanvar kuni “Armiyamiz, g‘ururimiz, iftixorimiz!” mavzusida ma'naviy madaniy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilar, “Avtotransport” fakulteti dekani N.I.Saidaxmedova, fakultetning o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini S.X.Qosimov, ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini X.N.Irgashev “Kamolot” YOIH etakchisi A.Tursunov va fakultetning talaba yoshlari ishtirok etishdi. Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti ofitserlari, serjantlari, kursantlar, 52016 harbiy qism hamda 03195 harbiy qism ofitser, serjantlar, muddatli harbiy xizmatchilar ishtirok etishdilar. Tadbirni ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektor N.N.Alimov so‘zga chiqib tabriklash uchun so‘zni institut rektori A.K.Usmankulov so‘z berdi. Institut rektori A.Usmankulov  eshtirokchilarini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini tashkil topganligi bilan tabriklab, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tarkibiga Quruqlikdagi qo‘shinlar, Harbiy Havo kuchlari va Havo hujumidan mudofaa qushinlari, maxsus va muhandislik-quruvchilik qo‘shinlari, Ichki ishlar vazirligining ichki va qorovul qo‘shinlari kiradi. 1992 yilda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar negizida Milliy gvardiya tuzildi. Milliy gvardiya Qurolli Kuchlarning tarkibiy qismidir, Milliy gvardiya va Qurolli kuchlarning asosiy vazifasi, O‘zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini va osoyishtaligi hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish etib belgilangan. Umuman, O‘zbekistonning Qurolli kuchlari harbiy tuzilmalar, harbiy o‘quv yurtlari va boshqa harbiy qismlardan iborat bo‘lib, ular davlat tomonidan tashkil qilingan va ta'minlangan bo‘lib, urush va boshqa harbiy mojarolarning oldini olish, mamlakat mustaqilligini, aholining tinch hayotini va xavfsizligini ta'minlashga qaratilganligini, O‘zbekistonda Mudofaa vazirligining qoshida Toshkent umumqo‘shin komandirlari, Samarqand avtomobilchi komandir-muhandislar, Chirchiq tankchi komandir-muhandislar, Jizzax aviatsiya oliy harbiy bilim yurti, Ichki ishlar vazirligining Toshkent oliy harbiy texnika bilim yurti, Yong‘in xavfsizligi oliy texnika maktablari faoliyat yuritadi. Ushbu harbiylashgan o‘quv yurtlarida hamda o‘quv okruglaridagi serjantlar tayyorlash maktablarida Qurolli Kuchlar saflariga turli mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. O‘zbekistonning harbiy qudrati O‘rta Osiyo mamlakatlari ichida birinchi o‘rinda tursa, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlaklari ichida esa Rossiya va Ukrainadan so‘ng uchinchi o‘rinda turishligini aytib yana bir bor barcha tadbir ishtirokchilarini bayram bilan qutladi. So‘ng so‘z Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi boshlig‘i O‘sarov G‘ayrat Qodirovich ham so‘zga chiqib tadbir ishtirokchilarni qutladi va bugungi kunda Milliy armiyamizga qaratilgan va olib boriladigan ishlar to‘g‘risida yig‘ilganlarga ma'lumot berdi.

Shundan so‘ng tadbirning badiiy qismiga navbatni berildi. Unda institut talaba yoshlari tomonidan tayyorlagan badiiy chiqishlar va kuy qo‘shiqlar va “Avtotransport” fakultetining QVZ jamoasi xammaga o‘zining ichak uzdi xazillar bilan barchani kayfiyatlarini ko‘tarishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 25 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan, viloyatdagi harbiy qismlar va oliy ta'lim muassasasi talabalari o‘rtasida sportning MINI FUTBOL turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli o‘rinni egallagan, hamda institut professor o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tgan sport musobaqalarida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritganlarni taqdirlash marosimlari bo‘lib o‘tdi. Institut rahbariyati tomonidan g‘oliblar qimmatbaxo sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.Tadbir so‘ngida bayram munosabati bilan tashrif buyurgan xarbiy xizmatchilarni  institut ma'muriyati tomonidan tashkil etilgan bayram dasturxoniga taklif etildi va bir piyola choy ustida qizg‘in suxbat davom etdi.

Tadbirdan lavhalar

“Avtotransport” fakulteti ma'naviy
ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini
Irgashev X.N.

O'qildi: 514 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi: